Evropa Ligasi. “Olimpiakos” rahbarida koronavirus aniqlandi, “Vulverxempton” esa o'yinni qoldirishni istamoqda
10 mar 2020 19:20
Yangiliklar


Evropa Ligasi. “Olimpiakos” rahbarida koronavirus aniqlandi, “Vulverxempton” esa o'yinni qoldirishni istamoqda
Bu haqda "The Telegraph" xabar bermoqda.
“Olimpiakos” egasi Evangelos Marinakis instagram'dagi sahifasi orqali koronavirusga chalingani haqida malum qilgan. Ayni payt, Greciya jamoasining murabbiylar shtabi, futbolchilari va klub ishchilari tibbiy ko'rikdan o'tishmoqda.
“Vulverxempton” esa Evropa Ligasi 1/8 finali doirasida “Olimpiakos”ga qarshi bo'lib o'tadigan ilk bahsni qoldirish bo'yicha UEFA bilan muzokara o'tkazmoqda. Mazkur o'yin 12-martga belgilangan.
Malumot o'rnida, Evangelos Marinakis Angliyaning quyi divizioni jamoasi “Nottingem Forest” akciyadori ham hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar