Evropa klublari o'z o'yinchilarini Qatardagi Jahon chempionatiga faqatgina bir hafta qolganda qo'yib yuborishadi
12 okt 2021 23:51
Yangiliklar
Evropa klublari o'z o'yinchilarini Qatardagi Jahon chempionatiga faqatgina bir hafta qolganda qo'yib yuborishadi
Milliy jamoalarda Jahon chempionatiga tayyorlanish uchun bor-yo'g'i bir hafta bo'ladi.
L'Equipe nashrining UEFAning tegishli hujjatlariga asoslanib xabar berishicha, klublar o'z o'yinchilarini faqatgina 2022 yilning 14 noyabr kuni qo'yib yuborishadi. Jahon chempionati esa 21 noyabr kuni start oladi. 13 oktyabr kunlari chempionatlarda tur o'yinlari o'tkazilishini ham qo'shimcha qilish joiz. SHunday qilib, terma jamoalarda to'rt yillikning eng katta turniriga tayyorlanish uchun bir haftagina vaqt qoladi.
Eslatib o'tamiz, Qatarda o'tkaziladigan Jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabr kuni o'tkazilib, 18 dekabr sanasida o'z yakuniga etadi.
Fikrlar