Evropa CHempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar
25 avg 2015 13:31
Yangiliklar


Evropa CHempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar
"Monako" - "Valensiya" (birinchi o'yin - 1:3)
• "Valensiya" javob o'yini oldidan yaxshigina ustunlikka ega. Bundan tashqari "ko'rshapalaklar" evrokubok saralash o'yinlarida ikki o'yin natijasiga ko'ra hech qachon mag'lubiyatga uchramaganlar. SHunindek, "Valensiya" Franciyada bor yo'g'i bir marotaba - 1980 yil "Nant"ga 1:2 hisobida yutqazgan.
"Malme" - "Seltik" (dastlabki o'yin - 2:3)
• Glazgodagi o'yinda duboga erigan "Malme" futbolchisi Yo-Inge Berget o'z vaqtida Ronn Deyl qo'l ostida "Seltik"da ham o'ynagan. Bugun shuningdek, "Malme" sardori Markus Rozenberg diskvalifikaciyadan so'ng maydonga tushadi.
"Makkabi" Tel-Aviv - "Bazel" (dastlabki o'yin - 2:2)
• SHveycariyaliklar 2013/14 yilgi mavsumda "Makkabi"ni ikkita turnirdan chiqarib yuborganlar. ECHL va Evropa Ligasi. Ikki safar ham "Bazel" o'z maydonida g'alaba qozongan va Isroildagi o'yinda durang qayd etilgan.
"SHaxtyor" - "Rapid" Vena (dastlabki o'yin - 1:0)
• Avstriyadagi o'yindagi yagona golga Marlos mualliflik qilgan. "Konchilar" bugun ketma-ket oltinchi marotaba ECHL guruh bosqichidagi ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishlari mumkin.
"Rapid"ni esa kurashdan chiqarishga hali erta. Xar holda ular o'tgan bosqichda "Ayaks"ni qoldirib kelganlar.
"Dinamo" Zagreb - "Skenderbeu" (dastlabki o'yin - 2:1)
• "Skenderbeu" har qanday holatda ham evrokuboklar guruh bosqichida ishtirok etgan ilk alban klubi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar