So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Evro-2020 ishtirokchilari soni, guruh bosqichi, qura tashlash marosimi haqida kerakli faktlar Yangiliklar

Evro-2020 ishtirokchilari soni, guruh bosqichi, qura tashlash marosimi haqida kerakli faktlar

Evropa chempionatining navbatdagi musobaqasiga saralash bosqichi yakunlanganidan xabaringiz bor.

Unga ko'ra, hozircha Evro-2020 musobaqasining 20ta ishtirokchisi nomi malum bo'ldi.

Pley-off o'yinlaridan so'ng guruhlarda uchinchi hamda to'rtinchi o'rinni olgan 16 jamoa qolgan 4ta yo'llanma uchun kurash olib borishadi.

Pley-off bahslari kelasi yil bahorda, yani mart oyida (26-31 kunlari) bo'lib o'tadi.


Pley-offda o'ynaydigan jamoalar ro'yxati:

Kosovo, Bolgariya, Serbiya, SHimoliy Irlandiya, Belarus, Irlandiya, Gruziya, Slovakiya, Vengriya, Norvegiya, Ruminiya, Makedoniya, Isroil, Islandiya, SHotlandiya, Bosniya va Gercegovina.

Evropa chempionatining final bosqichiga yo'llanma olgan jamoalarga UEFA 9,5 million evro pul mukofoti beradi.


Jamoalar Evropa chempionatida qancha mablag' ishlab olishlari mumkin?

Guruh bosqichida: Har bir g'alabaga - 1,5 million evro. Durang - 750 ming evro. 

Guruh bosqichidan chiqish uchun - 2 million evro.

CHorak finalga chiqqan jamoaga - 3,5 million evro.

Yarim finalga chiqqan jamoaga - 5 million evro. 

Musobaqada ikkinchi o'rinni olgan jamoaga - 7 million evro.

CHempion jamoaga - 10 million evro.

Evropa chempionatining bo'lajak g'olibi mazkur musobaqa orqali maksimum 34,5 million evro ishlab topishi mumkin.


Bilasiz, Evropa chempionati 2016 yildan boshlab 16 ishtirokchi emas, balki 24 jamoa ishtirokida o'tkazilmoqda. Tabiiyki bunday holatda jamoalar to'rttadan 6ta guruhga bo'linishadi.

Bu galgi Evropa chempionati mazkur musobaqaning 60 yilligi munosabati bilan bitta mamlakat mezbonligi ostida emas, balki Evropaning 12ta yirik mamlakatida o'tkaziladi. Jamoalarga qulay bo'lishi uchun guruh o'yinlari ham o'zaro yaqin joylashgan davlatlar o'rtasida o'tadi.


Evro-2020ga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ro'yxati:

- Ozarboyjon, Angliya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Ruminiya va SHotlandiya.


Evro-2020 o'yinlari o'tadigan 12 stadion nomi:

«Uembli» (London, Angliya)

«Allyanc Arena» (Myunxen, Germaniya)

«Gazprom Arena» (Sankt-Peterburg, Rossiya)

«Olimpiyskiy» (Baku, Ozarboyjon)

«Aviva» (Dublin, Irlandiya)

«Ferenc Pushkash» (Budapesht, Vengriya)

«Olimpiko» (Rim, Italiya)

«Xempden Park» (Glazgo, SHotlandiya)

«San-Mames» (Bilbao, Ispaniya)

«Yoxan Kroyf Arena» (Amsterdam, Niderlandiya)

«Parken» (Kopengagen, Daniya)

«Milliy» (Buxarest, Ruminiya)


Evro-2020ga yo'llanma olgan jamoalar qura murosimida savatchi bo'yicha quyidagidek joylashadi:

1-savatcha

Belgiya, Italiya, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Ukraina

2-savatcha

Franciya, Polsha, SHveycariya, Xorvatiya, Niderlandiya, Rossiya

3-savatcha

Portugaliya, Turkiya, Daniya, Avstriya, SHveciya, CHexiya.

4-savatcha

Uels, Finlandiya, Pley-off A, Pley-off B, Pley-off C, Pley-off D.

Belgiya avtomatik ravishda qura jarayonida "B" guruhidan, Italiya "A", Angliya "D", Germaniya "F", Ispaniya "E", Niderlandiya "C", Rossiya "B", "Daniya" ham "B" guruhidan joy oladi.

Evropa chempionatidagi "B" guruhidagi dastlabki uchta jamoa nomi quradan avval malum bo'lib ulgurgan. To'rtinchi jamoa esa qura orqali Finlyandiya yoki Uels bo'ladi.

Malumot o'rnida: Finlyandiya o'z tarixida ilk bor Evropa chempionatiga yo'llanma oldi va ular uchun mazkur musobaqa debyut ishtirokka aylanadi.


Qura tashlash marosimi 30 noyabr kuni Ruminiya poytaxti Buxarestda bo'lib o'tadi.

Evropa chempionatining final bosqichi 2020 yili 12 iyun kuni boshlanadi va bir oy davom etadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика