

Bilasizmi? Daniya terma jamoasi 1992 yilgi Yevropa chempionatida haqiqiy sensatsiya ko'rsata olgan. Terma jamoa saralash o'yinlari yakuniga ko'ra qita chempionatiga yo'l ola bilmagan. Biroq, turnir boshlanishiga bir necha kun qolganida siyosiy sabablarga ko'ra turnirda qatnashmaydigan Yugoslaviya terma jamoasining o'rniga chempionatda qatnashish uchun chaqiruv oladilar. Buning ustiga, terma jamoada murabbiy bilan urishib qolgan yetakchi Mixael Laudrup bo'lmagan. Natijada daniyaliklar haqiqiy sensatsiya ko'rsata olganlar va finalga yo'llanma olib, hal qiluvchi o'yinda Germaniya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratgandilar. Bu Daniya terma jamoasining bugungi kunga qadar ko'rsatgan eng yaxshi natijasidir.



