So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

EVRO-2016. Xorvatiya - Portugaliya uchrashuviga prevyu Yangiliklar

EVRO-2016. Xorvatiya - Portugaliya uchrashuviga prevyu

Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Luka Modrich o'ynayotgan Xorvatiya bilan o'ynaydi.

Xorvatiya terma jamoasi o'z guruhida Ispaniyani ortda qoldirib birinchi o'rinni olib 1/8 finalga chiqdi. Portugaliya esa F guruhida uchinchi o'rinni band etib keyingi bosqichga yo'l oldi.

Xorvatiya o'tgan yil sentyabr oyidan buyon 10ta o'yin o'tkazdi va ularning hech birida mag'lub bo'lgani yo'q. Portugaliya guruhdagi uchala o'yinda ham durang o'ynadi va g'alaba qozonmay pley-offga chiqqan birinchi jamoaga aylandi.

Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatida yana bitta gol ursa ushbu musobaqadagi jami gollari sonini 9taga etkazib oladi va mutloq rekordchi Mishel Platiniga etib oladi.



Bu juftlik g'olibi chorak finalda Polsha - SHveycariya g'olibi bilan o'ynaydi.

Xorvatiya va Portugaliya o'zaro 3 marta o'yin o'tkazishgan. Ularning barchasi Portugaliya g'olib bo'lgan. Bundan tashqari xorvatlar shu kungacha bu raqib darvozasiga umuman gol ura olmagan.

Bugungi o'yinda faoliyat olib boradigan ispaniyalik hakam Karlos Velasko Karbalo Evro-2016da ikkita uchrashuvda ishladi. Albaniya - SHveycariya va Slovakiya - Angliya o'yinlarida hakam 9ta sariq va 1ta qizil kartochka ko'rsatdi.

Bugun Lans shahridagi "Feliks Bollar-Delelis" stadionida Evropa chempionatining oxirgi o'yini bo'lib o'tadi. Bunga qadar bu o'yingoh Albaniya - SHveycariya (0:1), Angliya - Uels (2:1) va CHexiya - Turkiya (0:2) uchrashuvlarini qabul qilgan edi.



Evro-2016, 1/8 final.
XORVATIYA - PORTUGALIYA
25 iyun. Lans. "Feliks Bollar-Delelis" stadioni. 23:55
Hakam -
Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya).

Xorvatiya: Subashich; Srna, CHorluka, Vida, Strinich; Modrich, Badel; Brozovich, Rakitich, Perishich; Mandjukich.
Sariq kartochkasi borlar: Badel, Brozovich, Perishich, Rog, Srna, Strinich, Vida, Vrsalko

Portugaliya: Ruy Patrisiu; Vieyrinya, Rikardu Karvalyu, Pepe, Gerreyru; Villyam Karvalyu, Joau Moutinyu, Andre Gomesh, Joau Mariu; Nani, Ronaldu.
Sariq kartochkasi borlar: Pepe, Kuarejma


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика