Evrokubok bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
04 avg 2020 17:50
Yangiliklar
Evrokubok bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Evropa CHempionlar Ligasi, Evropa Ligasi, UEFA Yoshlar Ligasi va Ayollar CHempionlar Ligasining bo'lajak o'yinlari koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi, deb xabar berdi UEFA rasmiy sayti.
Bundan tashqari, futbolchilar maydonga o'zlari tanlagan tilda "Rahmat" yozuvli liboslarni kiyib tushishadi, bu orqali ular pandemiyaga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga o'z minnatdorchiligini bildirishadi.
"Men evrokuboklarning qaytayotganidan xursandman, ammo biz yana futbol o'ynashimizga imkon bergan sadoqatli odamlarni unutmasligimiz kerak", - dedi UEFA prezidenti Aleksander CHeferin.
CHempionlar ligasining 1/8 final bosqichi 7-8 avgust, chorak final o'yinlari 12-15 avgust, yarim finallar esa 18-19 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Final 23 avgustga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar