Evro-2024da ichida chipi bor to'plardan foydalaniladi Yangiliklar

Evro-2024da ichida chipi bor to'plardan foydalaniladi

Teglar :  Evro-2024
Evro-2024 musobaqasida Adidas kompaniyasining yuqori texnologiyalik to'plaridan foydalaniladi.

To'plarga qo'l bilan o'ynalganini aniqlashda yordam beruvchi mikrochip o'rnatiladi.

Mikrosxema oyoq-qo'llarini kuzatish texnologiyasi bilan tandemda ishlaydi, bu esa real vaqt rejimida o'yinchi tanasining uch o'lchamli tasvirini yaratish va to'p aynan qaerga urilganini aniqlash imkonini beradi.

Yangi tizim qanday ishlashini ko'rgan hakamlar uning aniqligidan hayron qolishdi.

SHu bilan birga mikrochip to'pga berilgan zarba vaqtini aniq ko'rsatadi va bu orqali ofsaydni qayd etishga yordam beradi.

Bu texnologiya yangi mavsumda CHempionlar ligasida ishlatilishi nomalum. Bu tizimning narxiga bog'liq.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика