Evro-2020. Belgiya TJga vada qilingan mukofot pullari qanchaligi ma'lum

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2021, 21:45
Belgiya OAV mamlakat termasining Evro-2020'da ishtiroki uchun qancha mablag' berilishi to'g'risidagi ma'lumotni oshkor qildi.

Musobaqa qaydnomasidan o'rin olgan futbolchilar 42 ming evrodan olishi kafolatlangan. Guruhdan chiqish – 90 ming evro. Chorak final 170 ming, yarim finalga yo'l olgani uchun har bir o'yinchi 290 ming evro oladi. Final – 370 ming evro. Musobaqa g'olibligi uchun esa terma a'zolariga 435 ming evrodan vada qilingan.

Eslatib o'tamiz, Roberto Martines shogirdlariga qita birinchiligi guruh bosqichida Rossiya, Daniya va Finlyandiya raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: HLN