So’nggi yangiliklar

00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  1 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  4 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  8 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  74 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  11 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  1 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  9 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  1

"Evro-2020 kundaligi". SHveciya - Slovakiya hamda "D" guruhining 2-tur o'yinlari haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". SHveciya - Slovakiya hamda "D" guruhining 2-tur o'yinlari haqida

Evropa chempionatida 2-tur o'yinlari davom etadi.

18 iyunga belgilangan uchrashuvlar ketma-ketligida "D" guruhining ikkita hamda "E" guruhining bitta uchrashuvi o'rin olgan edi. 

Kechagi kunning dastlabki o'yini SHveciya — Slovakiya terma jamoalari ishtirokida kechdi. 

Mazkur o'yindan oldin Slovakiyadan natija ko'rsatish umid qilingan edi. O'yinning ilk daqiqalari SHveciyaning faolligi bilan boshlandi. 13-daqiqada jarimadan oshirilgan to'pga Ekdal boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning ustidan o'tib ketdi. 28-daqiqada  Augustinsson raqib jarima maydonchasi yonida to'pni oldirib, tezda olib qo'ydi va jarima maydonchasiga uzatdi. Bergning chalqancha uslubda yo'llagan zarbasini Dubravka mushtlari bilan urib yubordi. Birinchi bo'limning yarim soati ortda qolgandan keyin Slovakiya hujumga o'ta boshladi. 35-daqiqada  Gamshik jamoadoshining ajoyib pasidan keyin raqib posti yonida to'p bilan paydo bo'ldi. Ammo zarba berishga ulgurmadi. SHu tariqa birinchi bo'lim yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limda esa har ikki jamoadan ham faollik va xavfli hujumlar ko'rdik. 59-daqiqada Augustinssoning boshi bilan yo'llagan ajoyib zarbasini Dubravka bartaraf qildi. 71-daqiqada Isak 3-4 raqibini osonlik bilan aldab o'tib, Dubravka darvozasi tomon zarba yo'lladi. Martin ajoyib seyv ko'rsatdi. 75-daqiqada Slovakiya darvozasi tomon penalti belgilandi. Forsberg penaltidan unumli foydalandi va uchrashuvda hisobni ochdi. SHundan so'ng har ikki terma jamoada ham bir qator vaziyatlar bo'ldi, lekin ularning hech biridan naf chiqara olishmadi. 

SHu tariqa o'yin SHveciyaning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. 

Statistik malumotlar:

— Bu SHveciyaning 2012 yildagi Franciyaga qarshi g'alabadan keyingi Evropa chempionatidagi birinchi g'alabasi;

— SHveciya Evropa chempionatlar tarixida jami 26ta gol urdi, shulardan 23tasi uchrashuvlarning ikkinchi bo'limida urilgan;

— SHveciya va Slovakiya olti marta to'qnash kelishgan. Unda shvedlar uchta g'alaba qozongan va uchta o'yinda durang qayd etilgan.

Mazkur o'yindan keyin "E" guruhidan SHveciya 4 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Slovakiya hisobida 3 ochko mavjud va ular 2-o'rinda. Bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da guruhning ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Ispaniya hamda Polsha terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi.

Kechagi kunga belgilangan "D" guruhining dastlabki o'yini Xorvatiya — CHexiya terma jamoalari ishtirokida bo'lib o'tdi. 

Dastlabki daqiqalardan ikki terma jamoa ham hujumlar uyushtirishda faol bo'lishdi. Biroq ulardan hech biri xavfli ko'rinish olmadi. 33-daqiqada CHexiya burchak zarbasiga ega bo'ldi. To'p o'yinga kiritilganida Xorvatiya jarima maydonchasi ichida CHexiya futbolchisi Patrik SHikki nisbatan qo'pollik ishlatildi. SHikning burni qonab ketdi. Mazkur vaziyat VAR orqali ko'rib chiqildi va Xorvatiya darvozasi tomon penalti belgilandi. Aynan SHikning o'zi penaltidan zarba berdi hamda uchrashuvdagi hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Goldan so'ng Xorvatiya oldinga o'tdi. SHu tariqa birinchi bo'lim CHexiyaning g'alabasi bilan yakunlandi. 

Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridanoq Xorvatiya hujumga zo'r berdi va natijada gol urdi. CHap qanotdan ajoyib reyd uyushtirgan Ivan Perishich yanada ajoyibroq zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1. SHundan so'ng hujumlar uyushtirildi. Biroq ulardan samara chiqmadi. SHundan qilib mazkur bahs durang bilan yakuniga etdi. 

Statistik malumot:

— Perishichning goli Evropa chempionatidagi o'zining uchinchi gol bo'lib, Mario Mandjukich va Davor SHukerga etib oldi.

Kunning oxirgi o'yini Angliya — SHotlandiya terma jamoalari ishtirokida bo'lib o'tdi. 

O'yinda shubhasiz Angliya favorit edi. O'yin davomida katta ustunlik tumanli albionliklarda bo'lsa-da SHotlandiya qarshi hujumlarda faol bo'ldi. 4-daqiqada O'Donnellning zarbasini Angliya himoyachilari qaytarib yubordi. 12-daqiqada chinakam xavfli vaziyat yuzaga keldi. Burchakdan uzatilgan to'pga Jon Stounz bosh bilan zarba berdi. To'p esa darvoza to'siniga tepib qaytdi. 30-daqiqada  SHotlandiyadan xavfli hujum uyushtirdi. CHap qanotdan uzatilgan to'pni O'Donnell erlatib uzatdi. Pikford mazkur vaziyatda ajoyib seyv ko'rsatdi. SHu tariqa birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. 

Ikkinchi bo'limda ham birinchidagi kabi scenariy takrorlandi. 48-daqiqada Meyson Maunt ajoyib zarba berdi, Marshall seyv ko'rsatib jamoasi joniga oro kirdi. 62-daqiqada SHotlandiya sal qolsa hisobni ochishi mumkin edi. Lindon Dayksning bergan zarbasini Ris Jeyms boshi bilan qaytarib yubordi. Boshqa aytarli xavfli vaziyat bo'lmadi o'yinda. Nursiz o'tgan uchrashuv durang bilan yakuniga etdi. 

Statistik malumotlar:

— Angliyaning etti o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakuniga etdi; 

— Angliya so'nggi 18 uchrashuvning 14 tasida darvoza daxlsizligini saqlab turibdij 

— SHotlandiya Evropa chempionatidagi so'nggi sakkizta o'yinnig oltitasida gol ura olmadi; 

— Angliyaning SHotlandiyaga qarshi boshlang'ich asosiy tarkibining o'rtacha yoshi 25 yosh 31 kunni tashkil etdi.

Evro-2020. 2-turdan keyin "D" guruhidagi holat

Mazkur guruhda 3-tur uchrashuvlari 22 iyun kuni 00:00 da boshlanadi. Unda Xorvatiya SHotlandiyaga qarshi bahs olib borsa, CHexiya Angliya bilan kuch sinashadi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика