So’nggi yangiliklar

19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  29 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3

Evropa chempionati pley-off o'yinlari: raqamlar va faktlar Yangiliklar

Evropa chempionati pley-off o'yinlari: raqamlar va faktlar

Evropa chempionatlari pley-off o'yinlariga oid qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

- Evropa chempionatlari tarixida pley-off o'yinlari ilk bor Evro-96 saralash doirasida o'tkazilgan.

- Pley-off o'yinlarida Xorvatiya va Gollandiya terma jamoalari ikki martadan g'olib chiqishgan.

- Pley-off o'yinlaridan chiqqan Gollandiya (2004) va Portugaliya (2012) terma jamoalari yarim finalgacha etib borishgan.

- Pley-off orqali ko'xna qita chempionatiga chiqqan 14 ta terma jamoadan 9 tasi guruh bosqichida qolib ketgan.

- Bu safargi pley-off qurasi yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:20 da boshlanadi.



Qiziq faktlar:

- Pley-off o'yinlari tarixida 20 ta terma jamoa ishtirok etgan. Ulardan 8 tasi hech qachon yutqazmagan, 6 tasi esa hech qachon g'alaba qozona olmagan.

- Ushbu o'yinlar tarixida faqatgina Gollandiya birinchi o'yinda mag'lubiyatga uchrab, ikkinchi o'yinda g'alabani o'z tomoniga og'dira olgan (2004).

- Gollandiya terma jamoasi shuningdek, ikki marta ushbu bosqichda g'alaba qozonib, ikkalasida ham guruhdan chiqa olgan.



- SHotlandiya terma jamoasi bunday o'yinlarda ikki marotaba qatnashgan va ikkalasida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.

- Ruud van Nistelroy ushbu o'yinlarda xet-trikka erishgan yagona futbolchi hisoblanadi. O'shanda Gollandiya terma jamoasi shotlandlarni 6:0 hisobida mag'lub etgandi.


- Robbi Kin va Yon Dal Tomassonlar hisobida ham ushbu bosqichda kiritilgan 3 ta gol bor.

- Quyidagi futbolchilar ushbu bosqichda 4 ta o'yin o'tkazishgan: Milenko Achimovich (Sloveniya), Mladen Dabanovich (Sloveniya), Damen Daff (Irlandiya), Barri Fergyuson (SHotlandiya), Amir Karich (Sloveniya), Miran Pavlin (Sloveniya), Stipe Pletikosa (Xorvatiya), Dario Srna (Xorvatiya) ap Zlatko Zaxovich (Sloveniya).

- Faqatgina 3 ta terma jamoa pley-off o'yinlarining ikkisida ham g'alaba qozona olgan:  Daniya (2000, Isroil ustidan), Ispaniya (2004, Norvegiya) va CHexiya (2012, CHernogoriya).


UEFA rasmiy sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика