So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

EVRO yaqin. Ronaldu qaysi rekordlarni yangilaydi? Yangiliklar

EVRO yaqin. Ronaldu qaysi rekordlarni yangilaydi?

Joriy yilning 11 iyunidan 11 iyuliga qadar butun Evropa bo'ylab EVRO-2020 turniri o'tkaziladi. Unda qitaning eng kuchli jamoalari g'oliblik uchun bahs olib boradi.

Amaldagi chempion Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu chempionat davomida bir qator uzoq yillik rekordlarni yangilashi mumkin. “Yuventus” hujumchisi yanada yaxshilashi mumkin bo'lgan ko'rsatkichlar diqqat markazimizda.

1. Evropa chempionatida eng ko'p ishtirok

Krishtianu Ronaldu faoliyatining ko'p qismini Evropa futboli tarixi kitoblarini qayta yozishga bag'ishlagan. Portugaliya terma jamoasi safida 5-marta Evropa chempionatining final bosqichida  (albatta, rekord) qatnashadi. U ilk bor 2004 yilda Portugaliya mezbonlik qilgan turnirda debyut qilgan edi. Yakunda kumush medallariga ega chiqqan 19 yoshli Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylana oldi.

SHu paytga qadar 17 futbolchi 4 marta Evropa chempionatining final bosqichida ishtirok etgan va ularning so'nggisi ham aynan Ronalduning o'zi. Franciyada o'tgan musobaqada portugaliyalik futbolchi bu natijani takrorlagan edi. Bu yilgi chempionatda u yaqqol peshqadamga aylanishi deyarli aniq!

2. Final bosqichi to'purari 

Ronaldu 2004 yil 12 iyunda Greciyaga qarshi Evrodagi debyutini gol bilan nishonladi va shu vaqtdan beri 21 ta uchrashuvda 9 ta gol kiritgan holda Mishel Platini o'rnatgan rekordni takrorladi. Franciyalik sobiq futbolchi EVRO-1984 turinirida 9 gol bilan to'purar bo'lgan edi. Krishtianu bu natijaga 2016 yilgi musobaqa yarim finalida Uels darvozasiga kiritgan goli orqali erishdi.

9’ Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)

9’ Mishel Platini (Franciya)

7’ Alan SHirer (Angliya)

3. Evropa chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi

Ronaldu Janluiji Buffonning (Evropa chempionati saralash va final bahslarida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi) rekordini yangilashga yaqin turibdi. Yani Evropa chempionatida italiyalik darvozabon 58 o'yinda ishtirok etgan. Krishtianu hisobida 56 ta o'yin mavjud bo'lib, guruh bosqichining o'zida ushbu natijani yangilashi mumkin.

58’ Janluiji Buffon (Italiya)

56’ Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)

51’ Mario Frik (Lixtenshteyn)

4. Bir o'yinda kiritilgan eng ko'p gol

Faqat etti nafar futbolchi Evropa chempionatida xet-trikka erishgan. Biroq ularning orasida Ronaldu nomi yo'q. “Yuventus” forvardi terma jamoasi tarkibida xalqaro o'yinlarda 9 bor xett-trik qayd etgan. 

Bir o'yinda 4 ta gol urish biroz murakkabroq. Musobaqa davomida barcha futbolchi ushbu natijani yangilashi mumkin.

5. Evropa chempionati finalida gol urgan eng keksa futbolchi

Evro finalida 30 yoshdan oshgan bitta futbolchi gol urgan xolos. Germaniyalik Bernd Xolzenbeyn CHexoslovakiyaga boy berilgan o'yinda raqib darvozasini ishg'ol etgan. Bu natija yangilanishi uchun Ronaldu finalda gol urishi kerak.

6. Evropa chempionligini eng ko'p yutgan sardor

Agar Portugaliya “Uembli”dagi finalda g'alaba qozonsa, sobiq jamoadoshi Iker Kasilyas (2008 va 2012) rekordini takrorlaydi. Kasilyas Ispaniya terma jamoasini ketma-ket ikki bor chempionlik sari boshlab kela olgan.

Krishtianu Ronaldu tomonidan Evropa chempionatida o'rnatilgan rekordlar

1. Final bosqichida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi

Ronaldu shu kunga qadar Evropa chempionatining final bosqichida 21 o'yinda ishtirok etgan. Bu borada u yaqqol peshqadam va o'z natijasini yanada yaxshilash imkoniyati mavjud. Uning eng yaqin taqibchisi Germaniyaning sobiq yarim himoyachisi Bastian SHvaynshtayger bo'lib, u 18 uchrashuvda maydonga tushgan.

2. Evropa chempionatining eng yaxshi to'purari (saralash va final bosqichi)

Portugaliyalik yulduz Evro saralashi va final bosqichlarida 40 ta gol urgan va keyingi ikki o'rinni egallab turgan futbolchilar - Zlatan Ibragimovich (25) va Robbi Kinlardan (23) ancha ilgarilab ketgan. Bu natija uzoq vaqt saqlanib qolishi shubhasiz.

3. Ketma-ket 4 ta musobaqada gol urgan dastlabki futbolchi

Ronaldu Evro-2004’da ikkita gol urdi, 2008 yilda bitta, 2012 yilda uchta va 2016 yilda yana uch marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. SHu tariqa uchta Evropa chempionatida gol urgan etti futbolchini ortda qoldirdi. Bundan tashqari, bir nechta Evroda uch va undan ortiq gol urgan yagona futbolchi bo'lib qolmoqda.

Qo'shimchasiga...

EVRO-2024 o'tkaziladigan vaqtda Ronaldu 39 yoshga to'ladi. Har ehtimolga qarshi, Ronaldu o'sha turnirda ishtirok etishi mumkinligini hisobga olib, bir qator rekordlarni etiboringizga havola etamiz:

Evropa chempionatlarining eng keksa to'purari

Ivica Vastic (Avstriya, 2008) - 38 yosh 257 kun

Evropa chempionatida qatnashgan eng keksa futbolchi

Lotar Matteus (Germaniya, 2000) - 39 yosh 91 kun

Evropa chempionati finalida ishtirok etgan eng keksa futbolchi

Yens Lemann (Germaniya, 2008) - 38 yosh 232 kun

Evropa chempionatini yutgan eng keksa futbolchi

Arnold Myuren (Niderlandiya, 1988) - 37 yosh 23 kun

Futboldan zavq olish natijalarga bog'liq emasligi ko'p bor takidlangan, biroq statistika eng yaxshilarni aniqlash uchun hisoblab boriladi. 

Etiboringizga Krishtianu Ronaldu tomonidan yangilanishi mumkin bo'lgan ayrim rekordlarni taqdim etdik xolos. Amalda qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

Humoyun Oripov tayyorladi

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика