So’nggi yangiliklar

03:00ЕЧЛ. "Ювентус" қийинчилик билан ПСВни мағлуб этди, "Боруссия Дортмунд" эса илк ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  22 02:58ЕЧЛ. Даҳшатли ўтган ўйинда "Реал"дан 90+2-дақиқада камбэк, Холанднинг дубли ҳам "Сити"га ёрдам бермади  554 01:31"Ал Насср" январда Нуньес учун 75+ млн евро ва бонуслар таклиф қилди, аммо...  0 00:55Пеп Гвардиола нега Грилишни асосий таркибга қўйди?  3 00:41ЕЧЛ. ПСЖ "Брест"га қарши плей-оффдаги биринчи ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  17 23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  12 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  10 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  22 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  7 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  4 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  46 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  42 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17

Evro-2024. CHorak final yo'lida chaqmoq ham Germaniyani to'xtata olmadi! Yangiliklar

Evro-2024. CHorak final yo'lida chaqmoq ham Germaniyani to'xtata olmadi!

Evro-2024 1/8 final doirasidagi Germaniya - Daniya o'yini bo'lib o'tdi.


Evro-2024
1/8 final
Germaniya - Daniya
Gollar: 1:0 – 53, penalti Xavertc, 2:0 – 68 Musiala.

Germaniya – Noyer, Ryudiger, SHlotterbek, Raum (Xenrixs, 80), Kroos, Gyundogan (Fyullkrug, 65), Andrix (Djan, 64), Kimmix, Xavertc, Sane (Anton, 88), Musiala (Virtc, 81).

Daniya – SHmeyxel, Ba (Kristiansen, 81), Vestergor, Kristensen (Bruun Larsen, 81), Andersen, Mele, Dileyni (Nergor, 69), Eriksen, Xeyberg, Olsen (Poulsen, 69), Xeylund (Vind, 81).

Ogohlantirishlar: Yulian Nagelsman (59) — Kasper Yulmann (41), Aleksandr Bax (57), Yoakim Mele (60), Yoakim Andersen (72).


Germany

Kai Havertz - 53', Jamal Musiala - 68'

EURO Final Stage . 1/8-tur

30/06/2024, 01:00

0
:
2
Tugadi

Denmark

Stadion: BVB Stadion Dortmund, 61612 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
53'  Kai Havertz
59'  Julian Nagelsmann
64'  Robert Andrich (Emre Can)
64'  Ilkay Gundogan (Niclas Fuellkrug)
68'  Jamal Musiala
68'  Nico Schlotterbeck
81'  David Raum (Benjamin Henrichs)
81'  Jamal Musiala (Florian Wirtz)
88'  Leroy Sane (Waldemar Anton)
41'  Kasper Hjulmand
48'  Joachim Andersen
57'  Joachim Andersen
60'  Joakim Maehle
69'  Thomas Delaney (Christian Noergaard)
69'  Andreas Skov Olsen (Yussuf Poulsen)
81'  Rasmus Hoejlund (Jonas Wind)
81'  Andreas Christensen (Jacob Bruun Larsen)
81'  Alexander Bah (Victor Kristiansen)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+6-daqiqa. Bo'ldi, Maykl Oliver final hushtagini chaldi va Germaniya tomoshabop o'yinda, chiroyli va ishonchli g'alabani tantana qildi!

90+6-daqiqa. Jarima maydonchasiga uzatma va Noyer baland sakrab to'pni egallab oldi.

90+5-daqiqa. Germaniya futbolchilari bo'sh zonalarga katta tezlikda qochib ketishmoqda. Bu safar Xavercning zarbasidan keyin Kasper ishonchli harakat qildi. Burchak zarbasidan naf chiqmadi. 

90+3-daqiqa. Daniyaning burchak zarbasidan keyin Germaniya qarshi hujumga qochib ketdi va oxirgi himoyachi faollik ko'rsatmaganida, yana bitta gol ko'rarmidik.

"VAR"ning qarorini kutamiz!  Bu safar ham gol bekor qilindi. O'yindan tashqari holat!

90+1-daqiqa. GOOOOOL! Zaxiradan maydonga tushgan Virc ham gol urgandi, lekin...  

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!

90-daqiqa. Germaniya himoyaga yotib olmasdan ham ustunlikni ushlab qolishga o'ynash mumkinligini ko'rsatib bermoqda. Aloo, Angliyani ulab beringlar!

Olmaliqda tug'ilgan Anton "Evro" 1/8 finalida maydonga tushdi. 

88-daqiqa. O'zgarish! Leroy Sane uchun o'yin yakunlandi. Uning o'rniga Anton Valdemar jangga tashlandi.

85-daqiqa. Hujumga shoshilayotgan Daniya himoyadan chiqishda uzatmada xatoga yo'l qo'ydi.  

83-daqiqa. Germaniya hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'yishi mumkin edi. Biroq Niklas imkoniyatdan unumli foydalana olmadi, qo'shimchasiga o'yindan tashqari holat ham bor ekan.

81-daqiqa. O'zgarishlar! Daniya tarkibida Tomas Delaini, Rasmus Xoylund va Aleksander Bax o'rniga Yakob Bruun Larsen, Viktor Kristansen hamda Yonas Vind o'yinga qo'shildi. 

80-daqiqa. O'zgarishlar! Musiala va Raum o'rnini Virc hamda Bejamin Xenriksga bo'shatib berdi.

80-daqiqa. To'p uzatishdagi xato tufayli Daniyaning hujumi uzilib qoldi. 

77-daqiqa. Sal qolsa Ryudiger musobaqadagi ikkinchi avtogolini urishi mumkin edi. 

75-daqiqa. Daniya burchak zarbasi ishlab oldi. Buning uchun SHlotterbekka "rahmat".

72-daqiqa. Raumga nisbatan fol ishlatishdi. 

69-daqiqa. O'zgarish! Andres Skov Olsen o'rniga Yussuf Poulsen maydonga tushirildi. 

68-daqiqa. GOOOOOOL! Jamal Musiala chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tib ketdi va ajoyib zarbasi bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Nozik didli uzatma sohibi esa Niko SHlotterbek!  

66-daqiqa. Xoylund yana bir qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. Hujumchi to'pni to'g'ri Noyer turgan joyga yo'lladi. 

65-daqiqa. O'zgarish! Andrix o'rniga Niklas Fyullkrug tushdi. 

64-daqiqa. O'zgarish! Ilkay Gyundogan o'rniga Emre Jan o'yinga qo'shildi.

64-daqiqa. Kay Xaverc o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'lmoqda. 

62-daqiqa. Musiala to'pni olib qo'yishda ham faol. "Bavariya" futbolchisi mehnatdan qochmayotganini takidlash zarur.

60-daqiqa. Ogohlantirish! Foldan ham ko'ra ko'proq, norozligini ochiqchasiga namoyish qilgani uchun Yoakim Melega kartochka.

59-daqiqa. Kay Xaverc ajoyib tarzda to'pni o'ziga to'g'rilab oldi va zo'r vaziyatga chiqib ketdi. Lekin oxirgi zarba futbolchining ko'nglidagidek chiqmadi. 

57-daqiqa. Ogohlantirish! To'p uchun havodagi kurashda Andrix va Bax kurash olib borishgandi, to'qnashuvdan keyin bax etgan ovoz eshitildi. SHu bois, hakam Aleksander Baxga kartochka ko'rsatdi. 

56-daqiqa. Daniya pressing evaziga to'pni olib qo'ydi. 

53-daqiqa. GOOOOOOOOL! Kay ishonchli tarzda imkoniyatdan foydalandi va vanihoyat bekor qilib bo'lmaydigan gol urdi!

53-daqiqa. Zarbani Kay Xaverc amalga oshirmoqchi. 

Angliyalik hakam vaziyatni takroran ko'rib, to'p hozirgina goli bekor qilingan Yoakim Andersenning qo'liga tekkanini qayd etdi. PENALTI! 

51-daqiqa. "VAR" bu safar Oliverni monitor oldiga chaqirdi. 

50-daqiqa. Ammo, lekin, biroq... Bu safar ham "VAR" golni bekor qildi — o'yindan tashqari holat. 

48-daqiqa. GOOOOOOOL! Kutilmaganda, hisobni Daniya ochmoqda! Yana kim, markaziy himoyachilardan biri Yoakim Andersen jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

47-daqiqa. Ryudiger raqibning ehtimoliy o'ta xavfli hujumini uzib qo'ydi.

46-daqiqa. Ikkinchi taym boshlandi! Uni Daniya boshlab berdi.

45+1-daqiqa. Hakam uzoq davom etgan birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berishga qaror qildi va ushbu daqiqada aytarli hech nima bo'lmadi. Tanaffus! Biroz dam olamiz.

45-daqiqa. Markazda to'pni olib qo'ygan daniyaliklar ajoyib qarshi hujum tashkillashtirishdi. Lekin Manu Noyer jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.   

44-daqiqa. Markazda Musialaga nisbatan fol ishlatishdi. 

42-daqiqa. SHlotterbekning xatosidan keyin Xoylund zarba uchun qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo Rasmus undan unumli foydalana olmadi.  

41-daqiqa. Ogohlantirish! Uchrashuvdagi birinchi sariq mehmonlar ustozi Kasper Yulmannga nasib qildi. 

37-daqiqa. Xavfli vaziyatlar! Ketma-ket ikki bor nemislar hisobni ochishi mumkin edi. Biroq birinchisida SHmeyxel to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi, takroriy urinishga aniqlik etishmadi. 

Kasper SHmeyxel to'pni o'yinga kiritib berdi. 

Demak, davom etamiz!

Oliver bo'ldi, boshlaymiz dedi. Hamma va hammasi tayyor. 

Futbolchilar maydonga qaytishdi. Yana boshidan chigilyozdi mashqlari bajarilmoqda. 

Hammasi jiddiyga o'xshaydi, har holda hakamlar, terma jamoalar azolari tribuna ostiga yo'l olishdi... Rasmiy malumot esa quyidagicha: O'yin ob-havo yaxshilanguniga qadar to'xtatildi.  

35-daqiqa. Maykl Oliver noqulay ob-havo sharoiti tufayli o'yinni to'xtatishga qaror qildi. 

Milliy terma jamoa gol uravermagach, Germaniya ko'z yosh to'kmoqda... 

31-daqiqa. Eriksenning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, takroriy urinishda ham uzatma aniq chiqmadi.

30-daqiqa. Jarima maydonchasiga kiraverishda Meleni raqib yarim himoyachisi Andrix ancha keskin kutib oldi. Daniya uchun ajoyib imkoniyat.

24-daqiqa. Mehmonlarning hujumini Mele kuchli zarbasi bilan yakunladi, ammo uning urinishiga aniqlik etishmadi. 

21-daqiqa. Kristian Eriksen yo'q joydan o'ziga vaziyat yaratdi, lekin Ryudiger unga qarshi ishonchli o'ynadi. 

18-daqiqa. Daniya to'pni nazorat qilmoqda. 

16-daqiqa. To'p oldida Toni Kroos va uning zarbasidan keyin Yannik Vestegor boshi bilan qalqon bo'ldi.

15-daqiqa. Leroy Sane qarshi hujumda tezligini ishga solib, markazdan jarima maydonchasi tomon yorib kirib ketayotganida yiqildi, Oliver jarima zarbasi belgiladi. 

13-daqiqa. Musiala jarima maydonchasiga kirmay, zarba berdi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi. 

10-daqiqa. Ryudigerning uzun pasidan keyin Kay Xaverc to'pni erga tushirmay zarba yo'lladi, Kasper bu safar ham ishonchli harakat qildi. 

9-daqiqa. Germaniya o'yinni zo'r tempda boshladi. Daniya hozircha ketma-ket hujumlarga qarshi turishiga to'g'ri kelmoqda. 

7-daqiqa. Kimmixning "pushka"si ishga tushdi. Lekin Kasper SHmeyxel ham ajoyib seyv ijro etdi. 

O'yin davom etadi. 

"VAR"ni eshitgach, hakam ko'p cho'zib o'tirmay, golni bekor qildi. 

4-daqiqa. GOOOOOOOOL! Toni Kroosning uzatmasidan keyin Niko SHlotterbek boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Biroq bosh hakam shoshmaslikni so'ramoqda.   

3-daqiqa. Bugun ilk bor asosiy tarkibda paydo bo'lgan Raum jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni nemislar boshlab berishdi.

Mamlakatlar madhiyalari yangradi. Sardorlar va bosh hakam rasmiy ishlarni hal qilib olishdi. 

Asosiy tarkib azolari maydonga tushib kelishdi.

Har ikki jamoaning asosiy tarkiblari malum.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика