So’nggi yangiliklar

17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  0 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  5 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2

EVRO-2016. Nimchorak final ramziy terma jamoasi Yangiliklar

EVRO-2016. Nimchorak final ramziy terma jamoasi

Evropa chempionatining nimchorak final ramziy terma jamoasi bilan tanishing.

Darvozabon
Janluiji Buffon (Italiya)


Amaldagi Evropa chempionlariga qarshi bahsda Italiya terma jamoasi ajoyib o'ynadi desak "Skuadra Adzurra" muxlislari bizdan xafa bo'lishadi. Sababi Konte jamoasi ajoyib emas daxshat, super o'ynadi. Ispanlarga qarshi o'yinda 38 yoshli Jiji Buffon haliyam o'sha Buffon ekanini namoyish etib berdi. U bo'lmaganida uchrashuv butunlay boshqacha natija bilan yakuniga etishi mumkin edi. Qizig'i Buffon EVRO-2016da uchta o'yin o'tkazib (Irlandiya bilan o'yinda maydonga tushmadi) o'z darvozasidan gol olib chiqqani yo'q.



Himoyachilar
Rafael Gerrero (Portugaliya)
Jerom Boateng (Germaniya)
Ragnar Sigurdsson (Islandiya)
Jorjio Kellini (Italiya)
Mattia De SHilo (Italiya)


Portugaliya terma jamoasi Xorvatiya to'sig'idan o'tishida chap qanot himoyachisi Rafael Gerreroning say-harakatlari katta bo'ldi. O'z o'rnida Dario Srna va sheriklariga imkon bermagan Gerrero hujumlarga ham qo'shilib turdi.

Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jerom Boateng bu bosqichdagi eng chiroyli gollardan birini urdi. Slovakiya bilan bahsda Jerom nafaqat chiroyli gol urdi, balki himoyada ham o'z vazifasini juda yaxshi bajardi.

Islandiya ertagi davom etadi. "Vulqonlar yurti" jamoasi Angliya terma jamoasini mag'lub etib chorak finalga chiqdi. Inglizlarga qarshi bahsda markaziy himoyachi Ragnar Sigurdsson ajoyib harakat qildi. SHu bois na Keyn, na Vardi, na Runi va na boshqasi o'yindan Islandiya darvozasiga yo'l topa olmadi. Bundan tashqari Jo Xart darvozasiga gol ham urishga muvaffaq bo'ldi.

Italiya terma jamoasi chap qanot vakili Mattia De SHilo Ispaniya bilan bahsda eng yaxshilardan biri bo'ldi. De SHilo himoya, yarim himoya va hujumda o'ynashni bopladi. O'z qanotidan bir necha marta xavfli to'p uzatishlarni amalga oshirdi.



Yarim himoyachilar
Eden Azar (Belgiya)
Yulian Draksler (Germaniya)
Kamil Grosicki (Polsha)


Belgiya terma jamoasi nimchorak finalda Vengriyani tor-mor etdi. Bu bahsda Eden Azar o'zini yorqin tomonlama ko'rsatdi. U Batshuayiga golli pas oshirishdan tashqari Gabor Kiray qo'riqlagan darvozaga chiroyli gol urishga ham muvaffaq bo'ldi.

Germaniya safida bu bosqichda eng yaxshi o'yinchi bu Yulian Draksler bo'ldi. Hujumkor yarim himoyachi Slovakiya bilan bahsda Mario Gomesga golli uzatmaning muallifi bo'ldi. Bundan tashqari ikkinchi bo'limda o'zi Slovakiya darvozasiga yo'l topa oldi.

Polsha terma jamoasining chap qanot yarim himoyachisi Kamil Grosicki SHveycariya bilan o'yinda faol o'ynadi. O'z qanotdan bir necha marta hujumga o'tdi va o'tkir paslar oshirdi. Aynan uning to'p uzatishidan keyin Yakub Blashikovski raqib darvozasiga gol urishga erishdi.



Hujumchilar
Antuan Grizmann (Franciya)
Garet Beyl (Uels)


Nimchorak finalning eng foydali futbolchilaridan biri bu Antuan Grizmann bo'ldi. Franciya terma jamoasi hujumchisi Irlandiya bilan o'yinda jamoasiga irodali g'alaba keltirdi. Aynan u dastlab Sanya tomonidan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Oradan ko'p o'tmay Jiruning pasidan so'ng birga bir vaziyatda to'p kiritdi. Grizmannda xet-trik qayd etish imkoniyati ham bor edi. Biroq yana bir vaziyatdan "Atletiko" vakili foydalana olmadi.

Uels terma jamoasi etakchisi Garet Beyl SHimoliy Irlandiyani mag'lub etilishiga katta xissa qo'shdi. Aynan uning jarima maydoniga uzatgan to'pini raqib himoyachisi, uning adashi Garet Makoli o'z darvozasiga yo'lladi va mana shu gol hal qiluvchi bo'ldi.


 


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика