So’nggi yangiliklar

19:11Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  12 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  9 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  3 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  7

Evrokuboklar oralig'ida: A Seriya 26-turi uchun prevyu Yangiliklar

Evrokuboklar oralig'ida: A Seriya 26-turi uchun prevyu

Teglar :  Italiya A Seriyasi
Italiya A Seriyasi 26-tur o'yinlari boshlanmoqda.

"Inter" — "Salernitana"

Acherbining jarohati bor, shunday ekan uning o'rnida mudofaa markazida De Vrey o'ynaydi. SHuningdek Kuadrado hali ham tiklanmoqda, Frattezi esa asosiy tarkibda maydonga chiqishi va Mxitaryanning o'rnini egallashi mumkin. Inzagi shuningdek Lautaro va Tyuramning tatil berishni, ularning o'rniga Arnautovich va Aleksisni tushirishni rejalashtirmoqda. Liverani tarkibni o'zgartirishiga to'g'ri keladi, ayniqsa Pirola, Fasio va Gomber va Brdarichning diskvalifikaciyasi sabab. Asosiy tarkibga Boateng va Manolas chiqishi, oldinda esa Vaysman paydo bo'ladi.

"Inter" o'tgan safar mehmonda javobsiz 4ta to'p kiritgandi, "neradzurri" hozir ham ushbu o'yinda favorit. Ular o'rtasidagi klass katta, "Salernitana" esa mezbonlarning CHempionlar ligasi doirasidagi "Atletiko" bilan o'yinga etibor qaratishlariga umid qiladi.


"Napoli" — "Jenoa"

Mario Ruy jarohatdan so'ng qaytishi kerak, diskvalifikaciya qilingan Juan Jezusning o'rnini esa Natan egallaydi. Osimxen tarkibga qaytdi, ammo uning asosiy tarkibda chiqishi qiyin, zaxiradan esa tushishi mumkin. Matturo va Xaps hali ham jarohatda, De Vinter esa mudofaa markaziga qaytishi kerak. Umuman olganda, "grifonlar"dan jarohat kutib bo'lmaydi, markazda yana Strotman va Badel o'ynaydi, hujumda esa Rettegi va Gudmundsonga ishonch bildiriladi.

Jamoalar ilk davrada Genuyada 2-2 hisobida durang o'ynashgandi, hozirda esa "Napoli" o'z uyida borini beradi. Ular o'yin bo'yicha o'sishmoqda, ammo bu natijada o'z aksini topmayapti. "Napoli"ga "grifonlar"ning kuchli mudofaasini hisobga olganda qiyin bo'ladi.


"Verona" — "Yuventus"

Safga Suslov qaytishi kerak, Kruz esa o'yinni o'tkazib yuboradi. Marko Baroni hujumda Sviderski va Noslina juftligini o'ynatadi va bu juda ham qiziqarli qaror bo'ladi. Sariq kartochkalar sabab o'yinni Bremer o'tkazib yuboradi va bu "Yuventus" uchun juda yomon xabar. Katta ehtimol bilan uni Rugani almashtiradi. Vlaxovich o'ynashga tayyor, ammo katta ehtimol bilan zaxiradan o'yinga qo'shiladi, shunday ekan hujumda Milik va Keza tushishi kerak, ularga ortdan Lokatelli va Rabo yordam beradi.

"Yuventus" o'tgan safar o'z uyida 1-0 hisobida g'alaba qozongan, bu o'yinda ham "keksa sinora" favorit hisoblanadi. Jamoa eng yaxshi formasida bo'lmasa ham g'alaba uchun barcha ishni qilishi kerak, yo'qsa yuqori o'rinlar uchun kurash haqida gapirmasa ham bo'ladi.


"Udineze" — "Kalyari"

Jarohat sabab Biyol va Ebossue o'ynamaydi, Deulofeu zaxiradan bo'lsa ham maydonga tushishi kerak. "Kichik zebralar" hujumda Lukka va Tovenga ishonch bog'laydi. Raneri uchun SHomurodovning jarohatdan qaytgani yaxshi xabar bo'ldi, Eldorning asosiyda tushish ehtimoli past, ammo o'yin davomida maydonda ko'rinish berishi mumkin, Mankozu va Oristano esa aniq o'ynamaydi, shuningdek Sulameni va Xacidisning o'yini so'roq ostida.

Ularning A Seriyadagi o'tgan o'yini ancha zerikarli bo'lgan va muxlislar Sardiniyada gollar ko'rishmagandi. Bu safargi o'yin ancha qiziq va yorqin bo'lishiga ishonchim komil. "Udineze" hozirda ajoyib formada va ko'p hujum qiladi, "Kalyari" esa mehmonda yaxshi o'ynashni boshlashi kerak, bu jihat "orolliklar"da juda ham oqsamoqda.


"Monca" — "Milan"

Gomez diskvalifikaciya qilingan, Kaprari esa jarohatidan so'ng tiklanmoqda, ammo umuman olganda Palladino jiddiy o'zgarishlarga qo'l urmaydi. Hujumda yana Mota va Karboni juftligini kutamiz, ularga Kalpani ortdan yordam beradi. Kalabriya jarohat oldi, shunday ekan uning o'rnini Florenci egallaydi. Pioli uchun jarohatdan so'ng safga qaytgan va o'yinda harakat qilish ehtimoli katta bo'lgan Tiauning safga qaytishi ajoyib yangilik bo'ldi, shuningdek Reyders diskvalifikaciyadan so'ng qaytadi, umuman olganda hujumda odatiy Leao-Jiru-Pulishich uchligini ko'ramiz.

"Milan" o'tgan safar hech qanday muammosiz raqibini 3-0 hisobida mag'lub etdi, ular ayni paytdagi qarama-qarshilikda ham yaqqol favorit hisoblanishadi. "Monca"ning muammolari fonida Stefano Pioli shogirdlarida yana g'alaba uchun yaxshi imkoniyat bor deb o'ylayman, bundan tashqari tarkib normallashmoqda, etakchilar esa yaxshi formada.


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика