So’nggi yangiliklar

01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0 01:32"Эвертон" Грилишни ижарадан кейин 50 млн фунтга сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади  0 01:01"Ман Сити" Савионинг кетиши фонида Симонснинг агенти билан алоқада бўлиб турибди. "Челси" ҳам "Лейпциг" хавбеки бўйича музокаралар олиб бормоқда  1 00:49"Тракторсози" — Эрон Суперкубоги соҳиби! Ҳамробеков жамоаси соврин учун курашда Машариповсиз ўйнаган "Истиқлол"ни таслим этди  2 00:44Вадим Абрамов: "Футболни тўғри ўйнаш керак, шунда ҳаммаси жойига тушади"  11 00:34Камолиддин Тожиев: "Барча ўйинларда охиригача курашяпмиз"  6 00:31"Комо" ПСЖ футболчисига қизиқмоқда  0 23:54Виталий Левченко: "Олдинга ҳаракат қилишда давом этамиз"  6 23:15Рўзиқул Бердиев: "Афсуски, натижа биз кутгандек бўлмади"  15 23:05"Ливерпуль" "Брентфорд" етакчисига даъвогар  0 22:27"Атлетико" 22+4 млн евро эвазига италиялик футболчини харид қилди  0 22:02Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Динамо" ва "Пахтакор" муросага келди  76 21:40Эксперт фикри. Мурод Исмоилов: "Нефтчи" чемпионликка катта қадам ташлади, "Насаф" осонликча таслим бўлмаса керак"  13 21:08Про лига. Далер Тухсановнинг дубли "Олимпик-MobiUz"га "ФарДУ" устидан ғалабани тақдим этди  0 21:05Суперлига. "Насаф" мавсумдаги илк мағлубиятини Фарғонада қабул қилиб олди  193

Evrofutbol. Bugungi o'yinlar anonsi Yangiliklar

Evrofutbol. Bugungi o'yinlar anonsi

Bugun ham Evropa arenalarida futbol uchrashuvlari davom ettiriladi.
Myunxenning “Bavariya” jamoasi safarda “Gannover” bilan kuch sinashadi. Xosep Gvardiola shogirdlari ushbu mavsumda ichki chempionatda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda. Myunxen klubi Germaniya chempionini nomini deyarli o'zlarini qilib olishgan. Turnir jadvalida ularni taqib qilib kelayotgan “Bayer” va “Borussiya D” jamoalari kechagi bahsda yana ochko yo'qotishdi. “Bavariya” uchun raqiblarini mag'lubiyatga uchragani ayni muddao bo'ldi.

Pep jamoasi bugun g'alaba qozonadigan bo'lsa, “Bayer” klubidan naqd 19 ochkoga o'zib ketishadi. “Gannover” jamoasi ham o'z maydonida “Bavariya”ga osonlikcha taslim bo'lmaydi. Bugungi o'yin bu jamoalarning bu yilgi mavsumdagi o'zaro uchinchi o'yini bo'ladi. Bungacha jamoalar birinchi davradagi bahs va kubok uchrashuvida to'qnash kelishgan edi. Har ikkala bellashuvda ham “gollivud” jamoasini qo'li baland kelgan.



Ushbu muvaffaqiyatsizliklardan so'ng, “Gannover” rahbarlari jamoani boshqarib kelgan Mirko Slomkani ishdan olishdi va uning o'rniga etarli tajribaga ega bo'lmagan yosh turkiyalik murabbiy Tayfun Korkutni “Gannover” bosh murabbiyi etib tayinlashdi. Avvaliga ushbu mutaxassisning etarli tajribasi yo'qligi uchun, Germaniya jamoatchiligi klub rahbarlarini ko'p bora tanqid qilishdi. Hozirda “Gannover” o'rtacha o'yin ko'rsatmoqda. Asosiysi, ular g'alabasiz seriyaga chek qo'yishdi va ikki bor sensacion g'alabaga erishishdi. Avvaliga “Volfsburg”ni taslim etgan bo'lishsa, keyinchalik “Borussiya M” qarshiligini engishdi. Bugungi uchrashuvda ham “Gannover” “Bavariya”ga qarshilik qilishga urinib ko'radi.

Ushbu bahsdan tashqari Germaniya chempionatining 22-turida yana bir o'yin bo'lib o'tadi. “Ayntraxt F” o'z maydonida “Verder”ni kutib oladi. Turnir jadvalida yonma-yon va bir xil ochko jamg'argan ikki jamoaning o'zaro bellashuvi muxlislar uchun qiziqarli kechishi aniq.

Kunning markaziy o'yinlari Italiya maydonlarida kechadi. Italiya chempionatining bir qator o'yinlari bugun o'tkaziladi. Turning markaziy o'yini sifatida so'zsiz “Turin derbi”sini aytishimiz mumkin. “Yuventus” – “Torino” bellashuvi Italiya chempionati shaydolari uchun haqiqiy sovg'a bo'ladi. Bu jamoalar o'rtasidagi har bir bahs keskin kurashlar va qiziqarli tomoshasi bilan muxlislarni rom etib kelgan.

Milanning “Inter” jamoasi muxlislarining diqqat markazi “Kalyari” bilan bo'ladigan uchrashuviga qaratiladi. Maccari shogirdlari ushbu o'yinda o'z ishqibozlarini quvontirishi uchun “Kalyari” jamoasini mag'lub etishi talab etiladi. Ushbu bellashuvda “Inter” jamoasiga oson bo'lmaydi.



Klarens Zeedorf boshqaruviga o'tgan “Milan” bu turda “Sampdoriya” bilan kurash olib boradi. “Milan” uchun qolgan barcha o'yinlar finaldek o'tishi aniq. Zeedorf jamoasiga har bir ochko suv va havodek zarur. “Milan” turnir jadvalida imkon qadar yuqoriga intilishga harakat qilib ko'radi. Buni qanchalik uddalay olishadi yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi.

SHuningdek, bugun yana APL 27-tur bahslari davom ettiriladi.

“Liverpul” jamoasi azolari “Suonsi” qarshiligini engishga harakat qilib ko'rishadi. Londonning “Tottenxem” vakillari “Norvich”ga safar uyushtirishadi. “Nyukasl” esa o'z uyida “Aston Villa” bilan bahs boylaydi.

Uchrashuvlar anonsi:



Bundesliga, 22-tur
“Gannover” – “Bavariya” (21:30 “SportXit”)
 “AVD-Arena” stadioni.

Hakamlar: Knut Kirxer, Robert Kempter, Torsten SHiffner.
Taxminiy tarkiblar:
“Gannover”: Ciler, SHulc, Filo, Xusti, Xoffman, Raytoral, SHtindl, Bitenkur, SHmidebax, Rudnev, Diuf.
 “Bavariya”: Noyer, Boateng, Dante, Alaba, Rafinya, Lam, Martinez, SHvaynshtayger, Myuller, Robben, Manjukich.
Birinchi davradagi o'yini: (“Bavariya” – “Gannover” 2:0)

“Aytnraxt F” – “Verder” (19:30)
“Kommercbank-Arena” stadioni.
Hakamlar:
Feliks Cvayer, Florian SHtoyer, Marsel Pelgrim.
Taxminiy tarkiblar:
“Ayntraxt F”: Trapp, Sambrano, Yung, Russ, Ochipka, Mayer, Aygner, Flum, Rode, SHvegler, Kadlec.
 “Verder”: Volf, Predl, Garsiya, Kaldirola, Yunuzovich, Ignevski, Kroos, Bargfrede, Obranyak, Petersen, di Santo.
Birinchi davradagi o'yini: (“Verder” – “Ayntraxt F” 0:3)
 


Angliya premer ligasi, 27-tur
“Liverpul” – “Suonsi” (18:30 “NTV-PLYUS Futbol”)
 “Enfild” stadioni.
Hakamlar:
Mayk Jons, Mark Skoulz, Jon Bruks.
Taxminiy tarkiblar:
“Liverpul”: Minole, Sissoko, SHkrtel, Flanagan, Agger, Koutino, Xenderson, Sterling, Jerard, Starrij, Suarez.
 “Suonsi”: Vorm, Ranxel, Devis, CHiko, Uilyams, Rautlej, SHelvi, de Guzman, Britton, Emnes, Boni.
Birinchi davradagi o'yini: (“Suonsi” – “Liverpul” 2:2)

“Norvich” – “Tottenxem” (21:00 “NTV-PLYUS Futbol” )
Birinchi davradagi o'yini:
(“Tottenxem” – “Norvich” 2:0)

“Nyukasl” – “Aston Villa” (18:30 “NTV-PLYUS Futbol2”)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Aston Villa” – “Nyukasl” 1:2)
 


Italiya chempionati, 25-tur
“Yuventus” – “Torino” (22:30)
“Yuventus” stadioni.
Hakamlar:
Nikola Riccoli, Andrea Stefani, Renato Faverani.
Taxminiy tarkiblar:
“Yuventus”
: Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Kaseres, Lixtshtayner, Asamoa, Pogba, Vidal, Pirlo, Tevez, Lorente.
 “Torino”: Padelli, Moretti, Maksimovich, Masello, Glik, Darmian, Farnerud, El-Kadduri, CHerchi, Vives, Immobile.
Birinchi davradagi o'yini: (“Torino” – “Yuventus” 0:1)

“Inter” – “Kalyari” (19:00)
“Juzeppe Meacca” stadioni.
Hakamlar:
Karmine Russo, Felippo Meli, Fabiano Preti.
Taxminiy tarkiblar:
“Inter”: Xandanovich, D`Ambrozio, Rolando, Samuel, Jezus, Nagotomo, Ernandes, Guarin, Kuzmanovich, Milito, Palasio.
 “Kalyari”: Avramov, Rossettini, Periko, Murru, Del Fabro, Ekdal, Dessena, Vesina, Kossu, da Silva, Sau.
Birinchi davradagi o'yini: (“Kalyari” – “Inter” 1:1)

“Sampdoriya” – “Milan” (19:00)
“Luiji Ferraris” stadioni.
Hakamlar
: Daniel Doveri, Marko Barbirati, Juzeppe Stalone.
Taxminiy tarkiblar:
“Sampdoriya”:
da Kosta, Rejini, Palombo, Kosta, Fornaze, Mustafi, Obiang, Vsholek, Krstichich, Gabbyadini, Eder.
“Milan”: Abbyati, Rami, Abate, Bonera, Xonda, Montolivo, Kaka, Taarabt, Emanuelson, de Yong, Paccini.
Birinchi davradagi o'yini: (“Milan” – “Sampdoriya” 1:0)

“Livorno” – “Verona” (16:30 “NTV-PLYUS Futbol”)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Verona” – “Livorno” 2:1)

“Kevo” – “Kataniya” (19:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Kataniya” – “Kevo” 2:0)

“Udineze” – “Atalanta” (19:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Atalanta” – “Udineze” 2:0)

“Lacio” – “Sassuolo” (00:45 “NTV-PLYUS Futbol”)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Sassuolo” – “Lacio” 2:2)
 
 

Franciya chempionati, 26-tur
“Tuluza” – “PSJ” (18:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“PSJ” – “Tuluza” 2:0)

“Nant” – “Renn” (21:00)
Birinchi davradagi o'yini
: (“Renn” – “Nant” 1:3)

“Lill” – “Lion” (01:00)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Lion” – “Lill” 0:0)
 
 

Ispaniya chempionati, 25-tur
“Rayo Valekano” – “Sevilya” (16:00 “NTV-PLYUS Futbol2”)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Sevilya” – “Rayo Valekano” 4:1)

“Betis” – “Atletik” (21:00 “NTV-PLYUS Futbol2”)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Atletik” – “Betis” 2:1)

“Valensiya” – “Granada” (23:00 “NTV-PLYUS Futbol2”)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Granada” – “Valensiya” 0:1)

“Osasuna” – “Atletiko” (01:00 “NTV-PLYUS Futbol2”)
Birinchi davradagi o'yini:
(“Atletiko” – “Osasuna” 2:1)

SHahboz Beg'amov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика