Evropa kuchli-beshligidagi eng yaxshi darvozabonlar (FOTO)
30 noy 2015 22:40
Yangiliklar
Evropa kuchli-beshligidagi eng yaxshi darvozabonlar (FOTO)
Angliya premer ligasida o'z darvozasidan eng kam o'tkazib yuborgan jamoa bu Manchester shahrining "Yunayted" klubi sanaladi. Ushbu jamoa o'z darvozasidan hozirga qadar 10 marotaba gol qo'yvorgan.

APL: Romero ("Manchester Yunayted") - 4 o'yin (-2 gol)
Serxio Romero mavsum startida "Manchester Yunayted" darvozasini to'rtta o'yinda qo'riqladi va ikkita gol o'tkazib yubordi.

APL: De Xea ("Manchester Yunayted") - 10 o'yin (-8 gol)
Italiya chempionatida "Inter" jamoasi darvozasini ishg'ol etish raqiblarga katta qiyinchilik tug'dirmoqda. Bunda Samir Handanovichning xizmatlari katta albatta.

A Seriya: Samir Handanovich ("Inter") - 13 o'yin (- 7 gol)
Ispaniya chempionatining eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoasi bu Madridning "Atletiko" klubi hisoblanadi. Yan Oblak La Ligada eng ishonchli darvozabon sifatida qayd etilmoqda.

La Liga: Yan Oblak ("Atletiko") - 13 o'yin (-6 gol)
Franciya chempionatida PSJ darvozasiga gol urish boshqa jamoalarnikiga nisbatan qiyinroq ko'rinmoqda. Kevin Trapp o'z ishini chempionatdagi boshqa hamkasblaridan ko'ra yaxshiroq uddalamoqda.

Franciya 1-divizioni: Kevin Trapp (PSJ) - 15 o'yin (-8 gol)
Germaniya chempionatining eng kuchli va tajribali kiperi Manuel Noyer har doimgidek o'z postini ancha ishonchli qo'riqlashda davom etmoqda.

Bundesliga: Manuel Noyer ("Bavariya") - 14 o'yin (-5 gol)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar