Evro-2020. Noxushlik yuz bergan o'yinda Daniya Finlyandiyaga mag'lub bo'ldi
13 iyu 2021 00:32
Yangiliklar


Evro-2020. Noxushlik yuz bergan o'yinda Daniya Finlyandiyaga mag'lub bo'ldi
Denmark |
EURO Grp. B . 1-tur 13/06/2021, 00:30 1
:
0
Tugadi
|
Finland Joel Pohjanpalo - 60' |
Stadion: Parken, 13790 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
Daniya – Finlyandiya 0:1
"Parken"
Gol: Poxyanpalo 59'
Gol urilmagan penalti: Xeyberg 74' (darvozabon)
Daniya: SHmeyxel, Vass (Yens Larsen, 76), Ker (Yannik Vestergor, 63), Mele, Kristensen, Eriksen (Matias Yensen, 43), Xeyberg, Dileyni (Andreas Kornelius, 76), Vind (Andreas Skov Olsen, 63), Poulsen, Breytueyt
Finlyandiya: Gradecki, Uronen, Arayuuri, Raytala (Leo Vyaysyanen, 90), O`SHonessi, Toyvio, Sparv (Rasmus SHuller, 77), Kamara, Lud, Pukki (Yoni Kauko, 77), Poxyanpalo (Markus Forss, 84)
Ogohlantirishlar: Lud (4), Sparv (51)
Ushrashuv o'z nihoyasiga etdi! Finlyandiya Daniya o'yinda to'liq ustunlik qilgan bahsda g'alabaga erishib, muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
90+... Bosh hakam tomonidan uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
84. Gol muallifi Yoel Poxyanpalo o'rniga Markus Forss o'yinga qo'shildi.
81. Daniyada yana bir xavfli vaziyat! Ammo bu safar ham yakun gol bilan tugamayapti!
O'zgarishlar ikki jamoada ham: Daniya termasida o'ynagan Daniel Vass va Tomas Dileyni o'rniga Yens Larsen hamda Andreas Kornelius maydonga tushdi. SHuningdek Finlyandiya safidan Teemu Pukki va Tim Sparvlar o'rniga Yoni Kauko hamda Rasmus SHullerlar maydonga tushdi.
75. Finlyandiya posboni Gradecki bugun bir necha bor seyvlarni amalga oshirmoqda!
74. Gol bo'lmadi! Xeyberg penaltidan ura olmadi!
73. Penalti! Finlyandiya darvozasi tomoniga belgilandi!
65. Daniya yana oldinga borishga intilmoqda. Zarbalar esa noaniq ketmoqda.
63. Daniyada o'zgarish: Yonas Vind o'rniga Andreas Skov Olsen, Simon Ker o'rniga esa Yannik Vestergor maydonga tushdi.
60. Finlyandiya terma jamoasi o'yin davomida ikkinchi raqamli bo'lib bitta vaziyatdan unumli foydalanib ketmoqda!
59. GOL! Finlyandiya hisobni ochdi! Poxyanpalo qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan to'pni darvozaga kiritdi.
58. Yana Daniya terma jamoasi hujum uyushtirmoqda. Yakuniy zarbani Dileyni berdi biroq noaniq.
55. Daniyaliklardan xavfli hujum. Biroq hujumdagi palapartishlik uning yakunlanmay qolishiga sabab bo'ldi.
52. Zaxiradan tushgan Matias Yensendan xavfli zarba!!! Birozgina noaniq!
Ikkinchi bo'limga start berildi!
Birinchi bo'lim o'z yauniga etdi.
45+... 1-bo'limga bosh hakam tomonidan 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
43. Daniya terma jamoasi tarkibida o'zgarish: Kristian Eriksen o'rniga Matias Yensen maydonga tushdi.
Eriksenning sog'ligi yaxshiligi aytilmoqda.
Diqqat qiling! O'yin 23:30 dan boshlab yana davom ettiriladi! Qayd etilishicha, birinchi bo'limning so'nggi to'rt daqiqasi, keyin esa 2-bo'lim o'ynaladi.
Kristian Eriksenni shifoxonaga olib ketishdi.
Malum qilinishicha Eriksen maydonga o'zi yiqilgan. Unga boshqa futbolchi tomonidan jarohat etkazish holati bo'lmagan. O'yin rasman to'xtatildi. Ikki jamoa bosh murabbiylari xam maydonni tark etishdi. Muxlislar esa hali ketgani yo'q!
UEFA Daniya - Finlyandiya uchrashuvi qoldirilganligini malum qildi!
Hakam birinchi bo'limga yakun yasadi.
Daniya terma jamoasi azolari Eriksenning sevgilisiga dalda berishmoqda.
O'yin to'xtab qoldi. Barcha Eriksenning sog'ligidan xavotirda...
45+3. Birinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Ayni vaqtda maydonda hali-hamon Eriksenga yordam ko'rsatilmoqda. Barchaning ko'zi esa yoshga to'ldi...
44. Daniya terma jamoasi futbolchisi Kristian Eriksen maydonda yiqilib yotibdi. Unga tibbiy yordam berish uchun tibbiyot xodimlari etib kelishgan. Daniyaning boshqa futbolchilari mazkur holatni to'sib turishmoqda. Futbolchi va muxlislar ko'zida yosh...
40. Breytueyt chamasi 22 metrlardan Finlyandiya darvozasi tomon zarba yo'lladi. Bu safar ham noaniq.
37. Uchrashuv tempi biroz tushdi. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda.
26. Daniyadan xavfli hujum! Martin Breytueytning bergan zarbasi birozgina noaniq ketdi.
23. Finlyandiya va nihoyat oldinga o'tdi! Pukki sal qolsa darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, biroq ushbu vaziyatda daniyalik himoyachilar ishonchli harakat qilishdi.
18. Xavfli zarba yana Finlyandiya darvozasi tomon! Eriksenning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasini darvozabon mushtlari bilan urib yubordi.
15. ZARBA! Daniya terma jamoasi azosi Dileyni to'pni Xeybergga etkazib berdi. Uning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon ajoyib tarzda qaytarib yubordi. Daniya terma jamoasi 15 daqiqa ichida to'rtinchi bor burchak zarbasi ishlab oldi.
10. O'yinning dastlabki 10 daqiqasi o'tib ulgurdi. Tashabbus to'liq daniyaliklarda.
7. Yana Daniyadan hujum! Vindning bergan zarbasidan so'ng yana o'sha Gradecki jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.
5. Daniya terma jamoasi azolari burchakdan to'pni uzatishdi. Qaytarib yuborilgan to'p yana o'sha manzilga bordi. Ikkinchi marta tashkil etilgan hujum Finlyandiya posboni Gradeckining to'pni ushlab olishi bilan yakunlandi.
1. Uchrashuvga start berildi!
Har ikki terma jamoa madhiyalari yangramoqda...
Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
Jamoalar o'yindan avvalgi chigalyozdi mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Assalomu aleykum qadrli futbol ixlosmandlari! Evro-2020 doirasida Daniya hamda Finlyandiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda. Ushbu sahifa orqali o'yindan matnli translyaciyani kuzatishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar