EVRO-2016. Diarraning o'rniga Shnayderlin

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2016, 11:04
"Marsel" yarim himoyachisi Lassana Diarra jarohati tufayli Evro-2016ni o'tkazib yuboradi.

Diarra tizzasidan olgan jarohati bois musobaqada qatnasha olmaydi, uning o'rnini MYU vakili Morgan Shnayderlin egallaydi.

Lass terma jamoaning asosiy futbolchisi edi. Shnayderlen esa asosan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushayotgandi. Morgan milliy terma jamoada 15ta o'yin o'tkazgan.

Fransiyalik Rafael Varan va Jeremi Mate ham jarohatlari bois qita chempionatida ishtirok eta olishmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com