So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Барселона"нинг ғалабали серияси 8-ўйинга келиб якунланди, "Осасуна" Каталония жамоасига 4та гол урди  121 01:25Давид Сильва: "Футбол роботлашиб қолди, иқтидорларда эркинлик кам. Бугун тики-такани кўриш қийин"  0 00:10Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов ўз уйида "Зоб Ахан"дан устун келди  1 00:00РПЛ. "Акрон" меҳмонда "Ростов"дан устун келди, Шерзод Эсанов эса...  2 23:40Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" ўртасидаги марказий ўйинда дуранг қайд этилди  3 23:30АПЛ. Салоҳнинг голи "Ливерпуль" меҳмонда "Вулверхэмптон" устидан ғалабани тақдим этди  4 23:03Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда мағлубиятга учради, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  1 22:57А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Женоа"ни йирик ҳисобда таслим этди  3 22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  15 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  6 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  13 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  8 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7

Evro-2024. Gruziya Portugaliyani mag'lubiyatga uchratib, o'z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqdi! Yangiliklar

Evro-2024. Gruziya Portugaliyani mag'lubiyatga uchratib, o'z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqdi!

Portugaliya va Gruziya o'rtasidagi 3-tur o'yinida Gruziya ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi.

Gruziya termasi Portugaliya ustidan g'alaba qozondi va guruhda uchinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga chiqdi.

Gruziya – Portugaliya 2:0
26 iyun, 23.59, "Feltins-Arena"

Gol:  1:0 – 2 Kvaracxeliya, 2:0 – 57, penalti Mikautadze.

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Gvelesiani (Kverkveliya, 76), Dvali, Lochoshvili (Citaishvili, 63), Kiteyshvili, Kochorashvili, CHakvetadze (Mekvabishvili, 81), Kvaracxeliya (Davitashvili, 82), Mikautadze.

Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot, Inasiu, Antoniu Silva (Semedu, 66), Danilu Pereyra, Palinya (Ruben Nevesh, 46), Joau Nevesh (Mateush Nunesh, 75), Joau Feliks, Fransishku Konseysau, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 66), Netu (Diogu Jota, 75).

Ogohlantirishlar: Ronaldu (28), Netu (44), Ruben Nevesh (53), Mekvabishvili (85).

Georgia

Khvicha Kvaratskhelia - 2', Georges Mikautadze - 57'

EURO Grp. F . 3-tur

27/06/2024, 00:00

0
:
2
Tugadi

Portugal

Stadion: VELTINS-Arena, 49616 tomoshabin

Bosh hakam: Sandro Schaerer

45'
90'
2'  Khvicha Kvaratskhelia
2'  Georges Mikautadze
57'  Georges Mikautadze
63'  Luka Lochoshvili (Heorhiy Tsitaishvili)
76'  Giorgi Gvelesiani (Solomon Kverkveliya)
81'  Giorgi Chakvetadze (Anzor Mekvabishvili)
81'  Khvicha Kvaratskhelia (Zuriko Davitashvili)
85'  Anzor Mekvabishvili
28'  Cristiano Ronaldo
44'  Pedro Neto
46'  Joao Palhinha (Ruben Neves)
53'  Ruben Neves
66'  Cristiano Ronaldo (Goncalo Ramos)
66'  Antonio Silva (Nelson Semedo)
75'  Pedro Neto (Diogo Jota)
75'  Joao Neves (Matheus Nunes)

95-daqiqa. O'yin yakunlandi. Gruziya g'alaba qozondi va o'z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqdi!

94-daqiqa. Mamardashvili!!! Giorgidan yana bir super seyv! 

93-daqiqa. Qanday imkoniyat? Portugaliya o'ta xavfli hujum uyushtirdi. Zarba aralash uzatmaga hech kim tegina olmadi! Portugaliya o'yinni golsiz tark etmoqchi emas.

91-daqiqa. Zarbaa! Nelsen Semedu yaqin masofadan zarba berdi. Mamardashvili ajoyib seyv!

90-daqiqa. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85-daqiqa. Hozirgina o'yinga qo'shilgan Anzor Mekvabishvili sariq kartochka oldi.

81-daqiqa. Gruzinlan qo'shaloq o'zgarish qilishmoqda. Mekvabishvili va Davitashvili o'yinga qo'shildi. Kvaracxeliya va CHakvetadze o'yindan olindi.

76-daqiqa. Gruziyada o'zgarish. Kvirkveliya o'rniga Gvelashini o'yinga qo'shildi.

75-daqiqa. Mateush Nunesh ham jangga tashlandi, Neveshga berilgan vaqt tugadi.

66-daqiqa. O'zgarish. Diogu Jota o'yinga qo'shiladi, u Netoni almashtiradi.

Ronaldu zaxiraga olinganidan norozi:

66-daqiqa. O'zgarish. Krishtianu Ronaldu zaxiraga olinmoqda. Uning o'rniga Gonsalu Ramush maydonga tushdi. Bundan tashqari Silva o'rniga Semedo ham o'yinga qo'shildi.

63-daqiqa. O'zgarish. Lochoshvili jarohat sabab maydonni tark etdi. Uning o'rniga Tsitaishvili o'yinga qo'shildi.

57-daqiqa. GOOOOOOOOL! Mikautadze penaltini aniq amalga oshirdi! Gruziya ishonchli hisobda oldinga chiqdi! 2:0

56-daqiqa. Portugaliya darvozasi tomon penalti belgilanmoqda! Portugallar himoyachisi jarima maydoniga yorib kirayotgan futbolchining oyog'iga tepdi.

53-daqiqa. Yaqindagina maydonga tushgan Ruben Nevesh ogohlantirildi.

46-daqiqa. O'zgarish. Palinya o'rniga Rubun Nevesh maydonga tushdi

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+2-daqiqa. Hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Kutilmaganda Gruziya birinchi bo'limdan keyin hisobda oldinda bormoqda.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Ogohlantirish! Pedru Netu simulyaciya uchun kartochka ishlab oldi. 

43-daqiqa. Giorgi CHakvetadze o'yin qoidasini buzdi. Antoniu Silva jabrlanuvchi rolida. 

39-daqiqa. Palinya Mikautadzega nisbatan keskin o'ynadi - fol.

35-daqiqa. Giorgi CHakvetadze faollik ko'rsatib, to'pni jamoasiga olib berdi.

33-daqiqa. Xvicha Kvaracxeliyada imkoniyat yuzaga keldi. U zarba berish uchun imkoniyat topdi, lekin kiperni dog'da qoldira olmadi. 

32-daqiqa. Joau Palinya to'p uchun kurashda Xvichaga nisbatan qoidani buzdi.  

28-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam bilan tortishgani uchun Krishtianuga kartochka ko'rsatildi.

26-daqiqa. Otar Kiteishvili yordam kerakligini ko'rsatib, maydonga quladi.   

24-daqiqa. Joau Nevesh zarba berdi, ammo Georgiy Kochorashvili to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

21-daqiqa. Joau Feliks jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi va uni Antoniu Silvaga yo'lladi, himoyachining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

17-daqiqa. Krishtianu Ronaldu jarimadan yaxshi zarba yo'lladi. Mamardashvili ham ishonchli o'ynadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

15-daqiqa. Diogu Koshta oldinroqqa chiqib, to'pni egallab oldi. 

12-daqiqa. Otar Kakabadze to'p uchun kurashda Feliksga nisbatan fol ishlatdi deb topildi.

10-daqiqa. Pedru Netu "podkat"da to'pni olib qo'ydi. 

7-daqiqa. Gruziya termasi sardori Guram Kashiya to'pni olib qo'ydi. 

6-daqiqa. Portugaliya vaziyat yaratishga urinmoqda. 

2-daqiqa. Mikautadzedan to'pni qabul qilgan Xvicha Kvaracxeliya ajoyib zarbasi bilan hisobni ochmoqda!

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! 

Mamlakatlar madhiyalari yangramoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 


-

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика