So’nggi yangiliklar

10:43Шесни ёки Пенья? Флик ўз танловини айтди  2 10:06Осиё кубоги олдидан сўнгги репетиция. Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Хитой клуби билан ўйнайди  3 09:51Микель Артета: "Ҳозир бу жуда оғриқли, лекин биз келажакка қарашимиз керак"  3 09:19 Неймар 12 йилдан сўнг "Сантос" таркибида майдонга тушди  1 08:48Расман: Сардор Қобулжонов янги мавсумда "Хоразм"да ўйнайди  1 08:15Клаудио Раньери: "Элдор Шомуродов муносиб ўйин кўрсатди"  9 07:35Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   70 03:10Италия кубоги. "Милан" "Рома"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди. Шомуродов бир тайм ўйнади  56 03:00"Ньюкасл" жавоб учрашувида ҳам "Арсенал"ни мағлубиятга учратиб, Лига кубоги финалига йўл олди!  7 03:00"Реал Мадрид" қўшиб берилган дақиқалардаги гол эвазига "Леганес"ни таслим этди ва Испания кубоги ярим финалига йўл олди!  33 00:50Goal нашри айни вақтда "Олтин тўп" соврини учун номзодлар рейтингини тузди  13 23:32ОКМК Шимолий Корея терма жамоасига қарши назорат ўйини ўтказади  3 23:00"Қизилқум" Туркия йиғинига жўнаб кетди. Таркибда кимлар бор?  1 22:36Мбаппе "Реал"нинг январь ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлди  3 22:15Озарбайжондаги "ўзбек дербиси"да дуранг қайд этилди. Жалолиддинов 81 дақиқа ўйнади  6

Evrokubokda yangilik yaratishga urinayotgan berlinlik "Union" Yangiliklar

Evrokubokda yangilik yaratishga urinayotgan berlinlik "Union"

Teglar :  Union Berlin
Tahririyatdan eslatma: Matluba Mustaeva championat.asia saytining Berlindagi maxsus muxbiri.

Xabaringiz bor, "Union" Evropa kubok musobaqasiga yo'l oldi - berlinliklar Konferenciya Ligasining debyut mavsumida ishtirok etishadi. Ana endi qiziq bir masala ko'tarilmoqda. UEFA evrokuboklarda muxlislar tik oyoqda turib kuzatadigan tribunalarni taqiqlaydi, ammo Germaniya ularga ruxsat berish tugul, bunday tribunalarni sevadi!

"Union" "An der Alten Fyorsterey" stadionida o'ynash xuquqi uchun UEFA bilan yaxshigina kurashishi kerak bo'ladi. Ushbu arenadagi 22 ming o'rindiqning atigi 4 mingdan kamrog'i stullar bilan jihozlangan - qolganlari doimiy muxlislar uchun - turib o'yinni kuzatish uchun mo'ljallangan.

Masha shu videoda "Union" muxlislarining yangi yil "tomosha"sini va turib muxlislik kilish urfini yaxshi ko'rish mumkin.



Ammo, UEFA haqiqatan ham muxlislar tik turib o'yinni tomosha qiladigan stadionlarda o'ynashga yo'l qo'ymaydi, bu cheklov faqat evrokuboklarga tegishli - milliy chempionatlarda hamma o'zi uchun qaror qiladi. Oxirgi yillarda Germaniya "turuvchilar" uchun deyarli yagona maskan bo'lib qolgan.

"Union" stadionida tomoshabinlarning 84% o'yinni turib tomosha qilsa, undanam katta turuvchilar tribunasi - Dortmunddagi "sariq devor"dir.

Reglamentga ko'ra birinchi Bundesligada ishtirok etish uchun klubda 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion bo'lishi kerak. Atigi 8 ming o'rindiq kreslolar bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Germaniya Futbol Ligasi (DFL) ular uchun istisno qildi: klub stadionni rekonstrukciya qilish loyihasini taqdim etib 4500 o'rinni qo'shib umumiy sonni 37 mingga olib chiqishga vada berdi. Ammo hali buning ustidan chiqqanicha yo'q. SHuning uchun UEFA bilan masala hali ham ochiq.

Butun boshli Germaniyaning birinchi Bundesliga stadionlari ichida atigi ikkitasida turuvchi tribunalar yo'q. Bu Berlindagi "Olimpiya" stadioni va Leypcigdagi "Red Bull Arenasi". Ammo yaqin orada "Red Bull" rekonstrukciyani yakunlab 11200 kishiga o'rindiqsiz sektorni ochadi.

Ayni damda "Union" stadioni - turuvchi joylar foizi bo'yicha rekordchi. Agar Siz ushbu klubning o'yiniga boradigan bo'lsangiz, unda 84% ehtimol bilan barcha 90 daqiqani tik oyoqda o'tkazishingiz kerak bo'ladi.

Ehtimol Siz bunga ahamiyat bermagan bo'lishingiz mumkin, ammo evrokuboklar paytida Germaniya stadionlarining sig'imi kamayadi. Evrokuboklardagi o'yinlardan so'ng "Borussiya" o'rindiqlarni echib tashlaydi, "Bavariya" ularni pol ostiga yashiradi va "Bayer" taxlab qo'yadi.

Masalan, Myunxendagi "Alyanc Arena" sig'imi unchalik kamaymaydi - 75 dan 70 minggacha. Bu erda stullar tom manoda erdan chiqib keladi: o'rindiqlar alyuminiy zinapoyalarga yashiringan.

Turib "bolet" qilish udumi ko'p Evropa mamlakatlarida bo'lgan ammo, bir-ikki fojeadan sung xavfsizlik sabablariga ko'ra asosan "o'tirib" ko'rish tavsiya qilingan.

Yillar davomida turib muxlislik kilgan nemislar endilikda UEFA taqiqini qayta ko'rib chiqishni talab qilmoqda. Uchrashuv paytida muxlislar turish huquqiga ega deyishmoqda. Va endi Germaniya Evropada "stend-ap" futbolni qaytarish uchun talablar to'lqinini boshlab yubordi. 2019 yilda UEFAga ushbu murojaatni 17 ta eng yirik Evropa muxlislar jamoalari, shu jumladan, TOP-5 ligiga kirgan barcha mamlakatlar imzolagan.


 


Ularning shiori Evropa turishni xohlaydi ("Evropa turmoqchi"), "Borussiya" muxlislari hattoki bu shiorni ECHL doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinida bannerga joylashtirdilar.

UEFA qoidalariga ko'ra, hozirda "Union" stadioni "An der Alten Fyorsterey" bo'lib o'tadigan evrokubok doirasidagi bahsga atigi 3617 tomoshabin kiritiladi - stadiondagi o'rindiqlar soni bo'yicha shunday. SHu munosabat bilan klub prezidenti Dirk Zingler, evrokuboklar paytida klub o'yinlarni "Gerta" uy arenasi - "Olimpiya" stadionida o'tkazilishi kerakligini maqul ko'rdi. Ammo klub raxbariyati UEFA bilan muzokaralar olib borayapti - maqsad "eskirgan taqiqlarni olib tashlash" va "Union"ning o'z stadionida turuvchi muxlislari qarshisida uynash.

Hatto Germaniya Futbol Ligasi (DFL)ning o'zi ham tribunada turish muhimligini takidlaydi: "Tik turish Germaniyada futbol madaniyatining ajralmas qismidir va nemis professional futbolida tahdid deb kabul qilinmaydi" - deydi DFL.


Matluba Mustaeva Berlin shahridan maxsus

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика