Evro-2020. Dolberg - Uels va Daniya o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi
26 iyu 2021 23:42
Yangiliklar
Evro-2020. Dolberg - Uels va Daniya o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi
Amsterdamdagi "Yoxan Kroyf Arena" stadionida Evropa chempionati 1/8 finali doirasidagi Uels – Daniya (4:0) o'yini o'tkazildi.
"Nicca"ning 23 yoshli forvardi Kasper Dolberg o'yinda dubl qayd etib, haqli tarzda "star of the match" ("bahs yulduzi") deb topildi.
Kasper o'yin davomida ikki marta raqiblarini ustamonlik bilan aldab o'tdi, ikki bor raqibdan to'pni olib qo'ydi va shuncha marta havodagi kurashda g'olib chiqdi. Daniyalikning paslari aniqligi 69% ni ko'rsatdi.
Dolberg 69-daqiqada o'zgartirildi, uning o'rniga "Atalanta" hujumchisi Andreas Kornelius o'yinni davom ettirdi.
Eslatib o'tamiz, Daniya Evro-2020 chorak finalida CHexiya – Niderlandiya bahsi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar