Evro-2020 tugadi. Evropa milliy chempionatlari qachon boshlanadi?
13 iyu 2021 12:30
Yangiliklar
Evro-2020 tugadi. Evropa milliy chempionatlari qachon boshlanadi?
Endi barcha klublar miqiyosidagi musobaqalarni kutishni boshlaydi.
Xo'sh, Evropada milliy chempionat o'yinlari qachon start oladi?
16 iyul kuni Belarus chempionatida ikkinchi davra start oladi. Bu mamlakatda bir qator legionerlarimiz to'p tepishmoqda.
Rossiya premer-ligasi 23 iyul kuni boshlanadi. Yani 10 kundan so'ng.
Franciyada yangi mavsum 8 avgustda boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Angliya premer-ligasida yangi mavsum 13 avgust kuni "Brentford" - "Arsenal" o'yini bilan boshlanadi. Roppa-rosa bir oydan keyin.
Germaniya bundesligasi ham aynan 13 avgust sanasida start oladi. SHu kuni "Borussiya M" "Bavariya"ni mehmon qiladi.
Ispaniya la ligasidagi ilk o'yin ham 13 avgustga belgilangan. "Valensiya" - "Xetafe" uchrashuvi bilan 2021/2022 yilgi mavsum boshlanadi.
Evropa chempioni bo'lgan mamlakatda yangi mavsum 22 avgustda boshlanadi. Hozircha Italiya A seriyasida dastlabki tur juftliklari malum emas.
Fikrlar