So’nggi yangiliklar

20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  1 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  6 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  8 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   9 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21

Evro-2024. Belgiya bilan durang o'ynagan Ukraina 4 ochko bilan guruhda qolib ketdi Yangiliklar

Evro-2024. Belgiya bilan durang o'ynagan Ukraina 4 ochko bilan guruhda qolib ketdi

Evropa chempionati "E" guruhi 3-turidan o'rin olgan Ukraina - Belgiya uchrashuvi yakunlandi.

Ukraina — Belgiya 0:0

Ukraina – Trubin, Tymchik, Svatok (Yarmolenko, 81), Matvienko, Zabarnyy, Mikolenko (Zinchenko, 58), SHaparenko (Vanat, 70), Sudakov, Brajko (Stepanenko, 70), Yaremchuk (Malinovskiy, 70), Dovbik.

Belgiya – Kastels, Kastan, Vertongen, Fas, Teate, de Bryuyne, Tilemans (Mangalya, 62), Onana, Trossard (Karrasko, 62), Doku (Bakayoko, 77), Lukaku (Openda, 90).

Ogohlantirishlar: Fas (43), Dovbik (69).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Belgiyada xavfli vaziyat yuzaga keldi, Lukakuning pasidan keyin sherigi to'pga etib kela olmadi.

83. Xavfli vaziyat! Malinovskining burchakdan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Kastels juda katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

79. Dovbik bu safar o'ng oyoqda zarba yo'lladi, biroz aniqlik etishmadi.

75. Xavfli vaziyat! Dovbik ketma-ket ikki o'ta xavfli imkoniyatdan foydalana olmadi.

73. Xavfli vaziyat! Lukakuning pasidan so'ng Karrasko xavfli zarba yo'lladi, Trubin qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. 

70. Ukraina tarkibida birato'la uchta o'zgarish amalga oshirildi.

68. Karrasko tezkor hujum so'ngida to'p o'rniga raqib himoyachisining oyog'ini tepib yubordi.

65. Lukakuning zarbasini Trubin egallab oldi.

62. Belgiyada ikki o'zgarish yuz berdi.

58. Xavfli vaziyat! De Bryuyne–Doku kombinaciyasini yakunlaydigan uchinchi futbolchi topilmadi. 

56. Mikolenkoga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Uning o'rniga Zinchenko tushiriladi.

52. Tilemansning zarbasi raqib himoyachilaridan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

50. Doku hujumda raqib futbolchisining oyog'ini bosib oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. De Bryuynening zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo Trubin to'pni ishonch bilan egallab oldi.

42. Xavfli vaziyat! Raqib jarima maydoniga kirib borgan Yaremchuk zarba berish o'rniga pas berishni afzal ko'rdi, sherigi esa to'pga ulgurmadi.

39. Onana Sudakovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi, futbolchi maydondan chetlatilishi ham mumkin edi, ammo hakam sariq kartochka ham ko'rsatmadi.

37. Doku raqib jarima maydoniga kirib bordi, ammo uning uzatmasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

33. Xavfli vaziyat! De Bryuynening jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

31. Lukakuga nisbatan qoidabuzarlik ishlatildi. Belgiyaliklarda standart vaziyat yuzaga keldi.

27. De Bryuynening jarima maydoni tomon uzatmalarini ukrainaliklar hozircha bartaraf etishmoqda.

23. Teatening uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

20. Yaremchuk uzoq masofadan zarba yo'lladi, Kastels ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi.

18. Yaremchuk hujumda qoidabuzarlik sodir etdi.

13. De Bryuynening uzatmasi rekoshet hosil qilib, darvozaga kirib ketishiga bir bahya qoldi. Burchak zarbasi.

10. Dokuni o'tkazib yuborgan ukrainalik futbolchi qoidabuzarlik evaziga uni to'xtatib qoldi.

7. Xavfli vaziyat! Lukakuning ajoyib uzatmasidan so'ng Lukaku zarba yo'lladi. Trubin to'pni qaytardi.

6. Belgiyaliklarda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, Lukaku sherigini tushunmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика