So’nggi yangiliklar

00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  0 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  0 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  1 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  22 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   26 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2

Evropa Ligasi. "Frayburg" ekstra taymlargacha cho'zilgan to'qnashuvda "Lans"dan ustun kelib, 1/8 finalga chiqdi, Abduqodir Husanov to'liq o'ynadi Yangiliklar

Evropa Ligasi. "Frayburg" ekstra taymlargacha cho'zilgan to'qnashuvda "Lans"dan ustun kelib, 1/8 finalga chiqdi, Abduqodir Husanov to'liq o'ynadi

Evropa Ligasi 1/16 finali javob uchrashuvidan o'rin olgan "Frayburg" – "Lans" uchrashuvi yakunlandi.

Unda "Frayburg" iroda namoyish qilib, g'alabani ilib ketdi va "Lans"ning 1/8 finalga chiqishiga yo'l qo'ymadi. O'zbekiston MTJ himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni to'liq o'tkazdi. 

Frayburg (Germaniya) – Lans (Franciya) 3:2

22.45 «Evropa-Park-SHtadion»

Gollar: SHallai 68', 90+2', Gregorich 99' – David Koshta 28', Vai 45+2'

Frayburg – Atubolu, Kyubler, Gulde (Ginter, 86), Sildiyya (Vaysxaupt, 46), Makengo (Gregorich, 46), Doan, Rel (Grifo , 86), Xefler, Eggeshtayn, SHallai, Xeler.

Lans – Samba, Gradi, Medina, Husanov, CHaves (Aydara, 80), Frankovski (Agilar, 74), Abdul Samid, David Koshta (Anjelo , 80), El-Enaui, Sotoka, Vai (Gilavogi, 74).

Ogohlantirishlar: Xeler (43), Kyubler (62), Frankovski (66), Sotoka (67), Anjelo (95), Medina (105+2), Said (120+2).

Birinchi uchrashuv – 0:0

BAHS YAKUNLANDI! AFSUSKI, "LANS" YUTQAZDI VA 1/8 FINAL YO'LLANMASIDAN QURUQ QOLDI. 

120+2. Said hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirish oldi. 

120. Ikkinchi qo'shimcha taymga 1 daqiqa qo'shildi. 

118. Uuuux! Sotokaning zarbasi xavfli chiqdi, biroq Atuboluga qiyinchilik tug'dirmadi. 

115. "Lans" nima qilsa ham o'xshamayapti... Jamoalar vakillari esa charchab qolishdi... 

111. Zarbaaa! Sotokaning zarbasini Atubolu egallab oldi.

109. Agilarning uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni maydondan chiqarib yuborishdi. 

106. "Frayburg"da almashtirish: SHallai o'rniga Musliya tushirildi.

105+3. Birinchi ekstra taym tugadi. 

105+2. Medina qo'pollik ishlatgani uchun jazolandi. 

104. Zarbaaa! Diufning yaqin masofadan bergan zarbasini Atubolu qaytardi. 

103. "Lans"da 2 ta o'zgarish: Gradi o'rniga Diuf, Abdul Samid o'rniga Said maydonga tushdi. 

101. "Frayburg"da almashtirish: Kyubler o'rniga Gyunter tushdi. 

99. GOOOOL! Gregorich darvozabonni aldab o'tgan holda hisobni 3:2 ko'rinishiga keltirdi! Dahshat! Vaziyat tubdan o'zgarib ketdi...

95. Anjelo qoidani buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

93. Morgan Gilavogi to'pni qo'li bilan o'ynadi, buni payqagan hakam o'yinni to'xtatdi.

Birinchi qo'shimcha taym boshlandi! 

Ikkinchi taym tugadi. Hisob – 2:2. Endi biroz tanaffus va keyin ekstra taymlarga o'tamiz.

90+5. Uuuux! "Frayburg" bor kuch bilan oldinga tashlanmoqda. Bu gal Gregorich bosh bilan darvozani nishonga olishga urindi, noaniq. 

90+2. GOOOOL! Jarima maydonchasi ichidagi pala-partishlikdan so'ng yana SHallai darvozani ishg'ol qilib, hisobni tenglashtirdi – 2:2!

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.  

90. Uuuux! "Lans" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi, Agilarning kuchli zarbasi Atubolu tomonidan bartaraf etildi.

89. Uuuux! Gregorichning bosh bilan yo'llagan zarbasini Samba qaytardi! Yashavor! 

86. "Frayburg"da 2 ta o'zgarish: Gulde o'rniga Ginter, Rel o'rniga Grifo bahsni davom ettiradi.

84. Uuux! Gilavogi darvozabon bilan birga-bir holatda va to'pni uning ustidan oshirib qo'ymoqchi bo'ldi, ammo posbon ustunlik qilib, vaqtida to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

82. Anjelo hujum markazida faollik ko'rsatib, himoyachilar bilan oxirigacha kurashdi va zarba berishni ham uddaladi, noaniq. 

80. "Lans"da 2 ta o'zgarish: CHaves o'rniga Aydara, David Koshta o'rniga Anjelo o'yinni davom ettiradi. 

78. Abduqodir Husanov raqib hujumini bartaraf etib, to'pni 14-hududdan uzoqlashtirdi.

77. Kyubler David Koshtaga nisbatan juda qo'pol harakat qildi, muxlislar esa mehmonlar futbolchisidan norozi.

74. "Lans"da 2 ta almashtirish: Frankovski o'rniga Agilar, Vai o'rniga Gilavogi o'yinga qo'shildi.

73. Uuuux! Kyublerning kuchli zarbasidan so'ng Samba jamoasini qutqardi! Fantastik seyv! 

70. Germaniyada juda kuchli yomg'ir yog'moqda. Ammo bu o'yin tempiga tasir qilgani yo'q. 

68. GOOOOOL! SHallai yaqin masofadan kuchli zarba yo'llab, hisobni qisqartirishga erishdi – 1:2. O'yin "yonmoqda". 

67. Sotoka sportchiga xos bo'lmagan harakati uchun sariq kartochka oldi. 

66. Frankovski fol ishlatgani uchun jazoga loyiq ko'rildi. 

62. Kyubler etiroz uchun ogohlantirildi. 

61. Abduqodir Husanov jarima maydonchasi ichida Rolni turtib yubordi, ammo hakam penalti yo'qligini takidladi.

60. SHallaining havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Xeler bosh bilan zarba berdi. To'p "Lans" sardori Sambaning qo'lida.

57. Uuuux! Frankovski qanotdan yorib kirib, ko'ngildagidek zarba bera olmadi. Uning chap oyoqdagi zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi. 

55. Zarba! Frankovskining uzatmasidan keyin Gradi darvoza tomon noaniq zarba berdi.

52. Abduqodir Husanov kichik xato qilib, to'pni raqibga topshirib qo'ydi, ammo uning o'zi raqib zarbasi yo'liga chiqib bordi va xatosini "yuvdi".

51. Uuux! Kublerning kuchli zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

49. Zarbaaa! SHallaining zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib qaytdi. 

48. Xeler Medinaga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

46. "Frayburg"da 2 ta o'zgarish qilindi: Sildiyya o'rniga Vaysxaupt, Makengo o'rniga Gregorich tushirildi. 

46. Ikkinchi taymga start berildi!  

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob biz kutgandek ko'rinishda – 0:2. Tanaffus! 

45+2. GOOOOOOOOOOL! Abduqodir Husanovning uzatmasi bilan boshlangan hujum Vaining goli bilan tugadi – 0:2!

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. Xeler El-Enauining yuziga tepib yubordi va haqli tarzda to'q sariq rangli kartochka oldi.  

40. Sal qolishiga sal qoldi! Doanning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Sildiyya boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'yishi mumkin edi... 

34. Uuuux! Jordi Makengo darvoza ustunini nishonga oldi. So'ngra to'pni Samba egallashga erishdi. 

28. GOOOOOL! Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni darvozabon qo'lidan chiqarib yubordi va bu xatodan David Koshta unumli foydalanib ketdi – 0:1!

27. Merlin Rol juda qo'pol o'ynadi va jarima to'pi belgilandi.

22. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 39% – 61%.

18. "Navbahor"ning ""Al Ittihod"ga qarshi o'yini tugadi. Afsuski, natija yaxshi emas. Muxlislarni "Lans"ni o'yinini ko'rishga taklif qilib qolamiz. 

15. "Lans" pozicion hujum qilishga urinmoqda va raqib himoyasini yorib kirishga harakat qilyapti.

12. To'p nazorati "Lans"da va sekin-asta himoyadan boshlab hujum boshlanish arafasida.  

9. Zarba! SHallaining zarbasidan keyin to'p Husanovga tegib, maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

5. Ekranlaringizda o'zbek o'g'loni – Abduqodir Husanov. Bugungi uchrashuvda g'oyibona ravishda u bilan birgamiz :)

4. Salis Abdul Samid kirishib ketdi va raqibi Jordi Makengoga nisbatan qoidani buzdi. 

2. Bugun Husanov himoyaning markazidan joy olgan, aniqrog'i, oxirgi himoyachi sifatida o'ynaydi. 

1. O'yin boshlandi! Olg'a, "Lans"! Olg'a, Abduqodir! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va jamoaviy suratga tushishdi. 

- Uchrashuv 22:45 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun Franciyaning "Lans" jamoasi Evropa Ligasi pley-offi doirasidagi javob uchrashuvida Germaniyaning "Frayburg" jamoasiga qarshi bellashadi. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика