Evropa grandlari qiziqqan istedod egasi Al Ahliga o'tdi
27 avg 2023 07:45
Yangiliklar
Evropa grandlari qiziqqan istedod egasi Al Ahliga o'tdi
Selta yarimhimoyachisi Gabriel Veyga faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
«Al Ahli» klubi ispaniyalik 21 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolanganini rasman elon qildi.
Avvalroq, Veygaga «Barselona», «Manchester Siti», «PSJ», «Napoli» «Liverpul» va «CHelsi» qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.
Gabriel o'tgan mavsum La Ligadagi 36 o'yinda 11ta gol va 3ta assistga mualliflik qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Jidda klubi bungacha Riyod Mahrez, Roberto Firmino, Allan Sen-Maksimen, Frank Kessi va Eduar Mendi bilan shartnoma imzolagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar