Evro-2020 pley-off bosqichidagi 15 o'yinning 8 tasida asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi
12 iyu 2021 19:35
Yangiliklar
Evro-2020 pley-off bosqichidagi 15 o'yinning 8 tasida asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi
Yarim final va final bahslari ham 120 daqiqa davom etdi.
Evropa chempionati pley-off bosqichidagi 15 uchrashuvning 8 tasida asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi.
8 uchrashuvning to'rttasi penaltilar seriyasiga etib bordi.
Italiya pley-off bosqichidagi to'rt o'yinning uchtasida qo'shimcha vaqtlarda maydonga tushdi. Yarim final va final bahsida penaltilar seriyasiga qadar etib bordi.
Ispaniya ushbu bosqichdagi uch o'yinning barchasida 120 daqiqa to'p surdi va ularning ikkitasida penaltilar seriyasi amalga oshirildi.
Fikrlar