So’nggi yangiliklar

07:55Пролига дебютанти бир қатор тажрибали футболчилар билан шартнома имзолади  0 07:35Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  23 02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  2 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  5 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   13 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  1 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3

Evropa chempionlar ligasi. "Yuventus" - FINALDA! Yangiliklar

Evropa chempionlar ligasi. "Yuventus" - FINALDA!

Teglar :  YuventusMonakoECHL
ECHL yarim finali doirasidagi "Yuventus" - "Monako" uchrashuvida mezbonlar g'alaba qozonishdi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Dani Alvesning pasidan so'ng Mandjukich boshi bilan zarba yo'lladi, Subashichning qaytargan to'pini yana Marioning o'zi darvozaga yo'llab hisobni ochdi - 1:0.

Birinchi taym oxirida darvozabondan qaytgan to'pni dani Alves uzoq masofadan kuchli zarba bilan hisobni yana oshirdi - 2:0.

69-daqiqada Kilian Mbappe Buffon qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilishga erishdi - 2:1.

O'yinda boqsha gol urilmadi va "Yuventus" umumiy 4:1 hisobida g'alaba qozonib Evropa chempionlar ligasi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Ikkinchi finalchi nomi "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi o'yindan so'ng malum bo'ladi.



"Yuventus" - "Monako" 2:1

Gollar: 1:0 – 33 Mandjukich, 2:0 – 44 Dani Alves, 2:1 – 69 Mbappe.

Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali (Benatiya, 85), Pyanich, Xedira (Markizio, 10), Dani Alves, Mandjukich, Dibala (Kuadrado, 54), Iguain.
Monako –   Subashich, Jemerson, Glik, Sidibe, Mendi (Fabino, 55), Bernardu Silva (Lemar, 69), Moutinyu, Mbappe, Bakayoko (Jermen, 78), Radji, Falkao.
Ogohlantirishlar: Falkao (40), Mendi (51), Bonuchchi (74).





Asosiy tarkiblar quyidagicha ko'rinish olgan


1. O'YIN BOSHLANDI!

1. "Monako" asosiy tarkibiga kiritilgan Nabil Dirar bahsga tayyor emasligi uchun Benjamin Mendi maydonga tushdi

5. UXXXXXXXXXX! Mbappe darvoza ustunini nishonga oldi! O'yindan tashqari holat ham qayd etildi


10. Majburiy o'zgarish. Jarohat olgan Sami Xedira o'rniga Klaudio Markizio tushdi


15. O'yin keskin kurashlarga boy o'tmoqda



25. ZARBAAAAAAAA! Mandjukich birga bir vaziyatdan zarba berdi, Subashich to'pni qaytardi!

31. ZARBAAAAAAAA! FALKAOOOOOO! BUFOOOOOOON! O'yindan tashqari holat bo'lsa ham Jiji to'pni qaytardi!

.

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dani Alvesning pasidan so'ng Mandjukich boshi bilan zarba yo'lladi, Subashichning qaytargan to'pini yana Marioning o'zi darvozaga yo'llab hisobni ochdi - 1:0. Umumiy hisob 3:0! 

Quyida golni tomosha qiling (TAS-IX emas)



45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SUPER GOL! DANI ALVES uzoq masofadan kuchli zarba bilan hisobni yana oshirdi - 2:0.

Quyida Alvesning golini tomosha qiling (TAS-IX Emas)



46. Ikkinchi taym boshlandi.

55. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarish. Dibala o'rniga Kuadrado, Mendi o'rniga Fabino tushdi

69. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MBAPPEEEEEEEEEEE! Yosh yigitcha baribir o'z niyatiga etdi 2:1!




73. UXXXXXXXX! Glik hozir Iguainning oyog'ini bosib o'tib ketdi! Juda jirkanch vaziyat!



90. Uchrashuvning asosiy vaqti tugadi. "Yuventus" muxlislarini final bilan tabriklaymiz! yana 3 daqiqa bor

90+3. O'YIN TUGADI. "YUVE" finalda!


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика