Evro-2020'da chempionat tarixidagi eng ko'p gol kiritildi
12 iyu 2021 19:03
Yangiliklar
Evro-2020'da chempionat tarixidagi eng ko'p gol kiritildi
Navbatdagi Evropa chempionati yakuniga etdi. Italiya ushbu turnir g'olibiga aylandi.
Ushbu musobaqadagi 51 uchrashuvda jamoalar 142 ta gol kiritdi. Bu turnir tarixidagi rekord hisoblanadi.
Avvalgi rekord Evro-2016'da qayd etilgan — 108 ta gol.
Musobaqadagi 142-golni "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Angliya va Italiya o'rtasidagi final bahsida kiritdi.
SHuningdek, Evro-2020'ning har o'yinida o'rtacha 2,78 ta gol kiritilib, bu borada ham eng sermahsul turnir bo'ldi. Evro-2000'da bitta o'yinda 2,74 ta gol, 1984 yilgi Evroda — 2,73 ta gol urilgan.
Fikrlar