So’nggi yangiliklar

10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  1 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  4 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  22 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  3 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1

Evropa ligasi. "Milan" "Old Trafford"da so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Evropa ligasi. "Milan" "Old Trafford"da so'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Evropa ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Milan" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted (Angliya) – Milan (Italiya) 1:1

Gol: Diallo (50, 1:0), Ker (90+2, 1:1).

Manchester Yunayted – Xenderson, Bayi, Uan-Bissaka (SHou, 74), Maguayr, Telles, Brunu Fernandesh (Fred, 74), Jeyms (Uilyams, 74), Maktomini, Matich, Grinvud, Marsyal (Diallo, 46).

Milan – Donnarumma, Tomori, Diogu Dalot, Ker, Kalabriya (Kalulu, 74), Meyte, Kessie, Salemakers (Kastilexo, 69), Krunich, Braim Dias (Tonali, 69), Rafael Leau.

Ogohlantirish: Salemakers (18), Maktomini (55).

Manchester United

Amad Diallo - 50'

Europa League Final Stage . 1/8-tur

11/03/2021, 22:55

1
:
1
Tugadi

AC Milan

Simon Kjaer - 90'

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
46'  Anthony Martial (Amad Diallo)
50'  Amad Diallo
50'  Bruno Fernandes
55'  Scott McTominay
74'  Bruno Fernandes (Fred)
74'  Daniel James (Luke Shaw)
74'  Aaron Wan-Bissaka (Brandon Williams)
12'  Franck Kessie
19'  Alexis Saelemaekers
69'  Brahim Diaz (Sandro Tonali)
69'  Alexis Saelemaekers (Samuel Castillejo)
74'  Davide Calabria (Pierre Kalulu)
90'  Simon Kjaer
90'  Rade Krunic

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Ajoyib o'yin bo'ldi. Natija ham o'yinga mos!

90+2. GOOOOOOLLLL!!! Ker burchakdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. Grinvud "Milan" jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgandi. Tomori vaziyatni bartaraf qildi.

84. Krunichning zarbasi jonli devordan o'tmadi.

83. UXXXX!! Krunich MYU jarima maydonchasi yonida Maktomini tomonidan yiqitildi. Xavfli jarima zarbasi.

75. MYU tarkibida uch o'zgarish bo'ldi. Qizig'i, SHou va Uilyams chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Maydonda uch nafar chap qanot himoyachilari o'ynamoqda hozir.

72. IEEEE!! Nimalar bo'lyapti?! Jeyms bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi...

65. ZARBAAAAA!! Krunich boshi bilan zarba berdi. Gol urish uchun ideal vaziyat yuzaga kelgandi. Ikkinchi tempda esa Salemakersning zarbasini Xenderson ushlab oldi.

63. Krunichning zarbasi noaniq ketdi.

58. ZARBAAAA!!! Kessening kuchli zarbasini Xenderson burchakka chiqarib yubordi.

55. "Milan" bosimni boshlamoqda.

53. UXXX!! Kalabriyaning xatosidan keyin Jeyms yaxshi vaziyatga chiqib bordi. Ammo zarbasini Kalabriyaning o'zi qaytardi.

50. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! DIALLOOOOO!!!! AMAAAADDDD!!!! DEBYUT GOOOOLLL!!! Brunudan super pass!!!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. O'yinda juda ko'p kichik paslar bo'lmoqda. SHu sababdan vaziyatlar ko'rmayapmiz.

39. IEEEE!!! Maguayr 40 santimetrdan darvozani ishg'ol qila olmadi.

37. Tellesning jarimadan yo'llagan zarbasini jonli devor to'xtatdi.

36. UXXXXX!! Fernandesh "Milan" jarima maydonchasi yonida yiqitildi!

31. ZARBAAAAAAAA!!! Salemakersning kuchli zarbasini Xenderson qiyinchilik bilan qaytardi.

26. "Milan"da yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Ammo Krunichning zarbasi raqibiga tegib, Xendersonning qo'llariga borib tushdi.

25. O'yin juda past temp bilan o'tmoqda.

19. UXXXXXX!!! Telles jarimadan to'g'ri darvoza tomon to'pni tepdi. Noaniq.

18. Tellesni yiqitgani uchun Salemakers ogohlantirildi.

15. UXXXXX!! Salemakers raqib posti yonidagi Leau tomon to'pni uzatdi. Ammo forvard to'pga eta olmadi.

13. YO'QQ! VAR ishga tushdi. Kesse to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun fol belgilandi.

11. GOOOOOOOOLLLLL!!! Kessedan ajoyib va super gol!!!

10. Krunichning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

8. ZARBAAAAAA!! Marsyalning kuchli zarbasini Donnarumma qaytardi!

5. GOOOLLL!!! YO'O'O'QQQQ!!! Leau offsaydda  qolib ketgan ekan.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga, jahon futboli tarixidagi klassik uchrashuvlardan birini tomosha qilishga taklif qilamiz. Bahsni sizlar bilan "Manchester Yunayted" va "Milan"ning ashaddiy ishqibozi Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика