So’nggi yangiliklar

23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  0 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  3 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  4 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  33 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  5 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0 17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  1 16:16ЖЧ-2026 саралаши. Бугун Осиёда иккита ўйин бор  9

Evro-2024. Ispaniya penaltidan gol urolmagan Xorvatiyani yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-2024. Ispaniya penaltidan gol urolmagan Xorvatiyani yirik hisobda mag'lub etdi

Ispaniya hamda Xorvatiya o'rtasida o'tkaziladigan Evro-2024 guruh bosqichi 1-tur uchrashuvi yakunlandi.

Ispaniya - Xorvatiya 3:0

Gollar: 1:0 – 29 Morata, 2:0 – 32 Fabian Ruis, 3:0 – 45+2 Karvaxal.

Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Nacho, Le Norman, Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 86), Pedri (Olmo, 59), Uilyams (Merino, 68), Yamal (Ferran Torres, 86), Morata (Oyarsabal, 67).

Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, SHutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Pashalich, 65), Kovachich (Suchich, 65), Brozovich, Maer, Kramarich (Petkovich, 72), Budimir (Perishich, 56).

Ogohlantirish: Rodri (78).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. Perishichning zarbasi Simon uchun biroz qiyinchilik tug'dirdi, ammo u to'pni ikkinchi urinishda egallab oldi.

80. GOL! Petkovichning penaltidan yo'llagan zarbasini Unai Simon qaytardi, qaytgan to'pga Perishich birinchi bo'lib etib keldi va yana zarba yo'llagan sherigiga pas berdi. Petkovich esa bu safar adashmadi. Ammo VAR bilan maslahatlashgan hakam xorvatlar zarba yo'llashdan avval jarima maydoniga kirganini malum qildi.

78. Ispaniya darvozasi tomon penalti belgilandi. Darvozabonning xatoasi natijasida Rodri qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

74. Olmoning zarbasi raqib futbolchisining oyog'iga tegib, tezligini pasaytirdi va Livakovich uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

67. Ispaniyada ham ikki o'zgarish ro'y berdi: mezbonlar sardori ham maydondan chiqib ketdi.

65. Xorvatiyada o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Modrich va Kovachich maydonni tark etdi.

58. Yamalning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"dan nariga o'tmadi.

55. Xavfli vaziyat! Xorvatlarning ketma-ket zarbalarini mezbonlar qiyinchilik bilan bartaraf etishdi.

52. Xavfli vaziyat! Yamalning yaqin masofadan olis burchak tomon yo'llagan zarbasini Livakovich to'pni mohirlik bilan qaytardi.

51. Gvardiolning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga ispanlar blok qo'ydi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+2. GOL! Ispaniya uchinchi golni urdi! "Barselona" o'yinchisi Yamalning uzatmasini "Real" futbolchisi Karvaxal raqib darvozasiga joylab qo'ydi! 


45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Kramarichning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

41. Xavfli vaziyat! Gvardiolning pasidan keyin darvozagi to'p emas, unga eta olmagan Budimir kirib ketdi.

33. Xorvatlar yana tezkor javob qaytarishga harakat qildi, yakuniy zarbani Mayer aniq yo'llay olmadi.

32. GOL! Biroz avval superpas orqali Xorvatiya himoyasi va yarim himoyasini ikkiga bo'lib yuborgan Fabian Ruis chap oyoqda raqib darvozasining o'tkir burchagini aniq nishonga oldi!


30. Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas xorvatlar javob qaytarishga urinib ko'rdi, Kovachichning zarbasini Simon egallab oldi.

29. GOL! Ruisning qoyilmaqom uzatmasidan so'ng Morata raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozani aniq nishonga oldi!


22. Budimir raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, ammo Simon chaqqonroq harakat qildi. Keyingi hujumda Budimir bosh bilan noaniq zarba ham yo'lladi.

17. Kukurelya chap qanotda raqib futbolchisini yiqitdi. Natijada ispanlar darvozasi tomon standart belgilandi. Mayerning uzatmasini raqib futbolchilari bartaraf etdi.

15. Yamal raqib jarima maydoniga yorib kirishga urinib ko'rdi, ammo xorvatiyalik himoyachi tomonidan zararsizlantirdi.

10. Morataga nisbatan xavfli o'yin namoyish etildi. Natijada mezbonlar jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. Ammo Uilyamsning uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

7. Morataning 20 metrlar masofadan chap oyoqda yo'llagan zarbasini Livakovich egallab oldi.

5. Dastlabki daqiqalarda jamoalar, asosan, to'p nazoratiga etibor qaratmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi. 


Evro-2024. Ispaniya - Xorvatiya. Prevyu

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика