Yevropa ligasi. 1/16 final juftliklari aniqlandi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2018, 17:30
Shveytsariyaning Non shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Yevropa ligasi 1/16 final juftliklarini aniqlash uchun qur'a marosimi bo'lib o'tdi.

Turnirning 1/16 final bosqichiga yo'l olgan jamoalar



"Viktoriya" - "Dinamo" (Zagreb)

"Bryugge" - "Zalcburg"

"Rapid" - "Inter"

"Braga" - "Genk"

"Krasnodar" - "Bayer"

"Cyurix" - "Napoli"

"Malmyo" - "Chelsi"

"Shaxtyor" - "Aytraxt"

"Seltik" - "Valensiya"

"Renn" - "Betis"

"Olimpiakos" - "Dinamo" (Kiev)

"Lacio" - "Sevilya"

"Fenerbaxche" - "Zenit"

"Sporting" - "Vilyarreal"

BATE - "Arsenal"

"Galatasaray" - "Benfika"




17:10. Yevropa ligasi 1/16 final juftliklarini aniqlash boshlandi!


17:07. Erkaklar futbolchilar safidan Rikardu Karvalyu sahnaga taklif qilindi. U hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan "Shanxay SIPG"da to'p tepgan edi.


17:06. Sahnaga qur'aning maxsus mehmoni Selia Shashich taklif etildi. U Germaniya ayollar terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


17:05. UEFA bosh kotibi Jorjo Marketti qur'a qoidalari haqida ma'lumot bermoqda. 


17:00. Tadbir boshlovchisi Pedro Pinto kirish so'zlarini aytib, ushbu bosqichgacha yetib kelgan jamoalarni qutladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia