Evropa ligasi. Barcha o'yinlar tugadi Yangiliklar

Evropa ligasi. Barcha o'yinlar tugadi

Bugunu Evropa ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Ushbu sahifa orqali "Portu" - "Napoli", "Ludogorec" - "Valensiya", "Bazel" - "Red Bull", "Sevilya" - "Betis", "Yuventus" - "Fiorentina", "Tottenxem" - "Benfika", "AZ Alkmar" - "Anji" va "Lion" - "Viktoriya" uchrashuvlarining matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


                                  MANTLI TRANSLYACIYA
                                           YANGILASH


Uchrashuvlar yakunlandi!

83` GOOOOOOOOOOOL! Luizao "Benfika"ning uchinchi, o'zining ikkinchi golini kiritmoqda. "Tottenxem" - "Benfika" 1:3!

79` GOOOOOOOOOLLLL! Mario Gomez! Germaniyalik hujumchi "Yuventus" darvozasini ishg'ol etdi va hisobni tenglashtirdi!

77` GOOOOOOL! Sevilya! "Betis" futbolchisi Sevilya "Sevilya" darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.

70` GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Lion" raqibini ayamayapti. Ketma-ket gollar yomg'iri! Bu safar yana Fofana! "Lion" - "Viktoriya" 4:1!

64` GOOOOOOOL! "Tottenxem" oradagi farqni qisqartirdi. Eriksen "Benfika" darvozasiga yo'l topdi.

63` GOOOL! "Lion" yana gol kiritdi. Mvuemba hisobni 3:1 ga keltirmoqda.

58` GOOOOOOOOOOOOOL! "Benfika" mehmonda "Tottenxem" darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi. Gol muallifi - Luizao!

53` GOOOOOOOL! Lakazetti "Lion"ning ikkinchi golini urmoqda. "Lion" - "Viktoriya" 2:1!

Barcha o'yinlarda ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi! "Sevilya" - "Betis" 0:1, "AZ Alkmar" - "Anji" 1:0, "Tottenxem" - "Benfika" 0:1, "Yuventus" - "Fiorentina" 1:0, "Lion" - "Viktoriya" 1:1. TANAFFUS!

30` GOOOOOOOOOL! Rodrigo! "Tottenxem" - "Benfika" uchrashuvida hisob ochildi. 0:1.

27` GOOOOOOOOOOL! "AZ Alkmar" 11-metrlik jarima zarbasini tepdi. Jamoa futbolchisi mo'ljalda adashmadi. "AZ Alkmar" - "Anji" 1:0.

25` "Yuventus" ketma-ket hujumlar uyushtirdi. Lekin Osvaldoning boshi bilan yo'llagan zarbasini Neto bartaraf etishni uddasidan chiqdi.

20` "Anji"ning toza golini hakam inobatda olmadi. Buxarovning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza chizig'ini kesib o'tgandi. Lekin hakam bunday deb topmadi.

15` "Sevilya" - "Betis" o'yinida hisob ochildi. "Betis" hujumchisi Baptistao o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 0:1!

12` GOOOOOOOOL! "Lion" futbolchisi Fofana hisobni tenglashtirishga erishdi. 1:1!

4` GOOOOOOOOOL! "Lion" - "Viktoriya" 0:1! Xorava mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

3` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Arturi Vidal! 1:0!

Uchrashuvlar boshlandi!

Muxlislar saytimizdan uzoqlashmang, yaqin daqiqalar ichida "Yuventus" - "Fiorentina", "Tottenxem" - "Benfika", "Sevilya" - "Betis",  "AZ Alkmar" - "Anji", "Lion" - "Viktoriya" o'yinlari boshlanadi!

"Valensiya" mehmonda "Ludogorec" jamoasi darvozasiga uchta to'p yo'lladi va yirik g'alaba bilan Ispaniyaga qaytmoqda.

"Bazel" - "Red Bull" uchrashuvida hisob ochilmadi. Jamoalar dastlabki bahsda murosa ko'chasini tanlashdi.

"Portu" - "Napoli" o'yini yakunlandi. Jekson Martinezning yagona goli mezbonlarga g'alabani taqdim etdi.

- "AZ Alkmar" - "Anji" jamoalari boshlang'ich tarkibi malum bo'ldi! Hamyurtimiz Odil Ahmedov asosiy tarkibda! Qolgan beshta juftliklar: "Yuventus" - "Fiorentina", "Sevilya" - "Betis", "Tottenxem" - "Benfika" va "Lion" - "Viktoriya" uchrashuvidagi boshlang'ich  tarkiblar bilan pasroqda tanishishingiz mumkin!

61`
Bolgariyada "Valensiya" raqibini tor-mor keltirmoqda.

58` GOOOOOOOOOOOOL! "Valensiya" "Ludogorec" darvozasini uchinchi bor ishg'ol etmoqda. Gol muallifi - Senderos!

56` GOLLLLLLLL! "Portu" hisobni ochmoqda! Gol muallifi - Jekson Martinez! "Portu" - "Napoli" 1:0!

54`
Bu safar "Napoli" kiritgan gol hakamlar tomonidan inobatga olinmadi.

46
` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45` Birinchi bo'lim yakunlandi! Hozircha "Portu" - "Napoli"  0:0, "Ludogorec" - "Valensiya"  0:2, "Bazel" - "Red Bull"  0:0. Tanaffus!

- Xabarga ko'ra, "Sport" kanali biroz so'ng, tunning markaziy bahsi "Yuventus" - "Fiorentina" o'yinini jonli olib ko'rsatadi. Uchrashuv soat 01:05 da boshlanadi!

39` "Napoli" hujum tashkil etdi. Lekin Iguainning harakatlarini raqib himoyachilari "o'qib" qolishdi va xavfni bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.

33` GOOOOOOOOL! Yana "Valensiya" gol urmoqda. Bir kishi kam bo'lib qolgan ispanlar raqiblarini tinch qo'yishmayapti. Gol muallifi - Fede.

32` Bolgariyadagi bahsda keskinlik juda yuqori. Hakam futbolchilarga birin-ketin sariq kartochkalarni ko'rsatib chiqmoqda.

30` "Portu" ketma-ket hujumlar yomg'irini uyushtirmoqda. Lekin bu hujumlar samarasiz yakunlanmoqda.

26` "Ludogorec" - "Valensiya" uchrashuvida chetlatish. Mehmonlar azosi Seydu Keyta o'yinni 25-daqiqasida to'xtatishga majbur. Hakam unga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ydi.

25` Bu paytga kelib esa, "Portu" jamoasi kiritgan gol hakamlar tomonidan inobatga olinmadi.

- Bugun shuningdek, hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p surayotgan "Anji" klubi Evropa ligasi doirasida Gollandiyaning "AZ Alkmar" jamoasi bilan keyingi bosqich uchun kurash olib boradi. Ushbu bahs "NTV-PLYUS Futbol" kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatiladi. O'zimizning "Sport" telekanalimiz orqali ham 01:05 da boshlanadigan bahs ko'rsatilishi ko'zda tutilgan. Hozircha qaysi o'yinligi aniq emas. Barcha o'yinlar tafsiloti bilan esa ushbu sahifa orqali tanishib borasiz! Kuzatib boring!

- Eslatib o'taman, ayni paytda Evropa ligasi chorak final dastlabki uchta bahsi bo'lib o'tmoqda. Bu o'yinlar yakunlanganidan so'ng, yana beshta qiziqarli bellashuvlar o'tkaziladi. Bu o'yinlar soat 01:05 da boshlanadi.


17` "Red Bull" mezbonlarni o'z hujumlari bilan qiynab qo'ymoqda. Uchrashuv keskin kurashlar ostida kechmoqda.

15` "Bazel" - "Red Bull" bahsida futbolchilar o'zaro tortishib ketishdi. Bu o'yin dinamikasi juda yuqori. "Bazel" futbolchisi Di hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

11` "Portu"ning xavfli hujumi! "Napoli" posboni Reynaga tasanno! Jeksonnig ajoyib zarbasini ispaniyalik darvozabon chiroyli seyvi orqali bartaraf etdi.

10` Bolgariyadagi bahsda mezbonlar tezkor gol o'tkazib yuborishdi. Qiziq, bolgar jamoasi vaziyatni tiklay olarkanmi? "Ludogorec" Evropa ligasini muvaffaqiyatli tarzda o'tkazayotgan edi.

5` GOLLL!  "Ludogorec" - "Valensiya" o'yinida hisob ochildi. Barragan mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi!

4` "Portu"  "Napoli" o'yiniga muxlislar tashrifi maqtanarli daraja emas. Stadion yarmi bo'm-bo'sh! "Dragao" bugun o'ziga o'xshamagan desak mubolag'a bo'lmaydi!

1` Uchrashuvlar boshlandi!

- Sanoqli daqiqalardan so'ng, "Portu" - "Napoli", "Ludogorec" - "Valensiya" va "Bazel" - "Red Bull" jamoalari o'rtasidagi bahslar boshlanadi!

- Assalomu aleykum, qadrli futbol ishqibozlari. Bugun tunda Evropa ligasi doirasidagi bir qator qiziqarli futbol o'yinlari bo'lib o'tadi. Yana bir necha daqiqadan so'ng, soat 23:00 da uchta bahs boshlanadi. Qolgan juftliklar sal keyinroq, soat 01:05 da start oladi. Ushbu o'yinlarni onlayn translyaciyasini shu erda o'qib borishngiz mumkin. Xizmatingizda, SHahboz Beg'amov bo'ladi. Yaxshi kayfiyat Sizni aslo tark etmasin!



Evropa ligasi, 1/8 final dastlabki uchrashular

"Portu" - "Napoli" 1:0  (tugadi)

Gol: J.Martinez (56).

"Portu" – Elton, Mangalya, Maykon, Danilo, Aleks Sandro, Rejes, Kuarejma, Defur, Karlos Eduardo, Varela, J. Martines.

"Napoli" – Reyna, Albiol, Britos, Enrike, Gulyam, Reveyer, Gamshik, Bexrami, Kalexon, Insine, Iguain.

"Ludogorec" - "Valensiya" 0:3  (tugadi)

Gollar
: Barragan (5), Fede (33), Senderos (58).

"Ludogorec" – V. Stoyanov, Minev, Bart, Myantyulya, Junior Kaysara, Eshpinyu, M. Aleksandrov, Dyakov, Marselino, Vura, Bezyak.

"Valensiya" – Diego Alves, Barragan, Joau Pereyra, Senderos, Mate, Fuego, Bernat, Kartabiya, S. Keyta, Vargas, Pako Alkaser.

Ogohlantirishlar: Pereyra (16), Kaysara (32), Barragan (49), Eshpino (61).

CHetlatish: S.Keyta (25).

"Bazel" - "Red Bull" 0:0  (tugadi)

 "Bazel" – Zommer, Sauro, Ayeti, Suxi, F. Degen, Delgado, D. Degen, SHtoker, Di, F. Fray, So.

"Red Bull" – Gulachi, Xinteregger, SHvegler, Ramalo, SHvento, Lyaytgeb, S. Mane, Kampl, Ilzanker, Jul, Xonatan Soriano.

Ogohlantirishlar: Di (15), Xinteregger (15), Mane (20), So (23)


"AZ Alkmar" - "Anji" 1:0 (tugadi)

Gol:
Yoxansson (27-pen)

"AZ Alkmar":
Alvarado, Yuxansson, Viergever, Poulsen, Jeffrey, Nemanya, Elm, Steven, Ortiz, Aron, Beerens.

"Anji": Kerjakov, Eshchenko, Gajibekov, Angbva, Epuryanu, Almeyda, Karlen, Odil Ahmedov, Aliev, Buxarov, Smolov.


"Tottenxem" - "Benfika" 1:3 (tugadi)

Gollar:
Rodrigo (30), Luizao (58, 83), Eriksen (64).

"Tottenxem":
Loris, Ualker, Kabul, Vertongen, Naungton, Lennon, Paulino, Eriksen, Raneri, Adebayor, Kane.

"Benfika": Oblak, Luizao, Sikera, Garay, Pereyra, Feysa, Amorim, Kardozo, Suleymani, Machado, Markovich.

"Lion" - "Viktoriya Plzen"  4:1 (tugadi)

Gollar:
Xorava (2), Fofana (12,70), Lakazetti (53), Mvuemba (61)

"Lion":
Lopez, Bisevach, Lopez, Dabo, Umtiti, Fofana, Malbranke, Gonalonz, Mvuemba, Lakazetti, Briand.

"Viktoriya": Bolek, Xubnik, Limberski, Prokaska, CHisovski, Xorava, Xorvac, Petrzela, Kovarik, Kolar, Stanislav Tesl. 


"Sevilya"  - "Betis" 0:2 (tugadi)

Gollar:
Baptistao (15), S.Sevilya (77).

"Sevilya":
Beto, Federiko, Navarro, Moreno, Koke, Kristoforo, Rakitich, Iborra, Reyes, Machin, Karlos Bakka.

"Betis": Adan, Vila, Damien, Xordi, Karo, N`Daye, Xuanfran, Lorenzo, Kedrik, Martin, Baptistao.

"Yuventus"  - "Fiorentina"  1:1 (tugadi)


Gollar:
Vidal (3), Gomez (79).

"Yuventus"
: Buffon, Kaseres, Kellini, Ogbonna, Isla, Vidal, Markizio, Pirlo, Asamoa, Jovinko, Osvaldo.

"Fiorentina": Neto, Rodrigez, Ronkalya, Savich, Tomovich, Pizarro, Akvilani, Fernandez, Valero, Ilichich, Matri.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика