So’nggi yangiliklar

16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  0 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  1 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  1 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  3 14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  1 14:15Пролига 10-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  4 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  3 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  8 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0

Evro-2024. Ispaniya - Xorvatiya. Prevyu Yangiliklar

Evro-2024. Ispaniya - Xorvatiya. Prevyu

Evro-2024 1-turidan o'rin olgan Ispaniya - Xorvatiya uchrashuviga oid malumotlar bilan tanishing.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

To'rtinchi Evropa chempionligini ko'zlagan Ispaniya o'tgan yilgi Millatlar ligasi finalida penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan Xorvatiya bilan Evro-2024'ning ochilish o'yinida maydonga tushadi. Final bosqichiga tayyorgarlik ko'rishda Luis de la Fuente shogirdlari Andorra va SHimoliy Irlandiyani mag'lub etishdi, "Real Sosedad" forvardi ushbu ikki uchrashuvda to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Luka Modrich o'zining beshinchi qita musobaqasida ishtirok etishga tayyorlanmoqda, ammo usiz ham Xorvatiyada ko'plab iqtidorli futbolchilar etarlicha, ular orasida Yoshko Gvardiol va "Manchester Siti" azosi Mateo Kovachich bor. Final bosqichiga bir hafta qolganida xorvatlar Portugaliyani mag'lub etishdi, bu esa muxlislar ishonchini yanada oshirdi. Uch yil muqaddam ispanlar va xorvatlar Evro-2020'ning eng qiziqarli o'yinlaridan birini o'tkazishgan: ispanlar 1/8 finalning qo'shimcha bo'limlarida 5:3 hisobida zafar quchgandi. Berlinda azaliy raqiblar muxlislarga yana bir klassikani tuhfa etishiga shubha yo'q.

Taxminiy tarkiblar 

Ispaniya: Simon; Karvaxal, le Norman, Nacho, Grimaldo; Merino, Rodri, Pedri; Yamal, Morata, Uilyams

Xorvatiya: Livakovich; Stanishich, SHutalo, Pongrachich, Gvardiol; Modrich, Brozovich, Kovachich; Mayer, Budimir, Kramarich

Oxirgi natijalar

Ispaniya

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): G'G'DMG'G'

Xorvatiya

Oxirgi natijalar: G'G'G'DG'G'

Ekspertlar fikri

Ispaniyalik muxbir Grem Xanter

Agar Lyaport maydonga tushmasa, uning tajribasi, bo'yi va chap oyoqda o'ynash qobiliyatini hisobga olsak, Ispaniya uchun yo'qotish hisoblanadi. Biroq Nacho yaqinda "Real Madrid"ni sardor sifatida CHempionlar ligasi shohsupasiga olib chiqdi. Jamoa mehmonxonasidagi va mashg'ulotdagi muhit ajoyib — bu yaxshi belgi. Albatta, Ispaniya ochilish o'yinida g'alaba qozonishi mumkin, ammo Xorvatiyaga qarshi o'tkazilgan oltita turnirning to'rttasida ispanlar faqat o'yin so'ngida – 87, 89 va 90-daqiqalarda gol urishdi. SHuning uchun g'alaba nishonlashga shoshilmang!

Xorvatiyalik muxbir Elvir Islamovich

Xorvatiyaliklar yaqinda o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Portugaliya ustidan qozonilgan g'alaba bilan birinchi turga alo kayfiyatda etib kelmoqda. Bu natijani bo'rttirib bo'lmaydi, lekin Zlatko Dalich shogirdlari haqiqatdan ham yuqori sifatli futbol namoyish etishdi. Futbolchilarning fikriga ko'ra, ular ispanlarga qarshi o'tgan yilgi Millatlar ligasi finalidan ko'ra yomonroq o'ynashni istamaydilar, yani durang natija ham jamoa uchun maqul bo'ladi.

Murabbiylar fikri

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente: "Men xorvatiyalik futbolchilarning mentalitetiga qoyil qolaman, bu milliy g'urur, birdamlik, milliy terma jamoada o'ynash istagi namunasidir. Asosiy maqsad - kurashish va g'alaba qozonish. Ishonchim komilki, turnirda chempionlikka erishish uchun imkoniyat bor, lekin g'oliblik uchun kurashadigan yaxshi jamoalar bisyor".

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich: "Biz eng qiyin guruhga tushdik va buni hamma biladi. Turnirda yaxshi start olish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati doirasida Marokash bilan o'shanda olgan ochkomiz keyinchalik juda muhim ahamiyat kasb etgandi. Biz durangga intilayotganimiz yo'q. Eng yaxshi jihatlarimizni ko'rsatishni va g'alaba qozonishni xohlaymiz. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz va g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bunga erishish qiyin bo'ladi va bizdan ko'p narsa talab qilinadi, lekin har doimgidek, men jamoamizga ishonaman".

Eslatib o'tamiz, "B" guruhi 1-turidan o'rin olgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика