So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  5 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  3 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  5 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  75 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  2 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  1 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  37 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1

EVRO-2016. "A" guruhi tahlili Yangiliklar

EVRO-2016. "A" guruhi tahlili

Evropa chempionatining "A" guruhiga batafsil to'xtalib o'tamiz.

Musobaqa mezboni, Evropa chempionati debyutanti, Evro-2000 chorak finalchisi va SHveycariya terma jamoasi ishtirok etdi.  

Bu guruhda deyarli sensaciya bo'lmadi. Qura tashlangan paytdayoq Franciya guruh favoriti deb hisoblanayotgandi. Yakunda mezbonlar taxminlarni oqlab birinchi o'rinni band etib nimchorak finalga chiqishdi. Ikkinchi o'rin SHveycariyaga nasib etishini kutgandi. Barcha kutgandek "Banklar yurti" jamoasi ikkinchi pog'onani egalladi. Debyutant Albaniyaning Ruminiyani mag'lub etib uchinchi o'rinni olishi sensaciya bo'ldi deyish mumkin.



Franciya - 7 ochko
Etakchi -
Dimitri Payet
O'yini chiqmagan yulduz - Pol Pogba

Musobaqa mezbonlari hech bir o'yinda raqibdan to'la ustunlik qila olishmadi. Ilk uchrashuvni esga oling, Ruminiya bilan ochilish o'yinida Desham shogirdlari faqat so'nggi daqiqalarda musobaqa kashfiyotiga aylanayotgan Dimitri Payetning urgan supergoli evaziga g'olib bo'lishgandi. Ikkinchi turda Albaniya bilan 90 daqiqa davomida 0:0 hisobi qayd etildi, faqat hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda francuzlar ikkita gol urishgandi va keyingi bosqichga chiqishgan. So'nggi tur oldidan nimchorak finalga chiqib bo'lgani uchun Desham Jiru, Payet, Kante, Matyuidi kabi nechta etakchilarga dam berdi. Natijada 0:0 va guruhda birinchi o'rin.

Nimchorak finalda Franciya Irlandiya bilan o'ynaydi. Imkoniyatlar mezbonlar tomonida - 60:40.


SHveycariya - 5 ochko
Etakchi
- Granit Jaka
O'yini chiqmagan yulduz - Jerdan SHakiri

Birinchi turda debyutant Albaniya bilan o'ynagan Petkovich shogirdlari Fabian SHaarning urgan goli evaziga g'alaba qozonishgan. Aynan shu g'alaba jamoaning keyingi bosqichga chiqishiga katta yordam berdi. Keyin Ruminiya bilan 1:1 hisobida durang o'ynaldi. Admir Mehmedi gol urdi. Oxirgi turda Franciya bilan nursiz o'yin va - 0:0. SHveycariya o'z tarixida uch bor Evropa chempionatida ishtirok etgan va umuman guruhdan chiqa olmagandi. Bu yil jamoa ilk bor pley-offga chiqdi.

1/8 finalda SHveycariya hali musobaqada gol o'tkazmagan Polsha bilan o'ynaydi. SHveycariyaning imkoniyatlari pastroq - 40:60.


Albaniya - 3 ochko
Etakchi -
Armando Sadiku
O'yini chiqmagan yulduz - Lorik Cana

Dastlabki turda Evropa chempionati debyutanti SHveycariya bilan o'ynadi. Tezkor gol o'tkazib yuborgan Albaniya 36-daqiqada 10 kishi bo'lib qoldi. Jamoa sardori Lorik Cana qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Biroq shunga qaramay Jianni De Byazi shogirdlari o'sha o'yinda durang va xatto g'alabaga erishishlari mumkin edi. Ammo hujumchilarning no'noqligi va raqib posboni Yan Sommerning mahorati evaziga mag'lubiyat qabul qilib olingan.

Ikkinchi turda Albaniya musobaqadagi eng yaxshi o'yinlaridan birini ko'rsatdi. 90 daqiqa davomida musobaqa mezboni, turnir favoritlaridan biri bo'lgan Franciya bilan durang o'ynashga muvaffaq bo'ldi. Biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda francuzlar ikkita gol urib yutib ketishgandi. O'sha bahsda albanlar kamida durangga loyiq edilar.

Oxirgi turda Albaniya tarixiy g'alabaga erishdi. Ruminiya bilan uchrashuvda Armando Sadiku tomonidan urilgan gol jamoaga Evropa chempionatlaridagi birinchi g'alaba bo'lib qoldi.

Albaniya 1/8 finalga chiqishlari mumkin edi. Biroq to'plar nisbati yomon bo'lgani uchun uchinchi o'rinni olganlar orasida eng oxirgi pog'onanini oldi. 



Ruminiya - 1 ochko
Etakchi -
Bogdan Stanku
O'yini chiqmagan yulduz - Rezvan Rac

Ochilish o'yinida ishtirok etgan Ruminiya ilk uchrashuvdayoq katta sensaciya sohibi bo'lishi mumkin edi. Franciya bilan 89-daqiqagacha 1:1 hisobida durang o'ynab turgan Ruminiya Payetning shedevri tufayli mag'lub bo'ldi. O'sha o'yinda Angel Iordanesku shogirdlari ajoyib o'ynashgandi.

Ikkinchi turda ruminlar SHveycariya bilan kuch sinashishdi. Birinchi bo'limda Bogdan Stanku xuddi birinchi turdagi kabi penaltidan gol urishga erishdi. Biroq ikkinchi taymda raqib hisobni tenglashtirib qo'ydi - 1:1.

Dastlabki ikki uchrashuvda 1 ochko olgan Ruminiya Albaniyani mag'lub etsa uchinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishi mumkin edi. Biroq o'sha o'yinda guruhning eng sensacion natijasi qayd etildi. Debyutant Albaniya Ruminiyani mag'lub etdi. SHu sababli Georgi Xadji yurtdoshlari guruhda eng oxirgi o'rinni egallab Evro-2016ni tark etishdi.


# Jamoa O' YU D M T-N O
1            
 Franciya 3     
2     
1     
0     
4-1     
7      
2  SHveycariya      
3 1 2 0 2-1 5
3  Albaniya 3 1 0 2 1-3 3
4  Ruminiya 3 0 1 2 2-4 1


Narzulla Saydullaev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика