So’nggi yangiliklar

16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  1 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  0 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0 13:30"Арсенал", "Манчестер Сити" ва "Реал" германиялик ҳимоячига қизиқмоқда  0 13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  11 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  14 12:13"Галатасарой" Салоҳ билан шартнома имзолашни режалаштирмоқда  1 11:50Уругвай дарвозабони Ўзбекистонга қарши ўйинда қайси вазият қийинчилик тўғдирганини айтди  4 11:28Юрген Клопп Вирцни ҳимоя қилиб чиқди  4 10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  3 10:23ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Осиёда иккита даҳшат ўйин бор  18

Evro-2024. Fevzi Davletov: "CHempionlik uchun favoritlar ko'p. Lekin boshqa jamoalarni ham unutmaslik kerak" Yangiliklar

Evro-2024. Fevzi Davletov: "CHempionlik uchun favoritlar ko'p. Lekin boshqa jamoalarni ham unutmaslik kerak"

"Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov ertaga start oladigan Evro-2024 musobaqasi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"SHubhasiz, Evropa chempionatida jamoalar o'rtasida qizg'in raqobat kechadi. SHaxsan men Franciya terma jamoasini qo'llab-quvvatlayman. Jamoa yaxshi shakllangan va chempionlik uchun kurashishga tayyor. Kilian Mbappe bilan Franciyani o'yinini tomosha qilish qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman. 

Germaniya terma jamoasi so'nggi yillardagi musobaqalarda yaxshi natija ko'rsata olmayapti va guruhdan chiqishni ham uddalayotgani yo'q. Oxirgi ikki Jahon chempionatida guruhda qolib ketdi, Evro-2020da esa jamoa 1/8 finalda to'xtadi. Hozir u erda Yulian Nagelsman ishlamoqda. Ishonamanki, nemislar o'z uylarida munosib harakat qiladi va hal qiluvchi bosqichgacha etib boradi. Ammo omadsizlik yuz berishi nemis futbolida inqiroz borligini anglatadi. 

Ilk Evropa chempionatim o'smirlik chog'larimga to'g'ri keladi. Niderlandiya va SSSR o'rtasidagi ajoyib final yodimda. Unda niderlandiyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozongandi. Rudd Gullit va Marko Van Bastenning goli jahon tarixidagi eng chiroyli gollardan biri hisoblanadi. 

Yuqorida aytganimdek Evropa chempionatida favoritlar ko'p. Turnirda raqobat katta. CHempionlik uchun kurashadigan bir nechta jamoalar bor. Franciya, Angliya, Luchano Spaletti boshchiligidagi Italiya, Portugaliya Ronaldu bilan, Ispaniya yosh jamoasi bilan yaxshi harakat qila oladi. Lekin o'zini ko'rsatadigan boshqa jamoalarni ham unutmaslik kerak. Masalan, Xorvatiya va Belgiya", - deydi Fevzi Davletov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика