So’nggi yangiliklar

14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  1 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  0 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  3 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  7 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  4 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  20 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  8 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  19 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  1

Evro-2020 saralashi. Angliyaning 43 o'yinlik seriyasi to'xtadi, Ukraina zafar quchdi, Ronaldu 94-golini urdi Yangiliklar

Evro-2020 saralashi. Angliyaning 43 o'yinlik seriyasi to'xtadi, Ukraina zafar quchdi, Ronaldu 94-golini urdi

Teglar :  Evro-2020 saralash
Kecha, 11 oktyabr kuni Evro-2020ning navbatdagi saralash bahslari bo'lib o'tdi.

Angliya terma jamoasi Evropa chempionatiga chiqish masalasini kechiktirdi, Ukraina, Franciya va Portugaliya muhim g'alabalarga erishgani haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.



"A" guruhi

CHexiya - Angliya 2:1

Juma kuni Angliya Evro-2020 yo'llanmasini naqd qilishga yaqin edi, biroq bu voqea sodir bo'lmadi. Mehmonda o'ynagan inglizlar Garri Keynning penaltisi bilan hisobni ochishdi. Biroq ushbu gol CHexiyani sindirmadi va ular ingliz jamoasining saralashlardagi 43ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo'ya olishdi. O'rtadagi muvozanatni Yakub Brabec tikladi. Zaxiradan maydonga tushgan Zdenek Ondrashek o'yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda Lukash Masopustning uzatmasini golga aylantirib, o'z jamoasiga g'alabani taqdim etdi.


CHernogoriya - Bolgariya 0:0

CHernogoriya va Bolgariyaning guruhdan chiqish umidlarini Podgoricadagi durang yo'qqa chiqardi. Mezbonlar birinchi bo'limda bir qator vaziyatlar yaratib, bolgariyaliklar posboni Plamena Ilievni ter to'kishga majbur qilishdi, biroq gol sodir bo'lmadi. Bolgariya terma jamoasida ham vaziyatlar bo'ldi. Ammo uchrashuv gollarsiz yakuniga etdi.


"B" guruhi

Portugaliya - Lyuksemburg 3:0

Evropaning amaldagi chempionilari ajoyib futbol namoyish etishdi va uchinchi o'rindagi Serbiyadan 4 ochkoga uzoqlashib olishdi. Bahs boshida hisobni Bernardu Silva ochdi. Tanaffusdan so'ng Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi o'zining 94-golini urdi. O'yinga nuqtani Gonsalu Gedesh qo'ydi. Lyuksemburg guruhdan chiqish imkoniyatidan ayrildi.


Ukraina - Litva 2:0

Ukraina terma jamoasi litvaliklarni ishonchli hisobda mag'lub etib, "B" guruhi etakchiligini saqlab qolishdi. Ikkala golga Ruslan Malinovskiy mualliflik qildi. Hisob yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi, ammo Taras Stepanenko va Andrey Yarmolenkolarning gollari darvoza ustuniga tegib qaytdi.


"H" guruhi

Islandiya - Franciya 0:1

Franciya ketma-ket to'rtinchi g'alabaga erishdi va uchinchi o'rindagi Islandiya bilan farqni olti ochkoga etkazdi. Uchrashuvdagi yagona gol 37-daqiqada Olive Jiru hisobiga yozildi. Jiru Antuan Grizmann ishlagan penaltini golga aylantirdi.

Turkiya - Albaniya 1:0

Turkiya terma jamoasi muhim bahsda albaniyaliklarni taslim etdi va ular ham Franciya kabi islandiyaliklardan 6 ochko uzoqlashib olishdi. Bahsdagi yagona gol so'nggi soniyalarda urildi. Jenk Tosunning zarbasi turklarga g'alaba olib keldi. Mehmonlar safida Rey Manay gol urishga yaqin edi, ammo u yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila bilmadi.


Andorra - Moldova 1:0

Andorra terma jamoasi tarixiy g'alabaga erishdi. Ular Evropa chempionati saralashlarida o'zining dastlabki ochkolarini ishlab olishdi. G'alaba to'pi Mark Vales hisobiga yozildi. Moldovaliklar turnirning final bosqichiga chiqish imkoniyatidan ayrilishdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика