So’nggi yangiliklar

18:26Евро-2024. Роналду Грузияга қарши майдонга тушадими?  1 18:15Про лига. "Арал" – "Хоразм". Онлайн томоша қилинг  0 17:283та қизил карточка кўрсатилган баҳсда "Олимпик" "Сурхон"ни мағлуб этди ГАЛЕРЕЯ  0 17:06Италиялик журналист Шомуродовнинг келажаги ҳақида маълумот берди  1 16:46Роналдо: "Ҳозирги футбол жуда зерикарли"  6 15:57"Майну Англиянинг кейинги ўйинида асосий таркибда бўлишига ишончим комил"  1 15:50Копа Америка. Чили - Аргентина 0:1, Лаутаронинг ягона голи Аргентинага ғалаба келтирди  1 15:16Ҳусанов ва Файзуллаев қачон Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ихтиёрига қўшилади?!  10 14:15ФИФА: "Пахтакор" собиқ футболчиси олдидаги қарзини тўлаши керак  18 13:52Месси жароҳат олди, энди у тиббий текширувдан ўтади  10 13:22CAFA U-20 мусобақасига қуръа ташланди, Эрон билан бир гуруҳдамиз  3 12:49Эшитдик-да! Франция ФФ Ўзбекистон терма жамоасининг барча харажатларини ўзи кўтаради  14 12:3329 июнь куни Жаҳон футбол юлдузлари Ўзбекистонга келади  5 12:12Абдумажид Тоиров: "Андижон" - "Навбаҳор" учрашувида мураббийларнинг тактикаси ва футболчиларнинг маҳорати натижани ҳал қилади"  20 12:09Санжар Асқаралиев: "Бугун "Бобур Арена" ёнади"  7

"Evro"dagi dastlabki sensaciya! Slovakiya Belgiyani mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Evro"dagi dastlabki sensaciya! Slovakiya Belgiyani mag'lubiyatga uchratdi

Evropa chempionatining navbatdagi kun uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Evro-2024
"E" guruhi, 1-tur
Belgiya - Slovakiya 0:0
Gol: 0:1 – 7 SHranc.
17 iyun, "Doyche bank Park" stadioni. 

Belgiya – Kastels, Kastan, Fas, Debast, Karrasko, de Bryuyne, Mangalya, Onana, Trossard, Doku, Lukaku.

Slovakiya – Dubravka, Pekarik, SHkrinyar, Vavro, Gancko, Kucka, Lobotka, Duda, Garaslin, SHranc, Bojenik.

Ogohlantirishlar: Mangalya (30), Yuri Tilemans (76), Dodi Lukebakio (85) - Ivan SHranc (41). 


Belgium

EURO Grp. E . 1-tur

17/06/2024, 21:00

1
:
0
Tugadi

Slovakia

Ivan Schranz - 7'

Stadion: Deutsche Bank Park, 45181 tomoshabin

Bosh hakam: Halil Meler

45'
90'
29'  Orel Mangala
56'  Romelu Lukaku
57'  Orel Mangala (Johan Bakayoko)
74'  Leandro Trossard (Youri Tielemans)
76'  Youri Tielemans
84'  Jeremy Doku (Ikoma Lois Openda)
84'  Yannick Carrasco (Dodi Lukebakio)
85'  Dodi Lukebakio
86'  Romelu Lukaku
7'  Ivan Schranz
7'  Juraj Kucka
41'  Ivan Schranz
70'  Robert Bozenik (David Strelec)
70'  Lukas Haraslin (Tomas Suslov)
81'  Ivan Schranz (David Duris)
90'  Ondrej Duda (Adam Obert)


"E" guruhida Belgiya terma jamoasi Slovakiyaga qarshi bahs olib bordi. 


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va musobaqadagi dastlabki chinakamiga sensaciya qayd etildi. Slovakiya kutilmaganda Belgiyani mag'lub etdi. 

90+7-daqiqa. Belgiya qanchalik urinmasin Dubravka darvozasi tomon yo'l topa olmayapti. 

90+4-daqiqa. O'zgarish! Duda o'rniga Obert maydonga tushirildi.

90+3-daqiqa. De Bryuyne zarba berish uchun qulay nuqtaga chiqib bordi va to'pni darvozaga yo'lladi, lekin uning urinishi kuchsiz chiqdi hamda Dubravka ishonch bilan uni egallab oldi.  

90-daqiqa. O'yining asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

Ammo, lekin, biroq... VAR bugun Lukakuga qarshi chiqmoqda)) Hujum davomida to'p Opendaning qo'liga tegib ketgani malum bo'ldi va shu sababli Romeluning goli bekor qilindi.  

86-daqiqa. GOOOOOOOOL! Openda tezligining hisobiga chap qanotdan oldinga o'tib ketdi va to'pni jarima maydonchasi markaziga yo'naltirdi, u erda Romelu Lukaku bir o'zi turgandi. Tajribali hujumchi bunday imkoniyatlarni ko'kka sovurmaydi.   

85-daqiqa. Ogohlantirish! Dodi Lukebakio hujumdagi foli uchun kartochka ishlab oldi.

84-daqiqa. Yannik Ferreyra-Karrasko va Doku o'rniga Lukebakio hamda Openda o'yinga qo'shildi.   

83-daqiqa. Slovakiya burchak zarbasi amalga oshirdi, lekin bundan naf chiqmadi.

81-daqiqa. O'zgarish! Ivan SHranc o'rniga David Dyurish maydonga tushirildi. 

80-daqiqa. Belgiya burchak zarbasi ishlab oldi. De Bryuynening uzatmasidan keyin Onana zarba bera oldi, lekin uning urinisha aniqlik etishmadi.  

76-daqiqa. Slovakiya oradagi farqni ikkitaga oshirib qo'yishi mumkin edi. Ammo to'p Fasning oyog'iga tegib, maydon tashqarisiga yo'l oldi.  

76-daqiqa. Ogohlantirish! Suslovga nisbatan fol uchun hozirgina maydonga tushgan Tilemans sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

74-daqiqa. O'zgarish! Trossard o'rnini Yuri Tilemansga bo'shatib berdi.

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 58%ga 42% Belgiya foydasiga.

70-daqiqa. O'zgarishlar! Mehmonlar safida o'yinchilar alishtirildi. Robert Bojenik va Lukash Xaraslin o'rniga David Strelec hamda Tomash Suslov o'yinga qo'shildi.   

66-daqiqa. Belgiya bosimni kuchaytirib bormoqda. 

62-daqiqa. Bakayoko qanday qilib bu vaziyatda gol ura olmadi? 

59-daqiqa. Belgiya tanaffusdan keyin ancha dadil harakat qilmoqda. Hozir Trossardda imkoniyat bo'ldi, Dubravka ishonchli harakat qildi. 

58-daqiqa. O'zgarish! Orel Mangalya o'rniga Yoxan Bakayoko tushdi.

"VAR" vaziyatni takroran ko'rib, belgiyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi. Gol inobatga olinmadi. 

56-daqiqa. GOOOOL! Burchak zarbasidan keyin Amadu Onana to'pni markazroqqa tashlab berdi va Lukaku osonlik bilan uni darvoza to'riga yo'lladi. 

55-daqiqa. Lukaku qulay imkoniyatga ega bo'ldi va kuchli zarba yo'lladi, Dubravka o'z o'rnida. 

50-daqiqa. Lukaku hujumda Denis Vavroga nisbatan fol ishlatdi. 

49-daqiqa. Belgiya to'pni nazorat qilmoqda. 

47-daqiqa. Lukash Xaraslin jarima maydonchasi tashqarisidan darvozani aniq nishonga ololmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3-daqiqa. Bo'ldi, hakam dastlabki bo'lim oxiriga etganini bildiruvchi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

45+2-daqiqa. Slovaklar bo'lim so'ngida yana ikki bor burchak zarbasi amalga oshirishdi, biroq har ikki safar ham vaziyat chinakamiga xavfli tus olmadi. 

45+1-daqiqa. Belgiyaning xavfli tus olishi mumkin bo'lgan hujumini Milan SHkrinyar yo'qqa chiqardi. Qo'shimchasiga, sal avvalroq Lukaku o'yindan tashqari holatda bo'lgani qayd etildi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. Belgiyaning yana bir urinishi besamar ketdi. 

42-daqiqa. Romelu Lukaku bu vaziyatda qanday qilib gol urmaganini o'zi ham tushunolmayapti. 

41-daqiqa. Ogohlantirish! Karraskoga nisbatan taktik fol uchun Ivan SHrancga sariq ko'rsatildi.

40-daqiqa. Ajoyib hujumni Lukash Xaraslin undanda chiroyli va muhimi aniq zarbasi bilan yakunladi, ammo Kastels nima uchun Evroga birinchi raqamli kiper bo'lib kelganini barchaga ko'rsatib qo'ydi.  

39-daqiqa. Belgiya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.

36-daqiqa. De Bryuynening uzatgan to'pini Onana boshi bilan darvozaga yo'lladi, lekin Dubravka bu holat ortiqcha muammo tug'dirmadi. 

34-daqiqa. Doku Belgiya termasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi.

32-daqiqa. Trossard zarba yo'lladi, lekin bu safar ham to'p darvozagacha etib bormadi.

31-daqiqa. Slovakiya hujumini zarba bilan yakunlay oldi.

30-daqiqa. Ogohlantirish! Orel Mangalya raqibning ehtimoliy xavfli hujumini fol bilan to'xtatib qoldi.  

28-daqiqa. Peter Pekarik qoidani buzdi. Leandro Trossard jabrlanuvchi rolida.

26-daqiqa. Martin Dubravka oldinroqqa chiqib, to'pni egallab oldi. 

22-daqiqa. Kevin de Bryuyne hujumda fol ishlatdi deb topildi. Tabiiyki, futbolchining o'zi bu fikrga qo'shilmayapti. 

15-daqiqa. KDBning uzatmasidan keyin o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgan Jeremi Doku zarba berdi, lekin himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.   

13-daqiqa. Maydon markazida to'p uchun kurash kechmoqda. 

10-daqiqa. Tezkor gol o'tkazib yuborgan Belgiya ustunlikni o'z tomoniga og'dirmoqchi, to'p nazoratini qo'lga olish orqali Lukaku sheriklari natijani o'zgartirishiga ishonmoqda.

Etiborli jihati Jeremi Doku yo'l qo'ygan xato yakunda Belgiya darvozasi ishg'ol qilinishiga sabab bo'ldi.

7-daqiqa. GOOOOOOOL! Ivan SHranc Slovakiyani oldinga olib chiqmoqda. 

6-daqiqa. Jeremi Doku faollik ko'rsatishga va sheriklari uchun vaziyat yaratib berishga urinib ko'rdi, lekin niyatiga eta olmadi. 

3-daqiqa. Belgiya to'pni nazorat qilmoqda va raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni slovaklar boshlab berishdi.


Reyting: +9   

Fikrlar

+10   
17 iyu 22:46:56
Liverol Motor Oil
Алишер Узоқов шархловчиликдан аааанча "Узоқда" экани шундоққина маълум.
Бутун бошли Узбекистонда нутқи,овози,шархловчилик интеллекти бор ёшлар топилмайди деб уйлайсизми?
Уз шархи билан тамошабинларни телевизорга ёпиштириб қуядиган овоз сохиблари йуқ деб уйлайсизми?
Албатта бор,хохиш булса битта кастинг орқали 100га яқин ажойиб шархловчиларни топса булади фақат бу бизнинг ментилитетга туғри келмайди.
Кимнингдур уғли,жияни,таниши булмасангиз овозингизни кутингизга тиқиб олинг,одамлар Дилшод Тухтабеков ва Алишер Узоқовни эшитиб хозиргача улмаган,дальше улмайди!
+7   
17 iyu 23:20:09
Liverol Motor Oil
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Turkcha nimaydi
Турк шархловчиларини шархини эшитиб борасизми?
Савияларни солиштириб куринг.
Бизда фақат хозирги кунда Даврон Файзиевдан бошқа профессионал шархловчи йуқ.
Тутилишлар,йемаган приколлар,ни в тему гаплар,керакмас пайтда эмоциялар....
+7   
17 iyu 21:53:30
Obidjon Avezov
Belgiya guruhdan chiqa bo'larmikan bu o'yin bilan
+6   
17 iyu 21:47:39
BOBIRBEK_URINOV
ДАВАЙ СЛАВАКИЯ!!!
+4   
17 iyu 23:23:07
Rasul M
Liverol Motor Oil foydalanuvchining fikriga javob berish
Турк шархловчиларини шархини эшитиб борасизми? Савияларни солиштириб куринг. Бизда фақат хозирги кунда Даврон Файзиевдан бошқа профессионал шархловчи йуқ. Тутилишлар,йемаган приколлар,ни в тему гаплар,керакмас пайтда эмоциялар....
Unda oziz Zor tvga borib sharxlovchilik qiling
+4   
17 iyu 22:50:03
Зокиржон Фарғона
АЗАРБАЙЖАН foydalanuvchining fikriga javob berish
Алишер Узоков анча очилибди. Узгариш яхши. Анча зур шархлаяпди. Янаям олдинга интилаверинг тухтаб команг
Менга умуман ёқмади, ундан телеграммдаги Туропов яхши шарҳларкан.
+4   
17 iyu 22:26:44
АЗАРБАЙЖАН
Алишер Узоков анча очилибди.
Узгариш яхши.
Анча зур шархлаяпди.
Янаям олдинга интилаверинг тухтаб команг
+3   
17 iyu 22:50:10
Ойбек
Shakhruzz 7o1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Alisher aka Amadu Onanani Andrey Onana deysizmi
Тедескони хам Тадеско деб ётибдику. Яхши шархлаяпти лекин исм фамилияларри нотугри укияпти. Айникса словакларникини. Юрай Куцкани Кука деб укияпти
+2   
18 iyu 01:11:11
Liverol Motor Oil
Umid Nortojiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Davron Fayziyevdan boshqa professional sharxlovchi yoq? Xayrulla Xamidov: men dadangmanmi xaromi? Liverol Motor oil: uzur aka sizni esimdan chqarbman Xayrulla Xamidov: xaromi esi past Liverol Motor oil: unday demang aka kechiring Xayrulla Xamidov: xop sur davay
Хуйет қивоссанми далбаёб?
+2   
17 iyu 23:36:01
navruzali9393
Xayrillo Hamidov va Davron Fayziyevdan keyin hech bir sharxlovchi Alisher Uzoqovdan bir bosh ustun emas. Kimni ayta olasizlar Hasan, Orif, Dilshod, Murodaka va boshqalardi Alisher Uzoqovdan ortiq joyi yo'q. Hammasini o'zini haqiqati va o'zi dunyosi bor. Bugungi o'yindagi Alisher Uzoqovdi sharx menga ma'qul sababi ortiqcha Statistika yoki fudbolchilarni klublariga e'tibor berib juda shung'ib ketgan yo'q. Charchamang yana ozgina energiya qo'shib bitta mavzuga qayta qayta qayto'rmeng. Slovakiya zo'r o'ynadi ya'ni o'zini darajasiga nisbatan
+2   
17 iyu 23:12:27
fc Surxon
Sensatsiya emas Belgiya bu oyini bilan guruhdan chiqsa katta gap
+1   
18 iyu 08:19:10
BOBIRBEK_URINOV
Liverol Motor Oil foydalanuvchining fikriga javob berish
Алишер Узоқов шархловчиликдан аааанча "Узоқда" экани шундоққина маълум. Бутун бошли Узбекистонда нутқи,овози,шархловчилик интеллекти бор ёшлар топилмайди деб уйлайсизми? Уз шархи билан тамошабинларни телевизорга ёпиштириб қуядиган овоз сохиблари йуқ деб уйлайсизми? Албатта бор,хохиш булса битта кастинг орқали 100га яқин ажойиб шархловчиларни топса булади фақат бу бизнинг ментилитетга туғри келмайди. Кимнингдур уғли,жияни,таниши булмасангиз овозингизни кутингизга тиқиб олинг,одамлар Дилшод Тухтабеков ва Алишер Узоқовни эшитиб хозиргача улмаган,дальше улмайди!
Алишер Узоков Хайрулладан кура яхши шархлаябти! Битта фаварит камандага ёпишиб олмаябти! Кеча Хайруллани мот килиб куйди! Кейин колаверса ZO'R TV спорт канали эмас! Даврон билан Хайруллани кушимча пул бериб олиб келган булса керак.
+1   
18 iyu 01:59:20
Umid Nortojiyev
Liverol Motor Oil foydalanuvchining fikriga javob berish
Хуйет қивоссанми далбаёб?
Xaqiqat yoqmaydimi Xayrulla Xamidov senga malakasos insonmi sharxni kerak bolsa Davron Fayziyevdan xam zor eblaydi Xayrulla Xamidov sharx stuliga otrganda Davron Fayziyev xali bolakay edi shogirdlika olaszmi Deb kelgan Xayrulla Xamidovni yoniga bunisiga nma deysan?
+1   
17 iyu 23:38:03
Doctor_Lutfullaev
Ойбек foydalanuvchining fikriga javob berish
Тедескони хам Тадеско деб ётибдику. Яхши шархлаяпти лекин исм фамилияларри нотугри укияпти. Айникса словакларникини. Юрай Куцкани Кука деб укияпти
Aka siz Gollandiyani o'yinida Dumfrisni nima deb o'qigani ko'rdizmi? Damfrays! To'g'ri balki uni ismi o'sha tomonlarda shunaqa deb aytilar lekin men shu paytgacha katta katta sharxlovchilardan ham Dumfris (yoki Dyumfris) deb eshitganmanda.
+1   
17 iyu 23:38:02
Doctor_Lutfullaev
Ойбек foydalanuvchining fikriga javob berish
Тедескони хам Тадеско деб ётибдику. Яхши шархлаяпти лекин исм фамилияларри нотугри укияпти. Айникса словакларникини. Юрай Куцкани Кука деб укияпти
Aka siz Gollandiyani o'yinida Dumfrisni nima deb o'qigani ko'rdizmi? Damfrays! To'g'ri balki uni ismi o'sha tomonlarda shunaqa deb aytilar lekin men shu paytgacha katta katta sharxlovchilardan ham Dumfris (yoki Dyumfris) deb eshitganmanda.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика