So’nggi yangiliklar

14:11Россиялик спорт шифокори намоз мушаклар шикастланишининг олдини олишда ёрдам беришини айтди  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0

Evropa ligasi 1/8 finaliga qura tashlandi Yangiliklar

Evropa ligasi 1/8 finaliga qura tashlandi

Bugun SHveycariyaning Non shahrida Evropa ligasi 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

   Evropa ligasining birinchi o'yini 12 martda, ikkinchisi 19 martda bo'lib o'tadi.

Qurani boshlaymiz:

"Everton" - "Dinamo" (Kiev) 

"Dnepr" - "Ayaks"

"Zenit" - "Torino"

"Volfsburg" - "Inter"

"Vilyarreal" - "Sevilya"

"Napoli" - "Dinamo" (Moskva)

"Bryugge" - "Beshiktash"

"Fiorentina" - "Roma"


Bu bosqchida bir mamlakat klublari o'zaro raqib bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Rossiya va Ukraina klublari siyosiy notinch holat tufayli bir-biriga to'qnash kelmaydi.

Eji Dudek: Xar yili bu turnirning darajasi oshib boryapti. "Zenit" meni xursand qildi, Rafael Benitesning ishidan mamnun bo'lyapman.

- Sahnaga Evropa ligasi elchisi Eji Dudek ("Real", "Liverpul") taklif etildi.

- Evropa ligasi finali 17 may kuni, Polsha poytaxti Varshavada bo'lib o'tadi.

- Evropa ligasining amaldagi g'olibi "Sevilya" ham 1/8 finalga chiqqanlar safida.

- Qura marosimi boshlandi. Janni Infantino keyingi bosqichga chiqqan barcha jamoalarni tabriklayapti.

- Mehmonlar qura tashlash marosimi bo'lib o'tadigan sahnaning qarshisidagi o'z joylarini egallashmoqda.


Quradan oldingi fikrlar:

Vinchenco Montella, "Fiorentina" bosh murabbiyi:

Ko'ramiz keyingi bosqchida kimga qarshi o'ynar ekanmiz, ammo biz bu musobaqada iloji boricha uzoqroqqa borishni istaymiz. O'tgan mavsumda "Yuventus"dan mag'lub bo'lib, bu turnirni tark etgan edik, bu safar Italiya klubiga qarshi tushmaslikka umid qilyapmiz.

Evgeniy Polyakov:

"Biz "sport-express" nashri Ukrainaning ikki klubi keyingi bosqichga chiqqanidan xursandmiz. Ikkala klubimiz ham so'nggi uchrashuvni yomg'irda o'tkazdi va bu biz uchun omadli keldi. Muxlislar sabrsizlik bilan qurani kutishyapti. Ularga omad tilaymiz".

Kamil Glik, "Torino" himoyachisi:

"Keyingi bosqichda Italiya klubiga to'qnash kelmaymiz deb umid qilaman. Bunga sabab, biz o'sishni istaymiz. Bir mamlakatning ikki jamoasi bir-biriga qarshi o'ynasa, yangi narsaga o'rgana olmasiz".

Yuriy Lodigin, "Zenit" darvozaboni:

"Keyingi bosqichda kimga qarshi o'ynashimiz borasida taxminlarim yo'q. Balki finalda "Dinamo" (Moskva) bilan o'ynarmiz, ammo buning uchun finalgacha etib borish kerak. Biz xar bir uchrashuvda g'alaba qozonish haqida o'ylashimiz kerak, shundagina maqsadimizga erishamiz".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика