So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  1 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

EVRO-2016. Tezlikni asta-sekin oshirayotgan "nemis mashina"si yoxud "C" guruhi haqida Yangiliklar

EVRO-2016. Tezlikni asta-sekin oshirayotgan "nemis mashina"si yoxud "C" guruhi haqida

Evropa chempionatining "C" guruhi yakunlarini tahlil qilib chiqamiz.


Ushbu guruhda amaldagi Jahon chempioni Germaniya bilan birga Polsha, Ukraina va SHimoliy Irlandiya terma jamoalari o'rin olishgandi.

Guruh favoriti Germaniya hisoblanardi. Qolgan jamoalar esa ikkinchi o'rin uchun kurash olib borishlari taxmin qilingandi. Bu "kvartet"da autsayder sifatida qaralgan SHimoliy Irlandiya terma jamoasi guruhdagi uchta raqibga ham haqiqiy bosh og'riq bo'la oldi. Bu esa barcha uchun o'ziga xos "syurpriz" bo'ldi.

Ukraina esa Germaniya bilan bo'lgan o'yindagi shijoat, ishtiyoq va tajovuzkorlikni qolgan uchrashuvlarda to'liq namoyon eta olmadi. Hujumlarga nuqta qo'yadigan futbolchini topilmagani ularga qimmat tushdi. Vahonlanki jamoa hujumlarni tashkil etishda faol ko'ringandi. Ammo yaxshi goleador hujumchining yo'qligi pand berdi. Natijada Ukraina turnirda gol urmagan yagona jamoa sifatida guruhni oxirgi o'rinda yakunladi. Andrey SHevchenko yordamchi murabbiy sifatida o'z ichidan qanday kechinmalarni o'tkazganini taxmin qilish qiyin emas.


Nafaqat "C" guruhining, balki Evropa chempionatidagi kutilmagan yurishlarni amalga oshirgan jamoalar safiga kirgan SHimoliy Irlandiya Ukrainadan farqli ravishda o'z imkoniyatlarini poylashdi va mo'ljalni aniq nishonga olishdi.
Guruhdagi dastlabki bahsda SHimoliy Irlandiya Polshaga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda tashabbus Polsha tarafida bo'lgan bo'lsada, SHimoliy Irlandiya raqibiga qarshi hujumlarda tashvish tug'dirib turdi. SHimoliy Irlandiya Polsha etakchisi Robert Levandovski bilan ovora bo'lib Milikni ko'zdan qochirdi. Aynan shu hujumchi  yuzaga kelgan vaziyatlarning birini jamoasi foydasiga hal eta oldi. SHimoliy Irlandiya tarkibidan kelib chiqib raqiblariga qarshi himoyaviy o'yin uslubini tanlamoqda. Garchi jamoa muxlislarbop o'yin ko'rsatishmayotgan bo'lsada, ularning yuksak irodasi va himoyadagi tartibli o'yini ko'pchilikka iliq taassurot qoldirdi.

Ikkinchi turda esa SHimoliy Irlandiya Germaniya qarshi bahsda o'z o'yini orqali ko'pchilikning mehrini qozongan Ukraina bilan to'qnash keldi. Ko'pchilik Ukrainani to'qnashuv favoriti sifatida ko'rayotgan bahsda SHimoliy Irlandiya taxminlarni chippakka chiqardi va o'zining Evropa chempionatidagi dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. Himoyadagi qattiq intizom, standart vaziyatlaridan unumli foydalanish va raqibni qarshi hujumda "ushlash"ni  eplagan jamoa yakunda guruhdan chiqishga ham muvaffaq bo'ldi.


Germaniya qarshi guruhdagi so'nggi bellashuvda ham SHimoliy Irlandiya o'z vazifasini uddaladi, yani minimal hisobda mag'lubiyatga uchradi. Bu esa ularga uchinchi o'rin bilan qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan to'rtta yo'llanmadan bittasini hadya etdi.


Navalka boshqaruvidagi Polsha dastlabki turda juda katta qarshilik va qiyinchiliklarga duch keldi. SHimoliy Irlandiya bilan bo'lgan bahsda Polsha Evropa chempionatidagi o'zining dastlabki g'alabasini nishonladi. Keyingi turda guruh g'olibligi uchun kurashayotgan Germaniya bilan kurash kechdi. Jamoalar ushbu o'yinda ochiq futboldan ko'ra, ehtiyotkorroq, soddaroq futbol o'ynashni maqul ko'rishdi. Germaniya ustunlikka erishgan bo'lsada, Polsha darvozasi oldida yuzaga kelgan sanoqli xavfli vaziyatlar golga aylanmadi. SHu kuni jarohatlangan SHchesnini almashtirgan Fabianski ushbu jamoada darvozabonlar masalasi bo'yicha ortiqcha savollar bo'lishi mumkin emasligini isbotladi.
Natijada ushbu to'qnashuv do'stoni tarzda kechdi va jamoalar bir ochkodan bo'lishib, turnir jadvalida ham qo'shpeshqadamlikni xosil qilishdi.
Polsha oxirgi turda Ukrainani mag'lub etdi va guruhni alo tarzda tugatdi.
Navalka shogirdlari o'z tarixlarida ilk bor pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Germaniyaga nafaqat guruh, balki Evropa chempionati favoriti sifatida qaraladi.  Yoaxim Lyov boshchiligidagi "nemis mashina"si guruh bosqichini barcha kutganidek ko'tarinki ruhda o'tkazdi deya olmaymiz. Birinchidan jamoa ko'pchilik taxmin qilganidek nisbatan kuchsiz, deb qaralgan raqiblariga qarshi o'yinlarda yuqori samaradorlikni ko'rsata olmadi. Ukraina bilan bahsda standart vaziyatidan so'ng kiritilgan gol va yakunda Ukraina butun jamoa bo'lib hujumga o'tgan vaqtda chiroyli qarshi hujum orqali kiritgan ikkinchi gol Lyov jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi.
Polsha bilan uchrashuvda esa hali to'xtalganimizdek durang. SHimoliy Irlandiyaga qarshi bahsda esa yagona gol o'yin taqdirini hal etdi.
Germaniya to'plar nisbati evaziga guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritdi.


Qizig'i, Germaniya Evropa chempionati saralash bosqichida ham Polsha bilan bir guruhdan o'rin olgandi. Evropa chempionati final bosqichida ham ushbu jamoalar yana ro'baru kelishdi va har ikkalasi keyingi bosqichga chiqishdi.
Germaniya va Polsha jamoalari ushbu Evropa chempionatida guruh bosqichini o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolgan holda yakunlashdi.

Germaniya endilikda nimchorak final bahsida Slovakiya bilan to'qnash keladi. Polsha esa SHveycariyaga qarshi saf tortadi. SHimoliy Irlandiya esa "B" guruhi etakchisi bo'lgan Uels bilan to'qnash keladi.

Germaniya guruh bosqichida kutilgan o'yinni namoyish etmagani va jamoaning samaradorligi pastligi ularning kuchsizligini anglatmaydi, chamamda. Yoaxim Lyov tomonidagi o'ziga xos yurish bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Germaniya guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishongani bois, Lyov qo'lidagi barcha "karta"larni ochishga shoshilmadi. Germaniya guruh bosqichida o'z kuchini ochiqchasiga tejab o'ynadi. Nemis mashinasi o'z tezligini oshirmaganining yana bir sabablaridan biri - bu safargi Evropa chempionati finishiga eltuvchi yo'l uzoqligi. SHularni hisobga olgan Yoaxim Lyov soddaroq o'yin bilan "poyga"ga kirib olmoqda. SHuningdek, jamoaning bu qadar muvaffaqiyatli o'ynamagani boshqa omillar ham sabab. Yani, Yoaxim Lyov o'zining suyukli futbolchilaridan biri Mario Gyotcega katta ishonch bildirdi. Germaniya yaqqol markaziy hujumchisiz o'ynashga ko'nikmagani va Gyotcega mavsum davomida o'yin amaliyoti etishmagani pand berdi. Zaxirada Mario Gomes singari gol hidini sezuvchi, kerakli paytda o'sha joyda hozir bo'ladigan futbolchi o'tirganiga ham qaysar Lyov tezda etiborini qaratmadi. Natijada ikkala o'yinni ham Mario Gyotce "aldamchi to'qqizlik" rolida boshladi. Gyotce nafaqat o'yinga kirishib keta olmadi, balki o'yin sifati jihatidan ham talabga javob bermayotgani bilinib qoldi. SHimoliy Irlandiyaga bellashuvda nihoyat Lyov Mario Gomesni asosiy tarkibga kiritdi. SHunda ham Mario Gyotce boshlang'ich tarkibdan chiqarmadi va Draksler qurbon qilindi. Gyotce esa Drakslerni o'rniga chaproqqa o'tdi. Gomes esa o'z ishini uddaladi, deb bemalol ayta olamiz. O'sha o'yinda aynan Gomesning kiritgan yagona goli Germaniyaning g'alabasiga zamin yaratdi. Boshqa vaziyatlarda ham Mario Gomes kerakli joyda paydo bo'la olgandi. Biroq jamoadoshlari unga to'p uzatishga biroz qizg'onchilik qilishmaganida, tablodagi hisob muxlislar kutgan va istagandek bo'lardi. Mario Gyotce esa Draksler o'ynagan joyda ham ko'ngildagidek o'ynay olmadi. Bir qator ko'kka sovurilgan vaziyatlardan tashqari, Gyotce o'sha bahsda eng ko'p to'p yo'qotgan futbolchi, jamoasining ko'plab hujumlarini to'xtab qolishiga ham bosh aybdor bo'ldi. Agarda Lyov pley-off o'yinlarida Gyotceni zaxirada saqlab, foyda keltiradigan futbolchilar xizmatidan foydalanmasa, unda muammolar yanada ko'payib, rejalar ish bermay qolishi mumkin.


Mario Gyotceni esa finalga zaxiradan tushirish nemis mashinasi foydasiga ishlashi mumkin. Ammo Gyotce hozirgi kunda boshlang'ich tarkibda o'ynashga loyiq emas. Uning ko'rsatayotgan o'yin sifati bunga halal bermoqda.
Jahon chempionatida ham Lyov avvaliga "aldamchi to'qqizlik"ka ishonib o'ynagan va Jazoirga qarshi bahsdan so'ng kerakli xulosalarga kelgandi. Yani o'z vaqtida xatolarini yopa olgan va Miroslav Kloze markaziy hujumchi sifatida o'ynashni boshlaganidan so'ng Germaniyaning ishlari ancha engillashgandi.
Qolganini vaqt ko'rsatadi.
Tomas Myullerning o'yinlari ham ko'pchilik kutganchalik chiqmayotgani, uning gollar urmayotgani bu muammo emas. Tomas Myuller hujumchi sifatida maydonda harakat qilmayapti. Uning amalga oshirayotgan ish hajmi va jamoasiga foyda keltiradigan ish koefficient yuqori. Uning tarkibda borligi ham Germaniyaning omadi.
Aynan Myuller Germaniyaga omad keltiruvchi futbolchi sanaladi. Haqiqiy Tomas Myullerni pley-off o'yinlarida ko'rishimizga shubha yo'q. Bu haqida Yoaxim Lyov ham alohida to'xtaldi.
SHu erda qiziq fakt keltiraman. JCH-2010 yarim final o'yinida Germaniya Ispaniya qarshi bahs olib borgan va yutqazgandi. O'shanda Myuller diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborgan va Germaniya finalsiz qolgandi.
Evropa chempionatining o'tgan galgi yarim final bellashuvida Germaniya Italiyaga yutqazgan. O'shanda ham Tomas Myuller boshlang'ich tarkibga kiritilmagan va natijada nemis mashinasi yana finalsiz qolgandi. Germaniyada Myullerga alohida, o'zgacha munosabat mavjud. Unga omad keltiruvchi futbolchi sifatida qarashadi. Fakt ham shuni ko'rsatmoqda. Germaniya Tomas Myuller asosiy tarkibda o'ynagan o'yinlarda Jahon va Evropa chempionatida mag'lubiyatga uchramagan.

Evropa chempionati oldidan Slovakiya Germaniyani o'rtoqlik bahsida ancha xafa qilgandi. Taqdir esa ularni nimchorak finalda uchrashtirdi. Favorit so'zsiz Germaniya. Lekin bu futbol va futbolda har qanday natijalar ruy berishi mumkin.

Polsha esa SHveycariya qarshiligini engishga harakat qiladi. Bu jamoalar hali mag'lubiyatga uchrashmagan va ular o'rtasidagi o'zaro to'qnashuv ham qiziqarli kechishi aniq.

SHimoliy Irlandiya esa Uelsga qarshi qanday karomat ko'rsatishi borasida aniq bir narsa deyish qiyin. SHunisi aniqki, Uels SHimoliy Irlandiyaning metin himoyasini yorib o'tishda katta muammolarga dech keladi. Muammolarni echimi Garet Beyl esa bu safar nima hunar ko'rsatishini ko'ramiz.

Evropa chempionati qizigandan qizib bormoqda. Buyog'iga zerikish yo'q.
Pley-off setkasini ko'rib, hayolda narigi tarafda hali ham Evropa chempionati saralash bosqichi davom etayotgandek. Ikkinsi setkada esa Evropa chempionati start olishga shay.
Kutilmagan syurprizlar ko'payib ketmasa, final afishasi jarangliroq bo'ladi, deb umid qilamiz. Guruh bosqichidagi o'yinlar, debyutantlarning nimchorak finalga yo'l olgani va pley-off setkasining yuqori qismi har qanday syurprizlardan ham oshib tushdi. Ortiqcha syurprizlar shart emas, shundog'am etarli bo'ldi. CHiroyli va munosib jamoalarning qizg'in o'yinlari va final afishasi jarangli bo'lishi kerak.

Kuzatamiz!


SHahboz Beg'amov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика