

Italiya terma amoasi Yevropa chempionatida jami o'tkazgan 33 uchrashuvidan 15 tasini durang bilan tugatgan. Bu ko'rsatkich bilan Italiya eng ko'p durang o'ynagan jamoalar ichida yetakchi sanaladi. Ularning Yevropa chempionatlarida g'alabali o'yinlari durang natijasidan kam. Yani Italiya 13 o'yinda raqiblarini mag'lub etishni uddasidan chiqqan. Shuningdek, grand jamoalar ichida aynan Italiya eng kam mag'lubiyatga uchragan. Moviy gvardiya Yevropa chempionatining final qismida atiga 5 bor raqiblari tomonidan mag'lub etilgan.



