So’nggi yangiliklar

12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  1 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  0 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  0 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  1 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  3 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  8 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  6 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  1 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  16 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11

Evropa futboli "sayohatchisi" Yangiliklar

Evropa futboli "sayohatchisi"

Futbol sohasida "joker" so'zi "zaxiradan maydonga tushib, o'yin uslubini o'zgartiradigan futbolchi" degan manoni anglatadi.

U butun jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini oshira olishi yoki "Messi rejimi"ni yoqib, klubni oldinga torta bilishi kerak. Bunday o'yinchilar oltinga teng va beqiyos. Bu ampulada harakatlanadigan o'z ishining ustalarini barmoq bilan sanash mumkin, sababi ular juda ozchilikni tashkil etadi. Ko'pchilikka tanish futbolchi Pako Alkaser so'zimiz isboti bo'la oladi. Ispaniyalikdan faqatgina zaxiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytirishdan ko'prog'ini talab qila boshlashlari bilan, u to'prurarga aylanib bordi. Natijada "Borussiya Dortmund" o'ziga yangi iqtidorli hujumchini kashf qildi, lekin Pako biroz muddatdan so'ng vataniga qaytib ketdi — "Vilyarreal".

Ammo bugungi qahramonimiz aslo undaylardan emas. Fabio Borini hech qachon joker yoki butun jamoaning bog'lovchi futbolchisi emasdi. Qolaversa, chinakamiga yuqori darajada o'ynay olmagan futbolchilardandir. 


Biografiya:
• Fabio 1991 yil mart oyida Italiyaning Bentivolo shaharchasida tavallud topgan. 9 yoshidan futbol bilan shug'ullanishni boshlagan. U va otasi "Bolonya" klubining ashaddiy muxlislari bo'lishgan. Borini 2001 yil "qizil-ko'klar" safiga borib qo'shilgan va klub akademiyasining o'yinchisiga aylangan.
• SHuningdek, futbolchi faoliyatida Londonning "CHelsi" klubi ham muhim rol o'ynagan. U 2007 "CHelsi" yoshlar klubiga o'tadi. 2008/09 yilgi mavsum mobaynida esa "ko'klar" zaxira jamoasining etakchi hujumchisi sanaladi. 11ta o'yinda 10ta gol urishga erishgan italiyalik o'rinbosarlar jamoasining eng yaxshi to'purariga aylanadi. Angliya yoshlar Kubogida italiyalik "Manchester Yunayted" darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. 2009 yil 1 sentyabr kuni esa "ko'klar"ning bosh murabbiyi Karlo Anchelotti CHempionlar Ligasida o'yinchini elon qildi.
• Musobaqaning birinchi turi "Portu"ga qarshi bahsda hujumchi zaxira o'rindig'idan joy oldi. 20 sentyabr kuni Angliya Premer-Ligasida debyut qildi — "Tottenxem" bilan uchrashuvning 89-daqiqasida Nikolya Anelkaning o'rniga maydonga tushdi. Fabioning "CHelsi"dagi ilk to'liq o'yini Liga Kubogining 3-turida "Kuinz Park Reyndjers"ga qarshi bahs bo'ldi. Bundan tashqari, "Vest Xem" bilan o'yinda o'rinbosarlar jamoasida 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"CHelsi" italiyalikka deyarli aloqasi bo'lmagan ko'plab yutuqar olib keldi. Fabio 2 mavsum davomida 8ta o'yinda ishtirok etdi va umuman samarali natija qayd etgani yo'q. Ammo o'sha mavsum londonliklar Borinining yordamisiz ham juda yaxshi o'yin namoyish etdilar. APL g'olibi bo'lishdi, Angliya Kubogini hamda Superkubogini qo'lga kiritishdi. Albatta, bu borada uning hamyurti Karlo Anchelottining hissasi katta.


Klub arzirli foydasi tegmagan o'yinchidan tezroq qutilishni istab qoladi. SHu sababli, 2011 yil 17 mart kuni mavsum oxiriga qadar Borini ijara huquqlari asosida "Suonsi Siti"ga o'tdi. Ilk o'yinda "Nottingem Forest" darvozasini ikki bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Fabio "Suonsi Siti" safida o'tgan 9 o'yinda 6ta gol urdi va 4ta golli uzatma berdi. U bularning barchasini mavsumning ikkinchi yarmida amalga oshirdi. Lekin baribir italiyalik qandaydir imkoniyatlarga ega bo'ldi. Bu yutuqlar "Parma"ning jiddiy qiziqishiga sabab bo'ldi. Natijada klub 2011 yil yozda futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini elon qildi. Klub tovon puli sifatida 360 ming funt to'ladi. Ha, Italiya pasportiga ega va o'rtamiyona to'purar uchun arzimagan pul.

Eng qizig'i, yigitcha "Parma" safida birorta ham uchrashuvda maydonga chiqmadi, biroq qaysidir jihati bilan "Roma" etiboriga tushdi. Rim klubi uni ijaraga oldi. Fabio "bo'rilar" safida 2011/12 yilgi mavsumda muvaffaqiyatli chiqish qildi: markaziy hujumchi poziciyasida hamda qanotda o'ynadi. Italiyalik 10ta gol urdi va 6.93 ball oldi. 2012 yilning iyun oyi oxirlarida "Roma" klubi "Parma"ga 7 million evro to'lab, Fabio Borinini sotib oldi.

Biroq italiyalikning futbol olamidagi sarguzashtlari tugamadi. Fabio Rim klubida muvaffaqiyat qozonayotganiga qaramay, yana bir bora Premer-Liga g'olibi bo'lishni istab qoldi, bu safar "Liverpul" bilan. 2012 yil 13 iyul kuni "mersisaydlar" Borinini sotib olganliklarini rasman elon qildilar. Transfer summasi 10,3 mln funtni tashkil qildi.

APLga bo'lgan ikkinchi sayohat biroz tushunarsiz edi. 2 mavsum davomida 39 o'yinda maydonga tushdi, ammo Fabio buni mavsum startidan boshlagani yo'q. Natijada italiyalik "qizillar" safidagi o'rnini saqlab qolish uchun "Sanderlend"ga ijaraga o'tdi. Hujumchi yarim mavsum ichida 7ta ("Liverpul"da 5ta) gol urdi. Keyinchalik quyi darajaga tushish vaqti kelgani, ayniqsa Angliyaga Yurgen Klopp kelganidan so'ng malum bo'ldi. SHuning uchun, italiyalik klubni tark etdi va yurtidagi kuchsizroq jamoaga borib qo'shildi.

Borini faoliyatidagi eng ko'p golni "qora mushuklar" safida urgan. Muntazam ravishda maydonga tushgan o'yinchi 93ta bahsda ishtirok etdi. Fabio gol+pas tizimi bo'yicha 23 ballga ega bo'ldi. Ammo "Sanderlend" o'sha yillari sustlashishni boshladi, natijalar yomonlashdi, o'yinchilar jamoadan ketib qoldi. Italiyalikning bozori doim chaqqon bo'lgan. Bu safar u ham jamoasini almashtirishga qarshilik qilmadi. SHunday vaziyat yuzaga keldiki, "Milan" deyarli yangi tarkib to'playotgan va kimningdir tushunarsiz qarori tufayli ingliz klubi futbolchisi Italiyaga ko'chib o'tadi. Rahbariyat Fabioni asosiy hujumchi sifatida ko'rmasdi, lekin Andre Silvaga yaxshi o'rinbosar bo'la oladi deb hisoblardi.

Boshqa joylarda bo'lgani kabi, italiyalik "rossoneri" tarkibida ham o'ziga xos nimadir namoyish etolmadi. Tabiiyki, asosiy tarkib va boshqa narsa haqida gap ham bo'lishi mumkinmasdi. Umuman olganda, Borinini zaxira o'rindig'ini "isitib o'tirishi" va paydo bo'lmasligi uchun qadrlashsa kerak. Muxlislar ham uni shu sifati tufayli eslab qolishgan bo'lsa ajabmas.

Fabio "Milan"ga oz bo'lsa-da foyda keltirdi. Lekin o'yinchining maoshini o'z-o'zidan kamaytirishning iloji yo'q. SHuning uchun, Maldini imi-jimida futbolchini "Verona"ga berib yubordi. Taqdir hazilini qarang, Fabioning u erda ham o'yini o'xshamayapti.

Ha, Borini agentining daho ekaniga qoyil qolmasdan boshqa iloj yo'q. Borini futbol olamidagi "sayohatchi" va tushunarsiz personajlardan biridir. U hech kimning yodida ham qolmaydi, ammo qandaydir yo'llar bilan doim biror klubga o'tish yo'lini topadi. Qiziq-a?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика