So’nggi yangiliklar

01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  0 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  6 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  6 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  13 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  338 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3

Evro-2020. Zaxiradan tushganlar Avstriyaga SHimoliy Makedoniya ustidan g'alaba keltirishdi Yangiliklar

Evro-2020. Zaxiradan tushganlar Avstriyaga SHimoliy Makedoniya ustidan g'alaba keltirishdi

Evropa chempionati "C" guruhi 1-turi doirasidagi uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Avstriya – SHimoliy Makedoniya 3:1  

"Milliy" stadioni

Gollar: Laymer 18', Gregorich 78', Arnautovich 90' – Pandev 28'

Avstriya – Baxmann, Layner, Dragovich (Linxart, 46)), Xinteregger, Alaba, Baumgartner (Gregorich, 58), SHlager (Ilzanker, 90+4), Zabitcer, Laymer (Baumgartlinger, 90+3), Ulmer, Kalayjich (Arnautovich, 58).

SHimoliy Makedoniya – Dimitrievski, Velkovski, S. Ristovski, Musliu (M. Ristovski, 86), Alioski, Bardi (Trichkovski, 82), Nikolov (Beytulay, 64), Ademi, Elmaz, Traykovski (Kostadinov, 64), Pandev.

Ogohlantirish: Traykovski (42), Alioski (52), Layner (85). 

Bahs yakunlandi!  Unda Avstriya g'alaba qozondi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+4. Avstriyada navbatdagi almashtirish: SHlager o'rniga Ilzanker tushirildi.

90+3. Avstriyada o'zgarish: Laymer o'rniga Baumgartlinger tushdi. 

90+2. Avstriya keskin hujumlarni uyushtirishda davom etmoqda. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Zaxiradan tushgan Arnautovich hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi!  

87. Alioskining uzatmasiga sheriklari etib bora olishmadi. 

86. SHimoliy Makedoniyada o'zgarish: Musliu o'rniga Ristovski tushirildi. 

85. Qarshi hujumga o'tib ketayotgan o'yinchini yiqitgan Layner ogohlantirildi. 

84. Eh, znng qanotdan oldinga borgan Zabitcer markazda turgan Gregorich tomon pas berdi, biroq to'p undan o'tib ketdi, aniqrog'i, Gregorich ulgurmadi. 

82. SHimoliy Makedoniyada almashtirish: Bardi o'rniga Trichkovski maydonga tushdi. 

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Alabaning uzatmasidan keyin Gregorich to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi – 2:1!  

76. Ksaver SHlager ichkariga uzatmasi noaniq ko'rinish kasb etdi.

73. Alioski darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachilarga tegib qoldi.

71. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 59% – 41%

69. Ksaver SHlager qulay poziciyadan yaxshi zarba bera olmadi. To'p maydonni tark etdi. SHimoliy Maekdoniyada erkin zarba.

67. Zarba!  Alaba to'pni burchakdan ichkariga oshirib berdi, Zabitcerning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

64. Zarba va qoyilmaqom seyv!   Arnautovichning uzatmasidan keyin Gregorich bosh bilan zarba berdi, Dimitrievski tezkor reakciyasi tufayli jamoasini qutqardi. 

64. SHimoliy Makedoniyada 2 ta o'zgarish: Traykovski o'rniga Kostadinov, Nikolov o'rniga Beytulay o'yinni davom ettiradi. 

63. Uuuuux!  Pandev birga-bir vaziyatga chiqib bordi va sherigiga pas bera olmadi, Baxmann jamoasi joniga ora kirdi. 

61. Andreas Ulmer jarima maydoni yaqinida yaxshi pas ijro etdi. Himoyachilardan biri so'nggi pallada vaziyatni bartaraf qildi.

58. Avstriyada 2 ta o'zgarish: Baumgartner o'rniga Gregorich, Kalayjich o'rniga Arnautovich o'yinga qo'shildi. 

56. Dimitrievski shifokorlardan yordam so'ramoqda. U jarohatga yo'liqqan ko'rinadi. Yo'q, u o'yinni davom ettira oladi. 

54. Avstriya hujumga o'tib, to'pni oldirdi, o'z o'rnida SHimoliy Makedoniya o'yinchisi ham to'pni o'zida saqlay olmadi va yo'qotdi. 

52. Alioski Baumgartnerga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va haqli ravishda sariq kartochka oldi. Hakam qizil ko'rsatmasdan ayadi deyish mumkin. 

51. Goran Pandev to'p uchun kurashish chog'ida Linxartni yiqitdi.

48. Xintereggerning xavflik uzatmasi Velkovski tomonidan qaytarildi. 

46. Avstriyada almashtirish: Dragovich o'rniga Linxart tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Dragovichga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

42. Traykovski Dragovichga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

38. Alioski maydon markaziga yaqin hududda Laymerga nisbatan qoidani buzdi. 

37. Zarba!  Ristovski olis masofadan darvozani nishonga oldi, noaniq. 

34. Kristof Baumgartner raqiblarini aldashga kirishib ketdi, ammo himoyachi Ristovski uni to'xtatdi. Avtriya burchak to'piga ega bo'ldi.

32. SHlager Pandevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHimoliy Makedoniya sardori, SHomurodovning "Jenoa"dagi jamoadoshi Goran Pandev hisobni tenglashtirdi – 1:1!

26. Visar Musliu Kristof Baumgartnerni yiqitdi, hakam bunga befarq qaramadi.

22. Zarba!  Kalayjichning zarbasidan keyin Ditirievski o'z o'rnida ekanligini eslatib qo'ydi. 

19. Gol urilgan vaziyatda Zabitcerning uzatmasini alohida qayd etib o'tish joiz.

19. Avstriya azosi SHtefan Layner SHimoliy Makedoniyaga urgan golini Eriksenga bag'ishladi

Uning libosiga "Eriksen, kuchli bo'lib qol" deb yozilgan edi. 

Respect! 

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Layner noqulay vaziyatdan gol hosil qila oldi – 1:0!   

17. Zabitcer Bardini qo'pollik evaziga yiqitdi, Ristovski sherigini himoya qilishga tushib ketdi. Hakam o'yinchilarni tinchlantirdi. 

16. Velkoski Zabitcerga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va og'zaki ogohlantirildi. 

13. Alioski tezlik bilan oldinga intildi, biroq xavfli vaziyat hosil qila olmadi – himoyachilar yaxshi o'ynashdi.

12. Angliya – Xorvatiya uchrashuvi singari bu o'yinda ham Kristian Eriksenga sog'liq tilandi.

10. Traykovski markazdagi Bardiga juda yaxshi pas berdi, u ham ichkaridagi Pandevni pas bilan taminlashni istadi, ammo buni tajribali forvard tushunmay qoldi. 

8. Konrad Laymer qo'pol o'ynagani bois bosh hakam Andreas Ekberg hushtagini chaldi.

6. Marsel Zabitcer ichkariga pas uzatdi, ammo sheriklari bu to'pga ulgurishmadi. 

5. SHimoliy Makedoniya to'pni yo'qotdi va Avstriyaga bosim o'tkazmoqda. Umuman olganda, jamoalar bir-birlariga keskin kurashni taklif qilishyapti. 

3. David Alaba so'nggi himoyachi sifatida birinchi pas bilan jamoasi hujumini boshlab bermoqda. 

2. Avstriya o'zining dastlabki hujumini uyushtirdi, biroq ish zarbagacha etib bormadi. 

1. Buxarestdagi o'yinga start berildi!

SHimoliy Makedoniya yulduzi Goran Pandev

Avstriya hamda SHimoliy Makedoniya terma jamoasi futbolchilari maydon bilan tanishib chiqishdi.

"Milliy" o'yingohi bahsni qabul qilishga tayyor! 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Evropa chempionati "C" guruhi 1-turi doirasidagi Avtriya – SHimoliy Makedoniya uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib boring.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика