So’nggi yangiliklar

13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  2 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   0 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  1 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  12 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8 08:34Шеригини «нокаут» қилган Бекмуродов жарима тўлайди. ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди  14 08:21Депайнинг агенти: «Бу ёлғон»  9 07:50«Реал Мадрид» келаси ҳафта 2 нафар футболчи билан шартномани узайтирганини эълон қилади  0 07:28Суперлига. Бугун ғалаба қозонмаганларнинг тўқнашувига гувоҳ бўламиз  2

Evro-2020. Asosiy terma jamoalarning tarkibi qanday bo'lishi mumkin? Yangiliklar

Evro-2020. Asosiy terma jamoalarning tarkibi qanday bo'lishi mumkin?

Kecha keyingi yil Evropaning 12 ta shahrida o'tkaziladigan Evropa chempionatining saralash bosqichi start oldi.

Har bir shahar guruh bosqichining 3 ta uchrashuviga mezbonlik qiladi. Musobaqada 24 terma jamoa ishtirok etishi va har bir guruhdan ikkita jamoa keyingi bosqichga yo'l olishidan xabardorsiz. Yana 4 ta jamoa nomi guruhda uchinchi o'rinni egallagan termalar orasida aniqlanadi. Saralash bosqichidan favorit terma jamoalar muvaffaqiyatli o'tishini tahmin qilgan holda, ularning Evro-2020 musobaqasida qanday uslub va tarkibda ishtirok etishini ko'rib chiqdik.


Evro-2020. Ronaldu boshchiligida portugallarning asosiy tarkibi 

Foto: Squawka

Amaldagi Evropa chempionlaridan boshlashni maqul ko'rdik. Darvozani hozirgi kundagi Portugaliyaning eng kuchli posboni hisoblangan Rui Patrisiu qo'riqlashi mumkin. Bu chiziqda uning asosiy raqobatchisi "Lion" darvozaboni Antonio Lopesh bo'ladi. Pepe yosh Ruben Dias bilan mudofaa uchun masul bo'lsa, "Yuventus" himoyachisi Joao Kanselu o'ng qanotdan hujumlarga qo'shiluvchi vazifasini bajarib beradi. Rafael Gerreyru yoki Rui chap qanot himoya chizig'i uchun javobgar sifatida ko'rinishi mumkin. Yarim himoyada "Vulverxempton" azolari Joao Moutino va Ruben Nevesh tayanch zonada Uilyam Karvalyu, hujum uchligida ijodkor futbolchi Bernardu Silva, ajoyib dribling va tezlikka ega Gonsalo Guedesh va portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu harakat qilish ehtimoli yuqori. Andre Silva - "Sevilya" klubida to'p tepayotgan hujumchi. 23 yoshli forvardni ham esdan chiqarmaslik kerak.


GERMANIYA

Nemislar tarkibida avlodlar almashinuvi, yangi eraga o'tish jarayoni kuzatilayotganini hisobga olib, bir qator yangi futbolchilarni ko'rish mumkin. 2014 yilda Jahon chempioni bo'lganlardan faqat Toni Kroos va Manuel Noyer bo'lsa, Marko Roys, Leroy Sane va Timo Verner kabi hujumkor futbolchilardan ko'p narsa kutilsa ajab emas. Joshua Kimmix va Leon Gorecka Yoaxim Lyovning ishonchlarini oqlashi va "nemis mashinasi"ning kelajakdagi asosiy motorlari bo'lishga loyiq ekanini isbotlashi talab etiladi. 3-4-2-1 taktikasida Antonio Ryudiger va Niklas Zyule mustahkam himoya qo'rg'onini tashkil etadi. 1999 yilda tavallud topgan Kai Xavertz ham Germaniyaning hujumlarida foydasi tegishi mumkin. 


FRANCIYA

Amaldagi jahon chempionlarining hozirgi va Evro-2020dagi tarkibi o'rtasida sezilarli o'zgarish bo'lmasa kerak. Birgina Kilian Mbappening bosh hujumchi roliga o'tishi va Jiruni zaxirada qoldirishini aytmasa, ayni vaqtdagi francuzlar optimal tarkibga ega va o'zgarishga muhtoj emas. Dide Deshamda tanlov imkoniyatlari juda ko'p va muhimi u yana bir necha futbolchilarni ham etibordan chetda qoldirmasligi zarur. Buni franciyalik mutaxassis juda yaxshi biladi. Boisi, keyingi yilgacha qaysi futbolchi formada bo'lishi va shuningdek jarohat olmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. 


Gollandiya

Ronald Kuman "uchar gollandlar" o'yinini qaytadan tashqil etmoqda. Robben, Sneyder, van Persilardan so'ng terma jamoa o'yinida pasayish kuzatildi. Ammo, hozir Gollandiya yosh futbolchilar evaziga silliq tomonga aylanib bormoqda. Van Deyk va de Ligt himoyaning muhim futbolchilari, van de Bik hamda Veynaldum to'pni nazorat qilishi, ularga Frenki de Yong yordam berishi, hujumda Memfis Depay, Kuinsi Promes va Stiven Bergvin tezkor va shiddatli hujumi, bularning barchasi Gollandiya terma jamoasining istiqbolli avlodi vujudga kelayotganidan dalolat beradi. 


Belgiya

Belgiyaning "oltin avlodi" sekin-asta parchalanib ketmoqda. Lukaku, de Bryuyne va Azar hamon kuchli futbolchilar. Lekin, ularning ortida yangilanayotgan Belgiya bir necha yillar avvalgisidek xavfli ko'rinmayapti. Bir qancha nomlar kashf qilinishini ushbu terma jamoa safida ham kutish mumkin.


Ispaniya

2008-2012 yillar Evropa va Jahonda o'z so'zini ayta olgan "qizil furiya" hamon o'sha yurishni qaytara olmayapti. Hozirgisi esa chiroyli "kambek"ni amalga oshirishga tayyor. O'sha mavsumlarda juda kuchli yarim himoyaga ega bo'lgan Ispaniya terma jamoasida endi David Silva, Fabregas, Andres Inesta, Xavi singari futbolchilarni boshqa ko'rmaymiz. Pike va David Vilyalarning ham terma jamoasiga yordam bera olmasligi achinarli holat. 2020 yilgi Evropa chempionatida ispanlar o'ziga xos kutilmagan yangi kashfiyotlari bilan barchani hayron qoldirishi mumkin. 


Xorvatiya

2018 yil Jahon chempionatida yorqin o'yini bilan tomoshabinlarning sevimli jamoasiga aylangan xorvatlar uchun o'sha musobaqa fahriy futbolchilari bilan erishgan eng so'nggi yaxshi natijasi bo'lishi haqiqatga yaqinroq. Modrich, Rakitich va Manjukich o'yinlarida pasayish yuzaga kelgan. Keyingi yil ularning salohiyatidan ko'ra, nomlari Xorvatiyani favoritlar qatorida sanalishiga sabab bo'lishi katta ehtimol. CHunki, ayni vaqtda Dalich boshqarayotgan jamoa safida burilish yasay oladigan futbolchini topish qiyin. 


Italiya

Italiya 2018 yil katta musobaqadan chetda qoldi. Ularda kichik muddat inqilob kuzatildi. Hozirgi avlod muvaffaqiyatsizlikni yakunlashga tayyor. 1994 yilda tavallud topgan Bernardeski va 21 yoshli Federiko Keza raqib jamoalarini sarosimaga tushirishga tshay bo'lib turibdi. Insine, Immobilesi bor Italiya ularni yolg'izlatib qo'ymaydi. Markazda Veratti, Barella va Jorjino triosini kuzatish maroqli va qiziqarli chiqishiga ko'pchilik ishonmoqda. Ha aytgancha, Bonuchchi va Kellini uchun terma jamoa tarkibida so'nggi turnir bo'lishi mumkin bo'lgan Evro-2020 chempionatida ham ularning himoyadagi tandemi, ko'plab yosh himoyachilar uchun master-klass bo'lishi tabiiy, albatta. 


BONUS+ Angliya terma jamoasining tarkibi (tahlil) 

Eng optimal tarkib sifatida inglizlar uchun quyidagi takribni keltirish o'rinli. Reshford, Keyn va Sterling. Ularga Dele Alli yaqindan yordam beradi. Jerrard, Lempard, Kerrik kabi sobiq markaziy yarim himoyachilarga qarab intilayotgan Xarri Uinks, Deklan Rise ham Angliyaning kelajagi hisoblanishadi. 

Bundan tashqari, Garet Sautgeyt hujumkor futbolchilarni tanlashda qiynalishi mumkin. Hozircha Evropada eng kuchli hujumkor futbolchilarga ega jamoa aynan inglizlar sanalsa noto'g'ri bo'lmaydi. Misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Yorqin va umidli trio — Xadson-Odoy, Reshford, Sancho. Tezkor, hiyla-nayrang ishlatishga usta hujumchilar raqib himoyasini dovdiratib qo'yishi mumkin. Dele Alli va Jessi Lingard ularga asosiy ko'makchi bo'lishini hisobga olsak, Angliyadan katta natija kutish mumkin.

Boshqa variantlarni ham ko'rib chiqamiz. Alli yana buzg'unchi rolini bajaradi. Sterling va Reshford qanotlardan himoyachilarni shoshirib qo'yishi va Keynning shiddatli "bo'ron" hosil qilishini o'ylagan mutaxassis ham inglizlardan nimadir kutadi.

"Yangi hamkorlik" deya nom olgan bu tarkib 10-15 yil avvalgisiga biroz o'xshab ketadi. Ilgari Runi va Ouenga markazda Jerrard, Lempard, Bekxem, tayanch zonada Niki Batt yordam berardi. Xuddi shunday holatni hozirgi "uch sherlar" safida ko'rish mumkin. Bu klassik futbolga yaqinroq, markazni kuchaytirishga qaratilgan harakatga o'xshash ko'rinish. Kallum Uilsonni tanimagan muxlislarga uning "Bornmut"dagi o'yinlarini ko'rib chiqishni tavsiya qilamiz.

Nima bo'lganda ham, bularning barchasi oddiy bir kuzatuvlar natijasida yuzaga kelgan tahmin. Siz qaysi terma jamoadan Evro-2020 musobaqasida ko'proq natija kutasiz?     


Nodir Abdurasulov tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика