So’nggi yangiliklar

16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   0 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  2 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  11 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  18 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  6 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  5 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1

EVRO-2016. Polsha - Portugaliya uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

EVRO-2016. Polsha - Portugaliya uchrashuvi prevyusi

Teglar :  PolshaPortugaliya
EVRO-2016 dastlabki chorak finalida Polsha va Portugaliya terma jamoalari to'qnash keladi.

Polsha o'tgan Evropa chempionatlarida 6ta o'yin o'tkazib umuman g'alaba qozona olmagandi. Franciyadagi musobaqada esa 4ta o'yin o'tkazib 2ta g'alaba va 2ta durang qayd etdi. Nimchorak finalda Adam Navalka shogirdlari SHveycariyani penaltilar seriyasida mag'lub etishdi.

Portugaliya o'z tarixida oltinchi marta chorak finalga chiqdi va bu borada mutloq rekordchiga aylandi. Portugaliyaning Evropa chempionatlaridagi oxirgi 5ta o'yinida asosiy vaqt durang qayd etilgan.



Fernandu Santush jamoasi guruh bosqichida 3ta durang qayd etdi. Nimchorak finalda portugaliyaliklar Xorvatiyani qo'shimcha taymlarda 1:0 hisobida mag'lub etishdi.

Polsha va Portugaliya terma jamoalari shu kungacha 10 marta to'qnash kelishgan. 4ta uchrashuvda Portugaliya, 3 marta Polsha zafar quchgan. Qolgan 3ta o'yinda durang qayd etilgan.

Uchrashuv Marsel shahridagi "Velodrom" stadionida bo'lib o'tadi. EVRO-2016da bu stadionda 4ta o'yin bo'lib o'tgan. Angliya - Rossiya 1:1, Franciya - Albaniya 2:0, Islandiya - Vengriya 1:1, Ukraina - Polsha 0:1. "Velodrom"da yarim final o'yini ham bo'lib o'tadi.

O'yinni germaniyalik Feliks Brix boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Bu hakam EVRO-2016da ikki uchrashuvda ishladi: Angliya - Uels 2:1 va SHveciya - Belgiya 0:1. Brix ikkita bahsda jami 5ta ogohlantirish ko'rsatdi.  



Evro-2016, 1/4 final.
POLSHA - PORTUGALIYA
30 iyun. Marsel. "Velodrom" stadioni. 23:55
Bosh hakam -
Feliks Brix (Germaniya).

TAXMINIY TARKIBLAR

Polsha: Fabyanski; Pishek, Glik, Pazdan, Endjeychik; Blashikovski, Krixovyak, Monchinski, Grosicki; Milik, Levandovski.
Sariq kartochkasi bor futbolchilar: Grosicki, Monchinski, Peshko, Pishhek, Pazdan, Endjeychik

Portugaliya: Ruy Patrisiu; Sedrik, Fonte, Pepe, Gerreyru; Silva, Villyam Karvalyu, Sanshesh, Mariu; Nani, Ronaldu.
Sariq kartochkasi bor futbolchilar: Villyam Karvalyu, Pepe, Kuarejma
 


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика