Evropa Ligasi finali oldidan "CHelsi"da katta yo'qotish
27 may 2019 13:55
Yangiliklar


Evropa Ligasi finali oldidan "CHelsi"da katta yo'qotish
"CHelsi" yarim himoyachisi N'Golo Kante katta ehtimol bilan Evropa Ligasi final uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Franciyalik futbolchi jamoaning oxirgi mashg'ulotlaridan birida tizzasidan jarohat oldi va maydonni qiyinchilik bilan tark etdi.
Rasmiy malumotlarga qaraganda, 28 yoshli xavbekning tiklanish muddati aniq emas, ammo u aniq "kanonirlar" bilan bo'ladigan finalni o'tkazib yuboradi.
Oldin ham Kante tizzasidan jarohat olgan edi. May oyi boshida Angliya chempionatining 37-turi doirasidagi "Uotford" (3:0) ga qarshi o'yinda jarohat olgan. Franciyalik futbolchi yaqinda mashg'ulotlarga qaytgan edi.
"CHelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yin 29 may kuni 23:55 da Bokudagi "Olimpiyskiy" stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar