So’nggi yangiliklar

21:33Гути "Барса"нинг ҳимоядаги муаммолари ҳақида: "У деярли йил давомида олов билан ўйнашди. Ҳужум қилиш ва гол уриш ажойиб, аммо EЧЛ финалига чиқишни истаган жамоа жуда кам гол ўтказиши керак"  2 21:10Агуэро собиқ жамоадошларидан рамзий терма жамоа тузди  3 21:00Факт. "Хоразм" ўз тарихида Наманганда ғалаба қозонмаган   2 20:46Ачербининг ҳикояси фильмга арзийди: у 11 йил олдин саратон касаллигини енгди, энди эса "Интер"ни Чемпионлар Лигаси финалига олиб чиқди  5 20:37Педри: "Марчиняк билан бундай ҳолат илк бор юз бераётгани йўқ. Баҳсли вазиятларнинг барчаси "Интер" фойдасига ҳал қилинди"  9 20:15Аморим МЮ ҳақида: "Бу мавсум сўнгги 50 йилдаги энг ёмони бўлди"  1 20:01Дэвид Бекхэм: "Ҳеч кимни Месси билан таққослаб бўлмайди, лекин Ямал унга энг яқини. Ишонаманки, бир кун у Лео билан тенглаша олади"  13 19:40"Андижон" ва "Сурхон" собиқ устозлари "Шўртан" бош мураббийлигига номзод  6 19:05Ретро футбол. "Нефтчи" - "Саут Чайна" 5:4. Анвар Бердиевнинг покери ва Фарғонадаги ўша қадрдон стадионни ёдга оламиз  26 18:49Давиде Фраттези: "Бу нима эди? Шунчалик баланд овозда бақирганимдан бошим айланиб кетди"  8 18:00Марказий Осиё. "Истиқлол" ва "Аркадағ" пешқадамликка қайтди  0 17:36Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланади?  3 17:31"Шўртан"га вақтинчалик мураббий тайинланди  5 17:24Расман: Ҳакамлар академияси ўз фаолиятини бошлади  5 16:49Сардор Абдураимов: "Биз учун Суперлигадаги ҳар бир ўйин дарс бўляпти"  0

EVRO-2016. Omadsiz jentelmen Yangiliklar

EVRO-2016. Omadsiz jentelmen

Kecha Portugaliya terma jamoasi Evropa chempionati guruh bosqichi doirasida Avstriya bilan o'ynadi.

Uchrashuvda qanday hisob qayd etilganini barcha bilib bo'lganiga zarracha ham shubha yo'q. Evroning eng qimmat, eng mashhur va eng kuchli futbolchisiga ega bo'lgan Portugaliya terma jamoasi Avstriya bilan durang o'ynadi - 0:0. Piriney yarim oroli jamoasi ilk turda Evropa chempionati debyutanti Islandiya bilan 1:1 hisobida durang o'ynaganini ham hech kim unutgani yo'q. Xo'sh, nima uchun Ronalduga ega bo'lgan jamoa g'olib bo'la olmayapti?

Kim nima desa desinu kechagi o'yinda Krishtianu Ronalduning shunchaki omadi kelmadi xolos. Bazan shunday bo'ladi, kun davomida hech bir qilgan ishingiz o'xshamaydi, qo'lingizdan piyola tushib ketadi, ovqat qilsangiz tagiga olib ketadi va hokazo...Kecha Ronalduda xuddi shunday bo'ldi, shunchaki ovqat tagiga oldi...



"Real" yoki Portugaliya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinida oddiy tomoshabin avvalo Krishtianu Ronaldudan nimadir kutadi. Gol, golli uzatma, chiroyli fint. Qiz muxlisalar esa Krishtianu katta ekranga qarab kulib qo'yishini kutishadi. Futbolchi ham butun dunyo unga qarab turganini juda yaxshi his qilib turadi. Bir necha yildan buyon u bunday bosimga o'rganib ham ketgan. Lekin kecha bu bosimni enga olmadi...

Ronaldu bahs davomida 3 marta raqib darvozasiga aniq zarba berdi, 3 marta o'yindan tashqari holatda qolib ketdi, 3 bor noaniq zarba berdi, uning 4ta zarbasini himoyachilar bloklashdi. Butun Portugaliya terma jamoasi o'yin davomida 10ta zarba berdi, uning 6tasi aniq chiqdi. Darvozabon yarim jamoa maqolini Ronaldu o'zgartirib yubordi.

Hujumchi Portugaliya yutishini juda ham ko'p istab yubordi. 79-daqiqada o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan penaltidan gol ura olmadi. Klubida penaltilardan gollarni qalashtirib tashlaydigan Krishtianu 11 metrdan gol ura olmadi.



Parij shahridagi "Park de Prens" stadionida o'tgan uchrashuvni Ronalduning onasi va o'g'li vip tribunadan kuzatib borishdi. Aynan shu holat ham to'purarga tasir qilgan bo'lishi mumkin. Hujumchi o'z muxlislari va yaqinlari oldida o'zini ko'rsatishni xaddan tashqari xohlab yubordi. Temirni keragidan ortiq qizdirsangiz u sinib ketadi. 

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush ikki safardan buyon raqiblar ularga qarshi himoyaviy futbol ko'rsatishganidan nolimoqda. Biroq Evropa chempionatida uzoqroqqa bormoqchi bo'lsang yoki hech bo'lmasa guruhdan chiqishni istasang raqib 11 kishi bo'lib himoyalanmaydimi gol urish kerak.

To'g'ri hali vahimali hech nima bo'lgani yo'q, Portugaliya terma jamoasi guruhdagi so'nggi turda Vengriyani mag'lub etsa keyingi bosqichga chiqadi. Lekin keyingi bosqichda bundan ham vahimali jamoalar o'ynashini unutmaslik kerak.


Uchrashuv tugagach maydonga Ronalduning muxlisi yugurib chiqdi va u bilan "selfi" qilishga urindi. O'zi uchun o'ta yomon tugagan uchrashuvdan keyin Krishtianu muxlisning iltimosini erda qoldirmadi va telefonida kamerani topib olishini ham kutib turdi. O'yinda omadsizga aylangan Ronaldu bahsdan so'ng haqiqiy jentelmencha  harakatni amalga oshirgani tahsinga sazovor.

Narzulla Saydullaev


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика