So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  8 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Evrokubok bahslaridan so'ng: A Seriya 26-tur prevyusi Yangiliklar

Evrokubok bahslaridan so'ng: A Seriya 26-tur prevyusi

Milliy chempionat bahslari davom etadi.

Italiyada 26-turni "Yuventus" - "Torino" bahsi boshlab berdi. 13-daqiqada Matteys de Ligt hisobni ochgan bo'lsada, Belotti Turin derbisi durang bilan yakunlanishiga sabab bo'ldi. Etakchilarga deyarli etib olgan "Yuventus" yana qoqildi.


"Inter" - "Sassuolo"

Simone Indzagining tarkib bilan bog'liq muammolari yo'q emas. Diskvalifikaciya sabab Bastoni yana jamoasiga yordam bera olmaydi, sariq kartochkalar ko'payib ketgani uchun esa Brozovich o'yinni chetdan kuzatadi. Yarim himoya markazida Galyardinini ko'rishimiz ehtimoli yuqori, Bastonining o'rnini esa Dimarko egallaydi. Qolgan chiziqlarda "Liverpul"ga qarshi to'p tepganlarni ko'ramiz. "Sassuolo" markaziy himoyasida Ferrari bo'lmaydi, shu sababli Jeko hamda Lautaro bilan kurashga Kirikesh tashlanadi. Jamoa muxlislarini Raspadori va Skamakkaning kurashga tayyor ekanligi xursand qilishi aniq. Aynan shu ikki futbolchi va Berrardi milanliklar darvozasiga yo'l izlashadi.

Birinchi davra uchrashuvida "Inter" irodali g'alabani qo'lga kiritgan (2-1). Bukmekerlar esa "neradzurri"ni yaqqol favorit deb hisoblaydi, biroq fikrimizcha "Sassuolo"ni u qadar mensimaslik yaxshilikka olib kelmaydi. Jamoa etakchilarga qarshi qanday harakat qilishni yaxshi biladi. "Inter"ni oson bellashuv kutib turmagani aniq.


"Roma" - "Verona"

Rimliklar jiddiy muammolarga duch kelgani haqida xabar bergandik. Himoya chizig'ida Vina, Smolling va Kumbullani ko'rsak ajab emas, yarim himoyada esa Kristante, Veretu, Pellegrini va Oliveyru harakat qilishadi. Hujumda Abraxamning maydonga tushishini aytishimiz mumkin, lekin unga kimlar yordam beradi hozircha nomalum. Igor Tudorda tarkib bilan bog'liq muammolar kamroq. Frabotta hamon lazaretda, ammo Lazovich safga qaytdi. Hujumda esa odatdagidek Kaprari-Simenone juftligini ko'ramiz. 

Ushbu raqiblarning oxirgi to'qnashuvi dramatik tarzda yakun topgan. "Verona" 3-2 hisobida zafar quchgan. SHunday bo'lsada, bukmekerlar bu safar Rim jamoasi imkoniyatlarini yuqoriroq baholashmoqda. So'nggi vaqtlarda "Roma"ning ishlari yurishmay qolgandek, bu esa jamoani agressivroq harakat qilishga va muhim g'alabani qo'lga kiritishga undaydi. Biroq "Verona" ham har qanday vaziyatda uch ochkoni sovg'a qiladiganlardan emas.


"Fiorentina" - "Atalanta"

Italyano yana Kokorin xizmatlaridan voz kechdi. Rossiyalik futbolchi qaydnomaga ham kiritilmadi. Qolgan barcha futbolchilar safda va ro'yxatda. Hujumning oldingi chizig'ida bu safar ham Pentekni ko'ramiz, Kabral esa zarur bo'lsa, zaxiradan tushib o'yinni kuchaytirishi mumkin. Biroz orqaroqda Sottil va Gonsales harakat qiladi. "Atalanta"da esa yo'qotishlar ko'proq. Anchadan buyon jarohatini davolayotgan Miranchuk, Ilichich va Sapatadan tashqari, Palomino ham jarohat oldi. Etmaganiga Murielning ham bu o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida. Agar shunday bo'lsa, hujumda Bogani ko'ramiz.

Jamoalar oxirgi marta Italiya kubogida ro'baro kelgan va dramatik bahs 3-2 hisobida "Fiorentina" foydasiga hal bo'lgan. Hozir bukmekerlar jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng deb hisoblashmoqda. Bizning fikrimizga ko'ra, bahs qiziqarli va gollarga boy bo'ladi.


"Kalyari" - "Napoli"

SHubhasiz, "Napoli"ning sobiq bosh murabbiyi Valter Maccari uchun bu o'ta muhim bellashuv. "Kalyari" oxirgi vaqtlardagi o'yinlari bilan muxlislarini xursand qila olmoqda. Bunga bir tomondan tarkibning stabillashuvi ham yordam bergani turgan gap. Qiziq, Maccari hujumkor tarkibni jangga tashlashdan qo'rqmasmikin? "Napoli" esa "Barselona" bilan durangdan so'ng jismonan yaxshi holatda bo'lmasligi mumkin. O'z navbatida Spalletti Ispaniyada ter to'kkanlarning aksariyatiga dam beradi. SHularni inobatga olib Elmas, Una va Mertensni maydonda ko'rsak ajab emas, Politano esa jarohat sabab sheriklariga yordam bera olmasligi aniq.

Jamoalarning oxirgi o'zaro uchrashuvida "Napoli" o'z maydonida oson g'alabani 2-0 qo'lga kiritgandi. Hozir ham, bellashuv Sardinida bo'lishiga qaramay, neapolliklar favorit sifatida ko'rilmoqda. "Kalyari" mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirishi uchun astoydil mehnat qilishiga to'g'ri keladi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика