EVROgacha. B guruhining eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?
23 may 2021 20:47
Yangiliklar
EVROgacha. B guruhining eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?
EVROgacha. A guruhining eng qimmat futbolchilarini bilasizmi?
Turnirning B guruhidan quyidagi jamoalar o'rin olgan:
Daniya
Finlyandiya
Belgiya
Rossiya
Kasper Xyulmand boshchiligidagi Daniya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Kristian Eriksen ("Inter") hisoblanadi.
ismi | yoshi | jamoasi | narxi | |
---|---|---|---|---|
1 | Kristian Eriksen | 29 | "Inter" | 35 mln evro |
2 | Per-Emil Xyoyberg | 25 | "Tottenxem" | 35 mln evro |
3 | Andreas Kristensen | 25 | "CHelsi" | 28 mln evro |
4 | Yussuf Poulsen | 26 | "Leypcig" | 25 mln evro |
5 | Kasper Dolberg | 23 | "Nicca" | 22 mln evro |
Guruhda asosiy autsayder bo'lishi kutilayotgan Finlyandiya terma jamoasini turnirga Markku Kanerva boshlab keladi. Finlarning eng qimmat futbolchisi "Norvich" etakchisi Teemu Pukki hisoblanadi. Transfermarkt portali 31 yoshli o'yinchini 7 mln evroga baholayapti.
Roberto Martines boshchiligidagi Belgiya milliy jamoasining eng qimmatbaho vakili Kevin de Bryuynedir.
ismi | yoshi | jamoasi | narxi | |
---|---|---|---|---|
1 | Kevin de Bryuyne | 29 | "Man Siti" | 100 mln evro |
2 | Romelu Lukaku | 28 | "Inter" | 90 mln evro |
3 | Tibo Kurtua | 29 | "Real" | 75 mln evro |
4 | Yuriy Tilemans | 24 | "Lester" | 44 mln evro |
5 | Eden Azar | 30 | "Real" | 40 mln evro |
Stanislav CHerchesov boshchiligidagi ruslar termasining eng qimmat vakili "Monako"da to'p tepadigan Aleksandr Golovin hisoblanadi.
ismi | yoshi | jamoasi | narxi | |
---|---|---|---|---|
1 | Aleksandr Golovin | 24 | "Monako" | 23 mln evro |
2 | Mario Fernandes | 30 | CSKA | 18 mln evro |
3 | Aleksey Miranchuk | 25 | "Atalanta" | 17 mln evro |
4 | Matvey Safonov | 22 | "Krasnodar" | 15 mln evro |
5 | Anton Miranchuk | 25 | "Lokomotiv" | 14 mln evro |
Fikrlar