So’nggi yangiliklar

09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  2 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  2 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  12 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  5 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  17 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  2 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  3 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  12

EVRO-2016. Portugaliya Evropa chempioni Yangiliklar

EVRO-2016. Portugaliya Evropa chempioni

Evro-2016ning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Evro-2016, Final
PORTUGALIYA - FRANCIYA 1:0
10 iyul. Sen-Deni. "Stad-de-Frans" stadioni.
Bosh hakam
-
Mark Klattenburg (Angliya).

Gol: Eder 109

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Joze Fonte, Rafael Gerreyru, Krishtianu Ronaldu (Rikardo Kuarejma 23), Joau Mariu, Villiam Karvalyu, Renatu Sanshesh (Eder 79), Nani, Sedrik Soaresh, Adrien Silva (Joau Moutinyu 66).

Franciya: Ugo Loris, Patris Evra, Antuan Grizmann, Dimitri Paye (Kingsli Koman 58), Olive Jiru (Andre-Per Jinyak 78), Blez Matyuidi, Pol Pogba, Mussa Sissoko (Antoni Marsyal 111), Bakari Sanya, Loran Koselni, Samuel Umtiti.

Ogohlantirishlar: S.Soaresh 34, J.Mariu 62, V.Karvalyu 98, R.Patrisiu 123 - S.Yumtiti 80, B.Matyuidi 97, L.Koselni 107, P.Pogba 115



                                MATNLI TRANSLYACIYA

                                   

Tamom! Portugaliya Evropa chempioni! Ronaldu yig'lamoqda, yig'layver, sen chempionsan!

122 - Zarbaaa, Marsyalll, to'p Pepega tegdi.

118 - Ronaldu chiziq yoniga kelib Gerreyruga ko'rsatma berdi.

116 - Portugaliya qarshi hujumlarni xavfli tus oldirmoqda.

109 - Golllllllllllllll, gol, gol, gol, gol, gol, gol........ Ederrrrrrrrrr, 1:0. Qoyil Eder.

108 - Zarbaaa, Rafael Gerreyruuu va darvoza to'sini Franciyani goldan qutqarib qoldi.

107 - Koselni ogohlantirildi.

106 - Moutinyudan kichik ayyorlik, lekin Matyuidi oyog'ini xavfli ko'targani uchun fol belgilandi.

Krishtianu Ronaldu sheriklarini ruhlantirib chiqdi. Etakchi!

104 - Zarbaaa, Ederrr va Lorisdan super seyv. Eder bosh bilan yaqin masofadan zarba yo'llagan edi.

102 - Portugaliyaliklar to'pni tepib yuborishmoqda.

98 - Tezlik olgan Komanni yiqitgan Karvalyu ogohlantirildi.

97 - Ederga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Blez Matyuidi ogohlantirildi.

95 - Zarbaaa, Pepening bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustunini silab o'tdi, ammo  zarbagacha Pepe offsaydda edi.

94 - Portugaliya jarima tepadi.

Uchrashuvning asosiy vaqti o'z yakuniga etdi. Endi qo'shimcha bo'limlarni kuzatamiz.

90+2 - Zarbaaa, Jinyakkk va darvoza ustuni Portugaliya joniga oro kirdi.

88 - Kuarejma Koselnini bo'g'ib oldi, hazil tariqasida albatta )

84 - Zarbaaa, Sissokoooodan daxshatli zarba va Patrisiudan fantastik seyvvv.

80 - Zarbaaa, Nani kutilmaganda o'ng tomondan zarba berdi Loris amallab urib yubordi to'pni. Qaytgan to'pga Kuarejma qaychi uslubda zarba berdi, Ugo o'z o'rnida. CHiroyli seyv Lorisdan.

79 - Renatu Sanshesh o'rniga Eder tushdi.

78 - Andre-Per Jinyak Jiruning o'rniga maydonga tushdi.

77 - Koman raqibdan osongina qochib ketdi, ammo uning uzatmasi sherigiga etib bormadi.

75 - Zarbaaa, Jiruuu va Patrisiudan yana bir ajoyib seyvvv. Barakalla Rui.

73 - Sanshesh raqibdan qochib ketmoqchi bo'lganda Sissoko unga imkon bermadi.

66 - Portugaliya tarkibida Adrien Silva o'rniga Moutinyu tushdi.

66 - Zarbaaa, Grizmannnn, yaqin masofadan bosh bilan salgina noaniq zarba berdi.

60 - O'yin tempi tushib ketdi, final zerikarli o'tmoqda.

58 - Paye o'rniga Kingsli Koman maydonga tushirildi.
54 - Pogba uzoq masofadan to'pni to'xtatmay tepdi, ancha noaniq.
51 - Maydon markazi to'lig'icha francuzlar nazoratida.
47 - Endi Pepeni yiqitishdi francuzlar

46 - Umtiti Naniga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Og'ir va g'alati o'tgan bo'lim.

45 - Kuarejmaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u ham chiqib ketmaseydi. Franciya nima qilayapsan, final ko'raylik janob Desham... shogirdlaringiz bugun raqibni jarohatlash uchun tushishganmi???

44 - Luish Figu tribunada o'tiribdi, kayfiyati alo darajada deb bo'lmaydi.

40 - Bugun Jiruga deyarli barcha to'plar havodan uzatilmoqda, Fonte esa har safar Jiruni havoda zararsizlantirmoqda.

39 - Fontening bosh bilan zarbasi yuqoridan ketdi.

34 - Zarbaaa, Sissokooo va Patrisiuuuu. Ruidan o'yindagi ikkinchi seyv.

30 - Sissokodan chiroyli reyd va burchak zarbasi. Hozircha Franciya tarkibida eng faol futbolchi aynan Mussa Sissoko.

27 - Mariuning bosh bilan zarbasini Loris osongina ushlab oldi.

26 - Tamom, Ronaldu murabbiydan o'zini almashtirishni so'radi. Payening qo'polligi finalni "bulg'ab" qo'ydi. Bizga bunday final emas, hamma tarkibda bo'lgan janglarga boy final kerak... Krishti o'yinni davom ettirishni juda ham istadi, ammo jarohat ustunlik qildi, afsusss... U maydonni ko'z yoshi bilan tark etdi. O'yinni kuzatishda davom etamiz.

20 - Ronaldu maydonga qaytdi, yashavor shovvoz. Barakalla, haqiqiy jangchi, o'ynashga bo'lgan ishtiyoq jarohatdan ustun kelmoqda hozircha.

17 -  Ronaldu o'yinni tugatadiganga o'xshaydi, afsus, afsus va yana afsus..... Finalning eng yorqin yulduzi o'yinni davom ettira olmasligi mumkin.....

13 -  Portugaliyaning chap qanot himoyachisi Rafael Gerreyru bu musobaqaning yorqin kashfiyotlaridan biri bo'ldi, u chiroyli harakat qilmoqda. Haaa, Dordmundning "Borussiya"si Evrodan oldin uni arzonroqqa sotib olishga erishdi, hozir uning narxi oshgani aniq.

10 - Zarbaaa, Grizmanning bosh bilan zarbasidan keyin Rui Patrisiu super seyvni amalga oshirdi.

8 - Ronalduni ikki raqib siqib ketdi, Paye bu vaziyatda qo'polroq harakat qilgan edi.

7 - Grizmannnn, o'tkir burchakdan juda noaniq zarba berdi.

6 - Endi esa Sissokodan regbi uslubidagi zarba, regbicha zarbalar bo'yicha hisob 1:1.

4 - Uchrashuvdagi birinchi zabani Nani berdi, Sedrikning ajoyib uzun pasidan keyin Nani zarba beradigan poziciyaga chiqib borgan edi, ammo u to'pni tepaga tepib yubordi.

2 - Payening "naves"ini Fonte boshi bilan qaytarib yubordi.

- Finalni Nani boshlab berdi. Kettikkkkk......

- Portugaliya madxiyasi yangradi, endi esa Franciya davlat madxiyasi yangramoqda.

- David Getta va Sara Larsson musobaqa madxiyasini bevosita stadionda kuylashdi. Stadionda fantastik muhit hukm surmoqda.

- Franciya terma jamoasining Evro-2016dagi o'rtacha yoshi 28 yoshu 246 kun, Portugaliyada esa 26 yoshu 356 kun. Ko'rib turganingizdek, Portugaliyaning o'rtacha yoshi kichikroq.

- Portugaliya terma jamoasida rekordlarni qalashtirib tashlayotgan Ronaldu bor, uning yangidan-yangi "gollari"ning hammasini sanab o'tishga hojat yo'q, oldingi matnlilarda keltirib o'tganmiz. Faqat ayrimlarinigina eslatib o'tamiz: Krishti Evrolar final bosqichida eng o'yin o'tkazgan futbolchi (20 ta), u to'rtta Evropa chempionatida gol urgan yagona futbolchi, Platini bilan birga eng ko'p gol urgan o'yinchi (9 tadan), u 1964 yildan buyon Evrolarning ikkita yarim finalida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Bugun Loris darvozasiga yo'l topa olsa, Evrolarning mutloq to'purariga aylanadi.

SHuningdek, bugun Portugaliya tarkibidagi Renatu Sanshesh Evropa chempionatlari finalida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylanadi, bundan oldingi eng yoshi Krishtianu Ronaldu bo'lgan edi. Golurardu 2004 yilgi Evro finalida o'ynaganida 19 yoshu 150 kunlik edi. Sanshesh esa bugun 18 yoshu 327 kunligida finalda o'ynaydi.

- Franciya katta musobaqalar doirasida o'z uyidagi oxirgi 18 o'yinda mag'lubiyatga uchramay kelmoqda (18 g'alaba va 2 durang). Francuzlar Olive Jiru va Antuan Grizmann gol urganda umuman yutqazishmagan, agar bugun Franciya g'alaba qozonsa, Evropa chempionatlarida o'zining birinchi uchta finalini yutgan ilk terma jamoaga aylanishadi.    

- EVRO-2016ning hal qiluvchi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun sizlar bilan birga 1 oy davom etgan katta futbol bayramining so'nggi uchrashuvini kuzatib boramiz. Bugun final! Finalga mezbonlar Franciya hamda Portugaliya terma jamoalari etib kelishdi. Francuzlar bugunga qadar 2 bor Evropa chempioni bo'lishgan, portugallar esa bunday baxtga hali erishmagan. Bugun Evropaning yangi chempionini ko'ramizmi yoki uch karra chempionlarni? Bu savol javobini bir necha soatlardan so'ng bilib olamiz.

- Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi hamda Grizmann etakchiligidagi Franciya chigalyozdi mashqlarni bajarish uchun maydonga tushib kelishdi. Stadiondagi muhitga esa gap bo'lishi mumkin emas.

- Jamoalar bugun optimal tarkibda maydonga tushishadi, Portugaliyada Pepe va Karvalyu safga qaytdi, Desham esa yarim finalda nemislarga qarshi o'ynagan tarkibni final jangiga ham o'zgarishsiz tushirishga qaror qildi.


Ayni paytda "Stad-de-Frans" tashqarisidagi holat.


Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика